Mavzu: buxgalteriya hisobining mohiyati, predmeti va metodi


Kalkulyatsiyalash - tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar birligining tannarxini aniqlash usulidir


Download 1.6 Mb.
bet3/3
Sana20.08.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1668749
1   2   3
Bog'liq
1-maruza Xo\'jalik hisobi mohiyati (1)

Kalkulyatsiyalash - tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar birligining tannarxini aniqlash usulidir.
  • Kalkulyatsiyalash ob’yektlari – bu tannarx hisoblash uchun xarajatlarni guruhlash asosidir.
  • Kalkulyatsiya birligi - kalkulyatsiyalash obyektining o’lchoviga aytiladi.
  • «Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida Nizom»ga muvofiq mahsulot (ish, xizmat) larning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi xarajat elementlari bo’yicha guruhlarga ajratiladi:
  • ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlari;
  • ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari;
  • ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar;
  • ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirish qiymati.
  • Xarajat elementlari - xarajatlarni iqtisodiy mohiyatiga ko’ra guruhlanishidir.
  • Buxgalteriya hisobi schyotlari - bu xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish usulidir.
  • ikkiyoqlama yozuv - bu har bir xo‘jalik muomalasi, u qanday turdagi balans o‘zgarishiga olib kelishidan qat’iy nazar, bir vaqtda va o‘zaro aloqador holda, bir xil summada bir schotning debet tomonida va ikkinchi schotning kredit tomonida aks ettiriladi.
  • Buxgalteriya balansi – xo’jalik aktivlari, kapitali va majburiyatlarini ma’lum bir kunga pul o’lchov birligida guruhlash va holatini aks ettirish usulidir.
  • Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi sub’yektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag’larining harakati to’g’risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir.
  • Buxgalteriya hisobining me’yoriy-huquqiy asoslari
  • «Buxgalteriya hisobi to’g’risida» Qonun. 2016 yil 13-aprel (1996 yil 30–avgust).
  • «Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida Nizom». 1999 yil 5–fevralda Vazirlar Mahkamasining 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
  • «Buxgalteriya hisobining milliy standartlari» (BHMS). 1998–2017 yillar.
  • E’TIBORLARINGIZ UCHUN RAHMAT!

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling