Mavzu: Buxgalteriya hisobining nazariy va amaliy muammolari Reja: kirish i-bob. Korxonalarda buxgalteriya hisobi yuritishning ahamiyati


Bizning fikrimizcha, bular quyidagilardan iborat


Download 38.8 Kb.
bet8/12
Sana28.02.2023
Hajmi38.8 Kb.
#1237758
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mavzu Buxgalteriya hisobining nazariy va amaliy muammolari Reja

Bizning fikrimizcha, bular quyidagilardan iborat.
1. Buxgalteriya hisobini MHXS asosida yuritishning huquqiy asosini yaratish maqsadida buxgalteriya hisobi bo‘yicha me‘yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
2. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini o ‘zbek va rus tilidagi rasmiy tarjimasini nashr qilish;
3. Faoliyat ko’rsatayotgan professor-o‘qituvchi va buxgalterlarni qayta tayyorlash;
4. Buxgalteriya hisobi mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlayotgan O‘rta Maxsus Professinal ta‘lim va Oliy o’quv yurtlarining Davlat ta‘lim standartlari, o‘quv rejalariga “Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari” nomli fanni kiritish asosida kadrlar tayyorlash;
5. qo‘llanmalar, darsliklar, elektron darsliklarni tayyorlash va chop etish.
Endi bu muammolarni yechimi bo‘yicha fikrlarimizni bildiramiz.
1. Muammoni hal etish uchun MHXSni ingliz tilidagi matnini xalqaro ekspertlar, respublikamizning buxgalteriya hisobi sohasidagi yetakchi olimlari, amaliyotchilar va tarjimonlarni jalb qilgan holda o‘zbek hamda rus tillariga tarjima qilish lozim. Tarjima qilingan MHXSni rasmiy nashr qilish zarur. Buni amalga oshirish uchun xalqaro tashkilotlar bilan kelishish va shartnoma tuzish asosida yechimga kelish maqsadga muvofiq. SHuningdek, bu ishlarni amalga oshirishning moliyalashtirish manbalarini aniqlash zarur bo‘ladi.
2. Muammoni hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi xalqaro tashkilotlar bilan kelishgan holda, olimlar va amaliyotchilardan iborat guruhni MHXS bo’yicha o’qitish, tayyorlash va sertifikat berish. Sertifikatga ega mutaxassislar tomonidan Oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilari va amaliyotchi buxgalterlarni belgilangan o‘quv dasturlari asosida qayta tayyorlash maqsadga muvofiq degan fikrdamiz.
Yuqoridagi maummolarni ijobiy hal etilishi masalalar yechimini topishga asos bo‘ladi. Buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish, ulardagi ma‘lumotlarning shaffofligini ta‘minlaydi. Ma‘lumotlarning shaffofligi va obektivligi investor va banklar tomonidan korxona faoliyatini rivojlantirishga sarmoya kiritish masalasini hal etishga yordam beradi. Mamlakat miqyosida esa, xorij investitsiyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilishga, buning natijasida ishlab chiqarishni kengayishiga, modernizatsiya qilinishiga, yangi ish o’rinlari yaratilishiga, davlat byudjetiga soliqlarning tushumini ko‘payishiga, iqtisodiy o’sishning barqarorligini ta‘minlanishiga katta hissa qo‘shadi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, respublikamizda buxgalteriya hisobini bosqichma-bosqich moliyaviy hisobotning halqaro standartlari asosida tashkil etish va moliyaviy hisobotlarni tuzish jahon integratsiyasiga yanada kengroq kirib borish imkoniyatini beradi. Bu esa Respublikamizda buxgalteriya hisobini isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi bosqichi bo’lib qoladi.



Download 38.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling