Mavzu buyicha topshiriqlarga javob yozing va jo’nating! 1-mavzu: moliyaning mohiyati va funktsiyalari 1-topshiriq. Savollarga javob bering


Moliyaning sohalarini izohlab bering?


Download 96.5 Kb.
bet2/7
Sana20.09.2023
Hajmi96.5 Kb.
#1682712
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-ЖН учун топшириқ

Moliyaning sohalarini izohlab bering?

Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlar tizimida qanday o’rinni egallaganligiga bog’liq. Bir vaqtning o’zida moliya puldan o’zining mazmuni va bajaradigan funksiyalari bo’yicha farq qiladi.
Agar pul umumiy ekvivalent bo’lib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab chiqaruvchilarning mehnat xarajatlari o’lchansa, moliya esa yalpi ichki mahsulot (YaIM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy vositasi (instrumenti), pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish qurolidir. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish yo’li bilan faqatgina davlat va korxonalarning pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlash emas, balki moliyaviy resurslarning sarflanishi ustidan nazoratni ham amalga oshirish moliyaning nima uchun mo’ljallanganligini belgilab beradi.

  1. Moliyaning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini yoritib bering.

Moliyaning tarixiy xarakterga ega ekanligi har qanday davlat o’z funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan jamg’armalarni shakllantirish va ulardan foydalanishning tizimini yaratadi, degan xulosani chiqarishga imkon beradi. Bunda turli davlat va tuzumlarda jamg’armalarni shakl-lantirish va ulardan foydalanishning shakllari va metodlari bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Bu yerda gap undirishning shakllari to’g’risida emas, balki uning obyektlari to’g’risida ketayapti. Ana shunday obyektlar sifatida har doim mulk va daromad maydonga chiqadi. Undirish shakllari to’g’risida gapiriladigan bo’lsa, u holda hatto antik grek davlatlaridayoq to’g’ri (bevosita) soliqlar bilan birgalikda egri (bilvosita) soliqlar ham paydo bo’lgan. To’g’ri (bevosita) soliqlar er va mol egalaridan olingan. Urush davrlarida esa mulkiy soliq joriy etilgan. Egri (bilvosita) soliqlar bojxona bojlari va savdoga soliq shakllarida maydonga chiqqan.






  1. Download 96.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling