6-TOPSHIRIQ.
O’zbekiston iqtisodiyotining o’sishiga ta’sir qiluvchi quyidagi omillarning amaldagi holatiga baho bering va uni izohlang?
1. Tabiiy resurslar
O’zbekiston tabiiy resurlarga ko’pligi jihatdan ko’p davlatlarga qaraganda qimmatbaho metallarga boy davlat hisoblanadi.Respublika hududida deyarli barcha turdagi nodir metallarni uchratish mumkin.Oltin konlarining ko’pligi hamda ularni qazib olish bo’yicha O’zbekiston dunyodagi top-10 davlatlar qatorida turadi.
2. Mehnat resurslari
Aholisi o’sib borayotgan O’zbekiston mehnat resurlariga ham ancha boy davlat hisoblanadi.Aholining katta qismini 18-35 yoshdagi insonlar tashkil qilishi hisobiga boshqa davlatlarga qaraganda ishchi kuchi ancha arzon hisoblanadi.Har yili minglab mehnat migranlari Rossiya Federatsiya ishlash uchun yo’l oladi.
3. Aholining daromad darajasi
Aholining daromad darajasi jihatdan O’zbekiston o’rta daromadli davlatlar qatoriga to’g’ri keladi.2022-yil holatiga ko’ra aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM hajmi 23,8 million so‘m (2,1 ming dollar) ni tashkil etgan
Do'stlaringiz bilan baham: |