Mavzu: buyuk geografik kashfiyotlar


II BOB. XVIII-XIX ASRLARDA DUNYO KEZGAN G‘ARBIY YEVROPALIK SAYYOHLAR


Download 112.78 Kb.
bet6/8
Sana09.06.2023
Hajmi112.78 Kb.
#1470779
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
geografik kashfiyotlar

II BOB. XVIII-XIX ASRLARDA DUNYO KEZGAN G‘ARBIY YEVROPALIK SAYYOHLAR
2.1. Jeym kuk va Aleksandr Gumboldtning geografik kashfiyotlari

г
1728-yilda oddiy batrak dehqon oilasida tug‘ilgan Jeyms Kuk kuchli xarakterga ega edi. Shotlandiyalik bolajak sayyoh savdo kemasiga kapitanlikni rad etib, qirollik flotiga oddiy matros bo‘lib ishga kiradi va ikki yii ichida flot yetakchisiga aylanadi. Shundan solng Kuk ingliz va fransuzlar o‘rtasida talash bo‘layotgan Amerikaga otlanadi.
Iqtidori sabab Kukni „Indevor" kemasida Tinch okeaniga uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiyaga rahbar etib tayinlashadi. Lining oldiga muhim vazifa Janubiy materikni topish qo‘yilgan edi.
Jeyms Kukning dunyo bo‘ylab birinchi sayohati ko‘plab yerlarning ochilishi bilan yakunlandi. Ammo asosiy maqsad amalga oshmay qoldi. Ikkinchi sayohat esa tamomila Janubiy materikni izlash uchun bag‘ishlandi. Kuk bu satar imkon qadar janubga yurib, Yerni aylanib o‘tishga qaror qildi. Nihoyat, u Janubiy qutb doirasini kesib o‘tishga muvatfaq bo‘ldi. U Antarktidadan 200 kilometr uzoqlashgandan so‘nggina shimolga qarab yo‘naldi. 1178-yilgi so‘nggi sayohati davomida buyuk sayyoh o‘zining so‘nggi kashfiyoti Gavay orollarini ochdi.
Jeyms Kuk Gavay orollarida tadqiqot o‘tkazayotgan paytda mahalliy aholi kelgindilardan birining shlapasini o‘g‘irlab ketadi. G‘azablangan Kuk qabila boshlig‘ini hibsga olishga urinadi. O‘rtada qattiq to‘qnashuv yuz beradi va bu to‘qnashuvda Jeyms Kuk ham halok bo‘ladi
Germaniyalik yirik tabiatshunos, Erv siklopedist olim Aleksandr Gumboldt yoshligida o‘qishga qiziqmagan. Uni olis-olis yurtlar, tabiatning betakror manzaralari maftun etgan edi. Yosh Aleksandr sayohat qilishni juda ham xohlagandi.
1799-yilda Gumboldt olti yillik sayohatga jo‘naydi. U Kuba va Meksika davlatlari yerlarini tadqiq qiladi. Chimboroso vulqonining 6 ming metrli nuqtasigacha chiqib boradi (bu o‘sha paytlardagi alpinistlik rekordi sanalardi). Olim tomonidan yig‘ilgan gerbariy 6 ming o‘simlikni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularning yarmi fanga noma’lum bo‘lgan o‘simliklar edi.
Gumboldning hamrohi Erne Bonplan bilan sayohat paytida boshdan kechirgan qiyinchilik va xavf-xatarlarining son-sanog‘i yo‘q. Ular vulqon otiiishi va meteorit yomg‘irlarini kuzatdilar. Zilzilalarga duch keldilar. Yirtqich baliqlar bilan to‘lib-toshgan daryodan o‘tayotganlarida qayiqlari ag‘darilib tushganiga nima deysiz?
1829-yilda Gumboldt Rossiyaga tashrit buyurib, Ural va Oltoyda bo‘ladi. Kaspiy dengizini borib ko‘radi. Keyinchalik olim barcha ko‘rgan-bilganlarini „Kosmos" nomli asarida bayon qiladi. Ammo kitobning beshinchi tomi tugallanmay qoladi
1804-yilda Janubiy Amerikadan qaytib kelgan Alek­sandr Gumboldt o‘ttiz tomli hisobot yozgan. Unga qariyb 1500 ta rasm kiritilgan edi.



Download 112.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling