Mavzu: Buyuk ipak yo`li va diniy-ma`naviy munosabatlar "Marko Polo kitobi" asarining


Download 22.49 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi22.49 Kb.
#1629012
Bog'liq
buyuk ipak yoli


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI

MUSTAQIL ISHI
MAVZU:Buyuk ipak yo`li va diniy-ma`naviy munosabatlar “Marko Polo kitobi” asarining
tahlili
BAJARDI:RAHMATOV FARXOD
TEKSHIRDI:ABIROV VALISHER

TOSHKENT-2017


MAVZU:Buyuk ipak yo`li va diniy-ma`naviy munosabatlar “Marko Polo kitobi” asarining
tahlili

REJA:
1.BUYUK IPAK YO`LI OCHILISHI.


2.BUYUK IPAK YO`LINING XALQLAR O`RTASIDA MADANIY ALOQALARDA TUTGAN O`RNI
3.BUDIZM VA MONIYLIK DINLARINING YOYILISHIDA BUYUK IPAK YO`LINI O`RNI.
4.BUYUK IPAK YO`LI ORQALI XRISTIAN DININING KIRIB KELISHI.

BUYUK IPAK YOʻLI — qadimda va oʻrta asrlarda Sharq va Gʻarb mamlakatlarini ilk bor oʻzaro bogʻlagan qitalararo karvon yoʻli (miloddan avvalgi 2-asr— milodiy 15-asr). Buyuk ipak yoʻli y. atamasi ushbu yoʻldan tashilgan qimmatbaho tovar — Xitoy ipagi bilan bogʻliq. Gʻarb mamlakatlari uzoq vaqtgacha ipakchilik sirasrorlaridan bexabar boʻlishgan.Buyuk ipak yoʻli y. atamasi qadimda ishlatilmagan. Buyuk ipak yoʻli y.ni tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy oʻrganish amalda koʻplab mamlakat olimlari tomonidan 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Uni tadqiq etishga Gʻarbiy Yevropa, Rossiya va Yaponiya olimlari salmoqli hissa qoʻshdilar. Xususan, Yaponiyada „Buyuk ipak yoʻli ensiklopediyasi“ nashr qilindi. 1877 yil mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen oʻzining „Xitoy“ nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevroosiyo materiganing turli qismlarini bogʻlovchi yoʻllar tizimini „Ipak yoʻli“ deb atagan, keyinchalik „Buyuk ipak yoʻli y.“ atamasi qabul qilingan.


Miloddan avvalgi 2-asrgacha ham Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida Oʻrta Osiyo karvon yoʻllari orqali amalga oshirilgan aloqalar mavjud boʻlgan. Bunga Togʻli Oltoydagi Poziriq qoʻrgʻonidan topilgan Kichik Osiyoda tayyorlangan buyumlar, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyodan topilgan yunon buyumlari misol boʻlishi mumkin. Iskandar Maqduniy (q. Aleksandr) saltanati tuzilishi bilan bu aloqalar toʻgʻri yoʻlga solingan. Buyuk ipak yoʻli y.ning sharqiy qismini barpo etishda sugʻdiylar katta rol oʻynaganlar. Iskandar Maqduniy tomonidan Sugʻdiyona mamlakati i stilo etilishi bilan koʻplab sugʻdiylar sharqqa tomon koʻchganlar va Buyuk ipak yoʻli y.ning markaziy qismini — Oʻrta Osiyodan tortib Xitoyning Chanan shahrigacha boʻlgan oraliq masofada savdo faktoriyalari (manzilgohlari) bunyod etganlar. Oʻz navbatida Xan imperiyasi miloddan avvalgi 1-ming yillik oxirida oʻz hududini Oʻrta Osiyo tomon kengaytirish siyosati yurgizib bu yoʻnalishga alohida eʼtiborini qaratadi va bu yoʻl haqida maʼlumot toʻplash, aygʻoqchilik va diplomatik maqsadlarida elchi Chjan^Szyanni yuboradi. Ammo Suriyadagi Oʻrta dengizning sharqida joylashgan Giyerapol shahridan Serika (Xitoy)gacha boʻlgan masofa boʻylab tuzilgan dastlabki batafsil yoʻllik makedoniyalik savdogar May Titsian (milodiy 100 yil) tomonidan tuzilgan. Bu maʼlumotlar Klavdiy Ptolemeyning „Geografik qoʻllanma“sida saqdangan. Ptolemey esa oʻz navbatida bu maʼlumotlarni tarixchi Marinning taxminan 107— 114 yillar oraligʻida yozilgan va bizgacha yetib kelmagan asarlaridan olgan. Ushbu maʼlumotlarga kura, Buyuk ipak yoʻli y. 2 katga kiyemga boʻlingan: Giyerapoldan Toshminor (Toshqoʻrgʻon)gacha va Toshminordan Serikagacha. Yoʻlning Oʻrta Osiyo qismi Ariya (hozirgi Turkmanistonning jan. va Afgʻonistonning shim.gʻarbida joylashgan qad. viloyat)dan boshlangan. Ariyadan yoʻl shim.ga Margʻiyonadagi Antioxiyaga (Bayramali shahri yaqinidagi koʻhna Marv shahri harobasi) ketgan, soʻngra sharqqa burilib Baktra (Shim. Afgʻonistondagi Balx shahri)ga borgan. Bu yerdan yoʻl shim. tomon yoʻnalib Termiz atrofida Amudaryodan oʻtilgan va soʻngra 2 tomonga ketilgan. 1si, shim.si boʻylab Temir darvoza orqali Marokanda (Samarqand)ga, u yerdan Fargʻonaga ketilgan. 2si, jan.si esa Surxondaryo vodiysi boʻylab komedlarning togʻli oʻlkasiga (hozirgi Qorategin) olib borgan. Har ikki yoʻnalish ham Toshminorga olib borgan. Uni ayrim olimlar Toshkent hududida, boshqalari Olay vodiysida joylashgan deb hisoblaydilar. Toshminordan soʻng yoʻl Oʻrta Osiyo hududidan tashqariga chiqqan, Ergashtom atrofida „savdogarlar qoʻnimgohi“ joylashgan, soʻngra yoʻl TaklaMakon choʻlidan oʻtib Dunxuanga, soʻngra Xitoyning qad. poytaxti — Chananga olib borgan. Bu yerdan yoʻl ehgimol shim.gʻarbga Koreya va Yaponiyaga ketgan boʻlsa kerak. Milodiy 5—8-asrlarda Buyuk ipak yoʻli y.ning Yettisuv orqali Choch (Toshkent vohasi), Sugʻd, soʻngra Poykend, Marv boʻylab Eron Xurosoniga eltuvchi shim. qismi muhim ahamiyat kasb etgan. Ayni shu davrda Eron orqali Vizantiyaga ipak olib oʻtish taqiqlanganligi munosabati bilan sugʻd savdogarlari Vizantiya va Turk xoqonlari vositachiliklarida Sugʻd va Xorazmdan Kaspiy dengizini aylanib oʻtib, Shim. Kavkazdagi dovonlardan oshib Qora dengiz va keyinchalik Konstantinopolgacha olib boruvchi yangi yoʻl tarmogʻini ochadilar. Gʻarbda yuksak kadrlangan, qiymati jihatidan oltin va qimmatbaho toshlarga tenglashtirilgan ipak vositasida Vizantiya imperatorlari Yevropadan jangchilar yollashgan va qoʻshni „varvar“ — german va slavyan qabilalarining hukmdorlarini oʻz tomonlariga ogʻdirib olishgan, chunki ipak ularda yanada qadrliroq sanalgan. Ipak bu paytda 3 buyuk davlat: Vizantiya imperiyasi, Sosoniylar Eroni va buyuk Turk xoqonligi oʻrtasidagi iqtisodiy raqobat obʼyektiga aylangan. Biroq, bu „ipak“ yoʻli aftidan uzoq vaqt mavjud boʻlmagan, chunki 6-asr 2-yarmida Xitoy ipak ishlab chiqarish boʻyicha monopol huquqdan mahrum boʻlgan, asr oxirida esa Vizantiya shu qadar koʻp miqdorda ipak yetishtirar ediki, uni Xitoydan keltirishga hech qanday ehtiyoj qolmagan. Vizantiya ipak sanoatini barpo etilishi va uni astasekin Zakavkazye va Oʻrta dengiz mamlakatlariga tarqalishi bilan Buyuk ipak yoʻli y.ning tarixi tugaydi. Keyingi asrlarda, ayniqsa moʻgʻullar saltanati davrida garchand Sharq bilan Gʻarbni bogʻlovchi karvon yoʻli mavjud boʻlgani haqida koʻplab dalillarni keltirish mumkin boʻlsada, lekin „ipak yoʻli“ nomini unga shartli ravishda qoʻllash mumkin, chunki bu yoʻlning ahamiyatini endilikda ipak emas, boshqa tovar va maqsadlar belgilar edi.
1987 yil YUNESKO madaniy taraqqiyot boʻyicha BMTning umumjahon dekadasi doirasida „Ipak yoʻli — muloqot yoʻli“ xalqaro dasturini qabul qildi. Bu dastur Oʻrta Osiyo xalqlari boy madaniy tarixlarini keng qamrovda tadqiq etishni nazarda tutadi. Biroq uning asosiy maqsadi — Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida yanada mustahkamroq madaniy va iqtisodiy aloqalar oʻrnatish, ushbu buyuk qitʼalarda yashovchi koʻp sonli xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yaxshilashdan iborat. Koʻplab (30 dan ziyod) xalqaro ilmiy konferensiya (jumladan, Samarqand, 1990 yil okt.; Buxoro, 1996 yil fevral) va seminarlar oʻtkazildi. Buyuk ipak yoʻli y. boʻylab birgalikda xalqaro ekspeditsiyalar uyushtirildi, kinofilmlar yaratildi, kitoblar, broshyuralar va maqolalar chop etildi, baʼzi arxeologik va meʼmoriy yodgorliklar taʼmirlandi. Baʼzi bir Sharq mamlakatlarida (Hindiston, Xitoy, Oʻzbekiston, Shri Lanka, Yaponiya) Buyuk ipak yoʻli y.ni oʻrganish boʻyicha maxsus ilmiy intlar barpo etilgan. Maye, BMT va YUNESKO qaroriga koʻra, Samarqand shahrida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochilgan. 1997 yil mayda Oʻrta Osiyoni Eron bilan bogʻlagan Saraxs — Mashhad temir yoʻl uchastkasi qurilishi tugallandi, bu bilan Oʻrta Osiyo mamlakatlari Fors qoʻltigʻiga, Yevropa mamlakatlari esa Oʻrta Osiyoga chiqish imkoniga ega boʻldilar. Ilmiy va madaniy dasturlardan tashqari Buyuk ipak yoʻli y.ni tiklash boʻyicha jahonshumul ahamiyatga ega boʻlgan loyiha amalga oshirilmoqda [q. Yevropa—Kavkaz—Osiyo transport yoʻlagi (TRACECA)]. Navbatdagi vazifa — Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi temir yoʻl uchastkasini qurishdir. Mana shu reja amalga oshgudek boʻlsa, Atlantika okeanidan tortib Tinch okeanigacha boʻlgan masofada Buyuk ipak yoʻli y.ning „temir yoʻl“ varianti toʻla tiklangan boʻladi.
Oʻzbekistonda Buyuk ipak yoʻli y.ni tiklashga katta eʼtibor qaratilmoqda. 1995 yil 2 iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta I.A. Karimovning Buyuk ipak yoʻli y.ni qayta tiklashda Oʻzbekistonning ishtirokini avj oldirish va respublikada xalkaro sayyohlikni rivojlantirish borasidagi choratadbirlar toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi (yana q. *Buyuk ipak yoʻli sayyoxlik yoʻnalishlari). [1]
Buyuk ipak yo`lining xalqaro ijtimoiy,iqtisodiy va madaniy aloqalarining rivojlanishida qanday o`rni bor? Buyuk ipak yo`li Markaziy Osiyo orqali Sharq va G`arbni bog`ladi.Bu yo`l orqali xalqlarning nafaqat iqtisodiy hayotiga,balki,ijtimoiy,ma`naviy hayotiga ha, katta ta`sir qildi.Kushonlar davrida budda dini Markaziy Osiyo orqali Xitoyga, undan sharqqa tarqaldi va davlat dini darajasiga ko`tarildi/G`arbdan xristianlik dini kirib keldi,moniylik e`tiqoti Eron va Markaziy Osiyoning janubida tarqaldi.Xitoydan O`rta Yer dengizining shimoliy qirg`oqlariga qadar cho`zilgan buy o`l orqali ko`pgina xalqlar va elatlar diplomatic va savdo-iqtisodiy aloqalarini o`rnatdilar.Podsholarning o`zoro elchilar yuborishlari,bir-birlariga savg`a-salom in`om etishlari an`anaga aylandi.Sharq va G`arb madaniyatining bir-biriga ta`sir kuchaydi.O`sha davrdagi ko`plab madaniy-o`xshahliklar ham shu tufayli yuzaga keladi.
Agar geografik xaritaga e`tabor beradigan bo`lsak ,O`rta Osiyoning qadimgi sivilizatsiyalari o`zaro aloqalar tizimining markaziga joylashganligini kuzatishimiz mumkin.Aynan mana shu geografik joylashuv tufayli O`rta Osiyoni mihim etnik jarayonlar hind-yevroa,hind-eroniya va turklarning ko`chishi kuzatiladi.Bu davrda madaniyatlarning o`zarota`sir doirasida foallashuviga keng imkoniyatlar yaratiladi.O`rta Osiyoda jumladan Vatanimizda shaharlarning ko`payishi,hunarmandchilik va ilm-fanning taraqqiyot etishiga olib keldi.
Sharq va g`arb o`rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlanishiga xristian cherkovi o`zining katta xissasini qo`shdi.Eramizni birinchi asrlaridayoq xristian dinidagi ayrim oqimlarining biri birlari bilan kelisha olmasliklari natijasida xristianlik O`rta Osiyo,Eron,Suriya va Upak yo li orqali Sharqiy Turkiston va Xitoyga yoyila boshladi.Uar orasida pravoslav oqimining Melkit,Yakovit,Nestorianlik kabilarni keltirib o`tish mumkin.IV asrning oxirlari V asrning boshlariga kelib Vizantiy va uni qo`llab quvvatlovchi hukmdorlar erikitlarga qarshi kurashni avj oldirishdi.Eritiklar yo`nalishlari qatoriga nestorianlik ham kiritildi.Iso haqidagi ta`limot muqaddas kitob udumlar to`g`risidagi turli fikrlar oxir oqibat xristian olamida bir necha oqim va yo`nalishlarning yuzaga kelishiga olib keldi.Nestorianlik-oqimining tarofdorlari Isoni nson qiyofasini va uni elchilik vazifalarini tan olgan xolda ,Bibi Mariyamni xudoning onasi sifatida tan olishmaydi.Shu bois 431 yilda efes shaxridagi yog`ilishda bu oqim tarafdorlari eritek sifatida taqib qilinishga qaror chiqariladi.Buning natijasida ular eronga qochib keb o`rnashadilar va uning xayotida muhim ro`l o`ynashadilar.Nestorianlik oqimining tarofdorlari eronda davlat ahamiyatiga ega bo`lgan mansablarni qo`lga kiritadilar va tashqi savdoda faol ishtirok etadilar.
Bu oqim vakillari orasida moxir tabiblar,o`qutuvchilar,xunarmandlar bo`lib xalq orasida orasida katta e`tiborga ega bo`ladilar.Ularning O`rta Osiyoni tomon tarqalishining asosiy sabablaridan biri zardushtiylik dinining ruhoniylari tomonidan taqib qilinganliklaridanfir.O`rta Osiyoning Marv, Samarqand, Xorazm, Taroz, Merka, Yettisuv kabi shaxarlarida xristian ibodatxonalari mavjud bo`lgan.Arablar istilosidan keyin ularning ayrimlari buzilib tashlangan,ayrimlari esa masjidlarga aylantirilgan.Bu xaqda Narshaxiy shunday yozgan “Buxoro shaxriga kelib chap tomonga burilsang Rindon ko`chasiga kirasan.U yerda xristianlar cherkovi joylashgan,xozir masjidga aylantirilgan”.O`rta Osiyoda xristian dinining tarqalganligi xususida arxeologik izlanishlar natijasida topilgan tangalar ham dalolat beradi.Jumladan, Usturshona xokimi Rohan tomonidan zarb qilingan bronza tangalarda nestarianlik oqimining xochi tasvirlangan.Afrosiyobdan topilgan VII asrga oid tangalarda hukmdorning bosh tomonida xoch tasviri tushurilgan.Topilmalarda turli davrlarga oid xristian dinning belgilari uchraydi.691-962 yildan boshlab Isoni odam qiyofasida unda oldinroq fenikd qushi tasviri uchraydi.Feniks qushi dastlabki paytlarda xristianlarda mangulik va qayta tirilish ramzi sifati berilgan.Xitoyga xristian dinini yoyilishiga suriyalik xristian misseonerlari bilan bir qatorda shu dinga e`tiqot qiladiga toxariston va sog`d savdogarlarining o`rni katta bo`lgan.Xitoyda bu dinga e`tiqot qiluvchilarga erkinlikni Tan sulolasi davrida beriladi.Bu sulola vakillari savda munosabatlarini yaxshilash maqsadida ularga e`tiqot erkinligini berishadi.Lekin 10 asrga kelib xristian, budda, moniylik dinlari Xitoyda taqiqlanadi va ular quvg`inga uchraychi.Bu o`rinda alohida takidlab o`tish lozimki nestarianlik oqimining vakillari Buyuk ipak yo`li barcha tarmoqlari bo`ylab o`z jinlarini xavf ostiga qoyib bo`lsada diniy ta`limotlarini targ`ib qilganlar.
Moniylik dini Buyuk ipak yo`lida joylashgan shaxar va xalqlarni tarixida muhim ro`l o`ynagan dinlardan biridir.U o`z harakatlarini Eronning shaxarlaridan boshlab, O`rta Osiyoning sahrolarigacha yetib brogan.Moniylik dini dualistik dunyoqarashlar zamirida shakllangan bo`lib,unda asosiy kurash doimiy raqiblar yorug`lik va qorong`ulik o`rtasida bo`lib o`tgan.Moniylik talimoti rivoyatlariga ko`ra samoda doimiy ikta kuch yorug`lik va qorong`ulik o`rtasida kurash bo`lib,qorong`ulik xudosiga qarshi kurashi qarshi birinchi odam Xormizd jo`natiladi.unga yordamchi qilib ,toza xavo,iliq shamol ,yorug`lik,xavo va tozalovchi olov jo`natiladi.Bu Taa`limotiga ko`ra avvollo qarong`ulik xudosiga bo`y sunadi,asta sekinlik bilan komillik sari xarakat qiladi va uning changalidan xalos bo`ladi.BUning uchun u o`zi kabilar,xayvonlarni o`ldirmasliklari va ularning go`shtini yemasliklari kerak.Eng qattiq taqiqlar ularning “saralanganlar”ga tegishli bo`lib bundaylar,oila qurmasliklari va xatto xayvon uchun beriladigan o`tni xam yulmasliklari lozim.Vazifalari esa, doimo ibodatda bo`lish,moniylik dinini targ`ib qilishdan iborat.Saralaangan o`lgan zahotlari jannatga tushishadi.Qolgan odiy odamlar bir nechi marta qayta xarxil qiyofada tug`ilishlari lozim bo`ladi.Moniylik ta`limiting shiori “Kimki boy bo`lsa kambag`al bo`ladi.Ertaga sadaqa so`raydi”.Shu boisdanxam bu din kambag`al aholi orasida keng tarqala boshlaydi. Moniy hayotlik davrida bu din Eron, Ikki daryo oralig`I, Kichik Osiyo ,Rim, O`rta Osiyo va Sharqda keng tarqaldi.Uning o`zi “Mening denim barcha xalqlarga barcha tillarda tushunarlidir” degan edi.Moniylik dini qanday bo`lmasin u baribir hukmron din hisoblangan zardushtiylik manfaatlariga zid kelardi.Shu boisdan sasoniylar hukmdori Varaxran 1 tomonidan qamoqqa olinadi va qatl ettiriladi.Moniylik dinining O`rta Osiyoda targ`ibotchilaridan biri Mar Am obo`lib,bu dinni yoyolishida Buyuk ipak yo`lidan keng foydalanadi.Xitoyga moniylik dini Sharqiy Turkiston kirib kelgan. Bu kabi topilmalar yaxudiylar Marg`iyona va Orta Osiyoning boshqa shaharlarda istiqomat qilishganidan dalolat berdi.Yaxudiylaring bu erga kelib o’rganishlarini ko’plab olimlar Buyuk Ipak yuli bilan bog’laydilar.Asosiy sabablardan biri bu Bar Koxbaning(132-135) rimliklarga qarshi qo’zg’aloni va uni shafqatsizlarcha bostirilishi hamda ommaviy qig’in ularning ko’chishiga olib kelgan.Xorazmda yaxudiylar arablar bosqinidan bir oz ilgariroq kelib joylashdilar. Ilk o’rta asrlarda Buyuk Ipak yo’li o’tgan shaharlar aholisining madaniyatiga va turmush tarziga buddizm o’zining katta ta’sirini ko’rsatadi.Din asoschisi Sidxarta o’z izdoshlariga Dxarma deb nomlanuvchi buddizmning asoslarini yozib qoldirgan.Keyinchalik bu asoslar budaviylik nomi bilan dunyoga taniladi..Budimzning ikki oqimi bo’lib birinchisi-Xinyana(kichik g’ildirak),ikkinchisi-Maxayana(katta g’ildirak) deb nomlanadi.Birinchi oqim “xalos bo’lishning qisqa yo’li “bo’lib ,unda dunyoviy hayotning barcha unsurlaridan to’la voz kechladi.Asosan magadxa podsholigida keng tarqaladi.Xitoyliklar buddaviylik dini xaqidagi ilk tasavvurlarini shimoliy Baqtriyada yashagan yuechjilar bilan bog’lashadi.Baqtriyada budizmning keng yoyilganligini Ayritom, Dalvarzintepa, Qoratepa,Fayoatepa manzilgohlaridan topilgan ashyoviy dalillar ham isbotlaydi. O’rta Osiyo xalqlari hisoblanmish parviyaliklar,toxaristonliklar,farg’onaliklar,so’g’dlar Buyuk Ipak yo’lida asosiy savdo va turli madaniy qadryatlarni tarqatuvchilari sifatida ishtirok etishgan.Buyuk Ipak yo’li bir necha asrlar davomida SHarq va G’arb o’rtasidagi ko’prik vazifasini bajarib keldi.Aynan shu yo’l orqali xalqlarning madaniy aloqalari ,do’stona munosabatlari o’rnatildi.Aynan shu yo’lda birinchilardan bo’ib xalqaro cheklar ishlatildi.Lekin ,vaqt o’tishi va bu yo’l o’tgan yerlardagi o’zaro ichki urush va janglar ,XV asrga kelib dengiz yo’lining ochilishi ,asta sekin bir necha asrlar davomida asosiy savdo va diplomatiya yo’li vazifasini bajarib kelayotgan Buyuk Ipak yo’lining unutilishiga va yo’q bo’lib ketishiga olib keldi.
XIX asrga kelib , bir necha yirik Evropa davlatlarining Turkiston o’lkasiga qiziqishi , unga sari yangi yo’l topish uchun xarakatlarning boshlanishiga sabab bo’ldi.Qoraqurumning qorli dovonlari orqali yangi yo’l qidirib topish va maxfiy missiyani amalga oshirish uchun hind millatiga mansub bo’lgan Muhammad ibn Xamid yo’lga chiqadi .Lekin ,u 1860-yilda yo’lda kasallikga chalinadi va vafot etadi.Umimg sirli o’limi sabablarini aniqlash fuqorolik ishlari bo’yicha xodimi Ul’yam Djonsonga topshiriladi.U Muhammad ibn Xdimning o’ldirilganligi haqidagi fikrlarni inkor qiluvchi asosiy hujjat uning kundaligini topadi va kartografiya bo’limining kapitani T.G.Montgomerga topshiradi.Ushbu kundalikda qimmatli ma’lumotlar bo’lib, Buyuk Ipak yo’lida joylashgan oltin konlariga boy manzilgoxlar va qum ostida qolib ketgan shaharlar bilan bir qatorda
Download 22.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling