Мавзу: Буюк сохибкирон Амир Темур


Amir Temur Va Ibn Xaldun Siyosiy-Huquqiy Qarashlarida Vazirlik Institutining yuritilishi


Download 459 Kb.
bet5/6
Sana05.01.2023
Hajmi459 Kb.
#1080362
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Buyuk sohibqiron Amir Temur tarixi

4. Amir Temur Va Ibn Xaldun Siyosiy-Huquqiy Qarashlarida Vazirlik Institutining yuritilishi.
SHubhasiz, SHarq dunyosi deganda ko‘z o‘ngimizda boy ilmiy-madaniy meros, o‘lmas qadriyatlar va bugungi taraqqiyotning asosi bo‘lmish yuksak tamaddun namoyon bo‘ladi. Mazkur ma’naviy boylikni mukammal o‘rganish SHarqqa boy berilgan etakchilikni qaytarib be­radi. Binobarin, necha asrlar muqaddam yangragan ilg‘or g‘oyalar bugun ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmay kelmoqda. Zamonasining ko‘zga ko‘­ringan mutafakkirlari Amir Temur va Ibn Xaldunlarning siyosiy-huquqiy qarashlarida alohida e’tibor bilan yoritilgan vazirlik in­stitutini tadqiq etganimiz holda so‘z yuritganimiz yuksak taraq­qiyotdan bahra olamiz.
Amir Temur davlati va huquqi ko‘plab olimlarning tadqiqot ob’ekti sanaladi. Amir Temurning siyosiy-huquqiy qarashlarida va­zirlik institutining yoritilish mavzusi H.Boboev tadqiqotlarida1 qisman yoritilgan bo‘lsada, ayni masala hali-hanuz o‘zining sinchkov tadqiqotchisini kutmoqda desak yanglishmagan bo‘lamiz. Temur tuzuk­larida vazirlik instituti O‘rta asrlar nazariyotchi olimlaridan farqli ravishda amaliy jihatdan tahlil etilgan. Tuzuklarda o‘ziga xos uslubda bayon etilgan vazirlik institutini tadqiq etganimiz holda uni o‘z xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘lishni o‘rinli deb topdik:
I. Temurgacha hukmronlik qilgan turli davlat vazirlarining tarixiy tahlili. Bunda Amir Temur tarixda o‘tgan vazirlarni o‘rnak sifatida zikr qilib, ularning ijobiy xususiyatlarini namuna qilib ko‘rsatadi. Aksincha, yomon xulqli, zolim vazirlardan esa ogoh bo‘lishga undaydi. SHunga ko‘ra, mazkur vazirlarni quyidagi guruh­larga ajratish mumkin:
1.1 Odil vazir. Amir Temur o‘z orzuidagi oqil, tadbirkor vazir sifatida Malikshoh Saljuqiyning vaziri Nizomulmulkni2 qayd etadi3. Temur saltanat ishlariga ko‘maklashish, Tangri taoloning bandalariga yordam qilish eng sharafli ishlardan ekanligini ta’kid­laydi, vazirlik martabasining sha’nini ulug‘laydi. Amir Temur­ning o‘zi ham Tug‘luq Temurxonning o‘g‘li Ilyosxo‘jaga vazirlik, sipohsolorlik qilishga rozi bo‘lganini aytadi. “SHu boisdan bo‘lsa kerak, Alloh taolo meni saltanat martabasiga ko‘tardi”,- deydi4.
1.2 Zolim vazir. Gina kuduratli, ko‘nglida hukmdorga nisbatan dushmanlik kayfiyati bor vazir. Temur bunday vazirlar safiga Ab­bosiy xalifa Musta’sim Billohning vaziri Ibn Al’amiyni kiri­tadi. Ibn Al’amiy xalifa ishonchiga kirgan holda o‘z vazolatlarini suiste’mol qiladi. Oppozitsiya rahnamosi bo‘lgan Halokuxon bilan til biriktirib, uni hokimiyat tepasiga olib keladi. Xalifa Mus­ta’simni esa o‘limga mahkum etadi. Temur bu kabi vazirlardan ogoh bo‘lib, xushyor turishga chaqiradi. Aks holda, ular qisqa fursat ichida xazinani talon-taroj qilib, davlatni tanazzulga uchratadi, deydi5.
II. Vazir shaxsiga qo‘yilgan talablar. Amir Temur vazirlikka nomzod shaxs quyidagi 4 sifatga ega bo‘lishi lozim deb hisoblaydi.
Birinchisi, asllik, toza nasllilik. Vazirlikka nomzod shaxsga nisbatan qo‘yilgan mazkur talab vazirning avlodiga alohida urg‘u be­rilishini anglatadi. Bundan Amir Temur kishilarni ularning avlo­diga qarab tabaqalashtirgan degan ma’no anglashilmaydi. Amir Te­mur: “Nasliyu zoti past, hasadchi, gina-kek saqlovchi, qora ko‘ngilli kishilarga zinhor vazirlik lavozimi berilmasin. Buzuqi, qora ko‘ngilli, zoti past odam vazirlik qilsa, davlatu saltanat tez orada qulaydi”,-deydi. Ikkinchisi, aql, farosatlilik. Uchinchisi, sipohu raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalalik. To‘rtinchisi, sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik. “Kimki shu to‘rt sifatga ega bo‘lsa, unday odamni vazirlik martabasiga loyiq kishi deb bilsinlar. Uni vazir etib tayinlasinlar. Mamlakat ishlarini, sipoh va raiyat ixtiyorini unga topshirsinlar. Bunday vazirga to‘rt imtiyoz: ishonch, e’tibor, ixtiyor va qudrat berilsin”,-deydi6.
III. Amir Temur idealidagi vazir timsoli. “Kamolotga erishgan vazir ulkim”,-deydi Temur: “Asli-nasli tozaligini ko‘rsatib, dav­lat ishlarini tartibga keltiradi, moliyaviy ishlarni to‘g‘rilik bi­lan bajaradi”. Olgulik joyidan olib, bergulik erga beradi. Salta­nat muammolarini o‘z o‘rnida qattiqqo‘llik, o‘z o‘rnida muloyimlik bilan hal qiladi. Aqlli vazir bir qo‘li bilan raiyat (xalq)ni, bir qo‘li bilan esa sipoh (armiya)ni ushlab turadi. Tajribali vazir mamlakat obodonligini, raiyat va sipohning tinch-farovonligini, xazina boyligini doim ko‘zda tutadi. Temur ana shunday komil va­zirlarni “qilich va qalam sohibi”, “valine’mat (hukmdor)ning soqchisi”, “davlat sherigi” kabi nomlar bilan ataydi.
IV. Vazirlarning faoliyat ko‘rsatish tartibi.
4.1 Doimiy tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi vazirlar. Amir Temur o‘z tuzuklarida: “Amr qildimki, to‘rt vazir har kuni devonxonada hozir bo‘lsinlar”,-deydi. SHunga ko‘ra davlatning muhim kundalik vazifalari bilan bog‘liq masalalarni mazkur to‘rt toifa vazirlar doimiy tartibda amalga oshirgan deya ayta olamiz. Ular:
4.1.1. Mamlakat va raiyat vaziri mamlakat aholisi ahvolini na­zoratga olib, viloyatlardan yig‘ilgan hosil, soliqlar, ularning taq­simlanishi, mamlakat obodonligi va mol-mulkning qay tarzda tar­tibga keltirilayotganligi xususida hukmdorga axborot berib turgan7.
4.1.2. Sipoh vaziri. Bu toifa vazir saltanat armiyasi bilan bog‘liq barcha vazifalarga mas’ul bo‘lib, jangchilarga maosh berili­shi, qo‘shinning umumiy safarbarligi ustidan nazorat olib borgan.
4.1.3. Moliya vaziri. Mazkur vazir egasiz qolgan, vafot etgan va qochganlarga tegishli mollarni mamlakatga kirib-chiquvchi shaxslar mulkidan olinadigan bojlarni chorva mollari va yaylovlarni bosh­qarish vazifasini amalga oshirgan.
4.1.4. Iqtisodiyot vaziri saltanat idoralarining kirim-chiqim­lari, xazinadan ajratiladigan barcha sarf-xarajatlar ustidan nazo­ratga mas’ul shaxs sanalgan.
4.2. Saltanat hududi tashqarisidagi vazifalarni bajaruvchi va­zirlar. Bundan tashqari saltanat chegaralari va tobe’ mamlakatlarga doir vazifalar bilan shug‘ullanuvchi 3 vazirdan iborat davlat ha­y’ati ham mavjud bo‘lib, ular mazkur erlardagi moliyaviy masalalar, keladigan moliyaviy daromadlarni boshqargan.
YUqorida sanab o‘tilgan 7 vazirning bari devonbegiga bo‘ysun­gan. D.YUsupovaning qayd etishicha, devonbegi lavozimi vazirlardan yuqori bo‘lgani bois uni bosh vazir deb atash joiz8. SHuni ham alohida qayd etib o‘tish lozimki, vazirlar Temur saltanatining aso­si bo‘lmish o‘n ikki toifaning ettinchi toifasiga mansub bo‘lgan9.
V. Jazoga loyiq vazirlarni jazoga tortish tartibi. Amir Te­mur saltanat asosini tashkil etuvchi mamlakat xazinasiga alohida e’tibor berib, uning talon-taroj qilinishi bilan bog‘liq jinoyat­larni o‘ziga xos uslubda kvalifikatsiya qilganining guvohi bo‘lamiz.
– Moliya vazirlari moliya ishlarida xiyonat qilib, o‘zlashtirib olgan mablag‘lari o‘ziga tegishli haq miqdoridan oshmagan bo‘lsa, mazkur mablag‘ unga hadya tariqasida qoldirilgan.
– Agar vazir o‘zlashtirib olgan mablag‘ o‘z maoshidan ikki baro­bar ortiq bo‘lsa, ortig‘i oladigan maoshi hisobidan ushlab qolingan.
– Agar maoshidan uch barobar ko‘p mablag‘ olgan bo‘lsa, uning hammasi saltanat xazinasi hisobiga musodara qilingan. Tuzuklarda vazirlarning maoshlari amirlar maoshlaridan o‘n barobar ko‘p qilib belgingani qayd etilgan. Ta’kidlash joizki, Temur joriy etgan ja­zo choralari liberal xarakterga ega bo‘lib, adolat, insonparvarlik kabi prinsiplarga to‘la mos keladi.
O‘rta asrlarning eng yirik mutafakkirlaridan biri, sotsiolo­giya fanining asoschisi Ibn Xaldunning siyosiy-huquqiy qarashlari­da vazirlik institutiga alohida urg‘u berilgan. Olimning shoh asari sanalmish “Muqaddima”da vazirlik institutiga bag‘ishlangan alohi­da bo‘lim ham mavjud bo‘lib, unda Ibn Xaldun vazir so‘zini morfo­logik xususiyatlaridan tortib, uning jamiyat va davlat apparatida tutgan o‘rni, ahamiyati, vazirning vazifalari kabi masalalarni sof nazariy jihatdan izchil tahlil etgan. Ibn Xaldunning qayd etishi­cha, vazir so‘zi (ZbjTnS) “ko‘mak berish”, “yordam ko‘rsatish” ma’nola­rini beruvchi muazara yoki “yuk”, “yumush” mazmunini ifo­dalovchi vizr 10 so‘zidan olingan bo‘lib, har ikki holatda ham bevosita davlat rahbariga hukumat vazifalarini bajarishda yordam beruvchi shaxs tushuniladi.
Ibn Xaldun hukmdorning faoliyatini quyidagi to‘rt faoliyat doirasi bilan chegaralaydi11:

  1. Jamiyatni turli tahdidlardan himoya qilish, armiya usti­dan nazorat o‘rnatish, jangovor harakatlarga boshchilik qilish. Mazkur vazifalar uchun mas’ul shaxs vazir hisoblangan.

  2. Mamlakat hududidan yiroqda bo‘lgan davlat xizmatchilari bilan yozishmalar olib borish. Bu tur vazifaga mas’ul shaxs kotib deyilgan.

  3. Davlat xazinasining kirim-chiqimi, soliqlarning yig‘ilishi bilan bog‘liq moliyaviy ishlar. Ayni vazifalarni ham vazir yurit­gan.

  4. Hukmdorni davlat bilan bog‘liq vazifalarni bajarishdan chalg‘ituvchi har qanday narsani bartaraf etish. Mazkur vazifani eshik og‘asi (NZMI) bajargan.

Ma’lumki, vazirlik lavozimi qadimdan fors, yahudiy va boshqa qabilalarga ma’lum bo‘lgan. Muhammad (a.s.) davrlarida bu lavozim ilk davlat apparatiga tadbiq etilmagan. Muhammad (a.s.) jamiyat va davlat hayotiga doir bo‘lgan masalalarni yon atrofdagi kishilar bilan maslahatlashib qilganlar. SHu bois, Fors, Vizantiya hamda Najjo­shiylar davlat boshqaruvi tizimidan xabardor bo‘lgan ba’zi arab­lar Abu Bakrni “Payg‘ambarning vaziri” deb ataganlari ma’lum. Hokimiyat tepasiga kelgan Abu Bakr huzurida asosiy maslahatchi maqomini egallagan Umar ibn al-Xattob xalifaga qozilik va iqti­sodiy masalalarda yordam bergan. Keyinchalik Usmon ibn Affon dav­rida mazkur vazifani Marvon ibn al-Hakam bajargan. Ummaviylar davriga kelib, davlat boshqaruvi tizimida de-fakto sifatida mav­jud bo‘lgan maslahatchi vazifasi de-yure shaklida “vazir” lavozimi­ni kiritish bilan o‘zining mantiqiy echimini topdi12. SHunday bo‘l­sada, vazirlik lavozimining davlat apparatidagi eng muhim lavo­zimga aylanishi davri Abbosiylar sulolasining hukmronlik yilla­riga to‘g‘ri keladi13. Bu davrda vazirlik lavozimi ijro hokimiyati­ning rahbari sifatida shakllandi. Dastlab kotib va vazir lavozim­lari o‘zaro teng vakolatlarga ega bo‘lgan bo‘lsa, mazkur davrda armiya ustidan umumiy nazorat hamda soliq yig‘imi singari moliyaviy va­zifalarning vazir qo‘liga o‘tishi, uning nufuzini kotibnikidan bir necha yuqori pog‘onaga ko‘tarib yubordi. Davlat sirlarinning oshkor etilmasligini ta’minlash maqsadida keyinchalik davlat kanselya­riyasi ham vazir nazorati ostiga o‘tdi. Abbosiylar hukmronligi dav­rida imperiyaning muhim strategik ahamiyatiga ega bo‘lgan davlat muhri vazir qo‘lida saqlanadigan bo‘ldi.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki, bugungi globalizatsiya sharoitida, davlat apparati o‘zining mobil ko‘rinishiga o‘tayotgan bir paytda boy tarixiy tajribamizni o‘rganish, uning ijobiy xusu­siyatlaridan davlat qurilishi sohasida foydalana bilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa:
Dunyoning turli burchaklarida taniqli davlat va jamiyat arboblari, olimlar va adiblar o‘z ijtimoiy-siyosiy, ilmiy va ijodiy faoliyati davomida buyuk ajdodlarimiz, xususan Sohibqiron AmirTemurning jahon sivilizatsiyasi va madaniyati rivojiga qo‘shgan munosib ulushini yuksak baholab kelmoqda. Xalqaro jamoatchilik ulug‘ bobokalonimiz shaxsiga bunday behad ulkan e’tibor va ehtirom bildirib turganiga guvoh bo‘lish bul zotning vorislari sifatida biz, o‘zbekistonliklarga katta mamnuniyat va faxr-iftixor bag‘ishlaydi.
Xaqiqatan ham, Amir Temur jahon tarixida qudratli va gullab-yashnagan davlat barpo etgan buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatidagina mavqe tutmaydi. Sohibqiron o‘z poytaxti bo‘lmish Samarqandni er yuzining chinakam madaniy-me’moriy va ilmiy-ma’naviy markazlaridan biriga aylantirgan. Bu ulug‘ zot kurdirgan me’morchilik va xalq san’atining javohirlari yanglig‘ bugungacha qad ko‘tarib turgan osori-atiqalar shahar va qishloqlarimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib kelmoqda.
Hozirgi kunda Amir Temur va Temuriylar mavzuiga bag‘ishlab yaratilgan yirik asarlar soni Evropa tillarida besh yuzdan, SHarq xalqlari tillarida esa mingdan ortiqni tashkil etadi. Bu misol asrlar davomida jahon tarixining yorkrn siymolaridan biri — Amir Temur hayoti va faoliyatini, Temuriylar tarixini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish dunyo miqyosida hech kachon susaymaganidan dalolat beradi.
Miniatyura rassomchiligining tarakkiyoti adabiyotning rivoji bilan boglik bulgan. Musavvirlar Firdavsiy, Nizomiy, Dexlaviy, sungra Jomiy va Navoiy asarlariga rasmlar ishlagan. XIV asrda “Jome’ ut-tavorix”, “Tarixi Rashidiy” kabi tarixiy asarlarga xam miniatyuralar ishlagan. Bu an’ana Temuriylar davrida xam davom ettirilib, “Zafarnoma” va “Temurnoma” asarlarida jang lavxalari tasvirlanadi. Ayrim xollarda diniy asarlarga xam Makka va Madina tasviri tushirilgan. Badiiy asarlarning ba’zilarida Muxammad paygambarning (yuzi nikobda) odamlar orasida turgan xolati va me’rojga chikishlariga oid lavxalar uchraydi.
Biz tarixdan bilamizki Amir Temur va dastlabki temuriylar xukmronlik kilgan davr Movarounnaxr tarixida aloxida urin egallaydi. CHunki bu davrlarda Samarkand, Xirot shaxarlarida madaniyat, ilm-fan rivojlanib bordi. SHunday markazlashgan, buyuk davlatga asos solgan Amir Temur Kurogon ibn amir Taragay 1336 yilning 9 aprelida usha paytdagi Kesh (SHaxrisabz) ga karashli Xujailgor kishlogida tavallud topdi. Otasi amir Taragay uziga tuk, badavlat kishi edi. Onasi Tegina begim buxorolik bulgan.

Download 459 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling