Buzilmasdan ishlash ehtimolligi:
Buzilish ehtimolligi (funksiyasi):
Gamma-foizli resurs:
bu yerda: Up – normal taqsimlanish qonunining kvantili, maxsus jadvaldan ehtimollik qiymatiga asoslanib aniqlanadi.
Normal taqsimlanish qonunining kvantili (UP) deb P ehtimollikka javob beradigan va quyidagi tenglamani qanoatlantiradigan songa aytiladi.
bu yerda: F0(UP) – markazga ko‘chirilgan va me’yorlashtirilgan normal taqsimlanish qonunining funksiyasi ( va bo‘lgan holda); R – ma’lum qiymatga ega bo‘lgan ehtimollik.
Bundan tashqari, kvantil UP orqali ma’lum ehtimollikka mos keladigan ishlash muddatini aniqlash mumkin.
Eslatma: (-) ishorasi ehtimollik R0,5 bo‘lganda, (+) ishorasi esa R0,5 bo‘lganda qabul qilinadi.
Bu qonun "zaif zveno" modellarida namoyon bo‘ladi. Buzilish modelini tahlil etayotganda ayrim buyumlarni bir necha element yoki bo‘laklardan tuzilgan deb qarash mumkin (masalan, qistirmalar, shlanglar, quvur o‘tkazgichlar, yuritish tasmalari va h.k.). Ko‘rsatilgan buyumlarning yemirilishi har xil vaziyatlarda sodir bo‘ladi, lekin buyumning resursi eng zaif elementning yurgan yo‘li bilan aniqlanadi. Undan tashqari, bu qonunni dumalash podshipnigi resursining taqsimlanishiga (zaif zveno–zo‘ldir yoki rolik) yoki klapan mexanizmining issiqlik tirqishiga ham ishlatish mumkin.
Taqsimlanish zichligi funksiyasi (5.8-rasm):
bu yerda: a – masshtab ko‘rsatkichi, ming km; b – shakl ko‘rsatkichi (o‘lchamsiz qiymat); Kb – yordamchi koeffitsient; b – gamma funktsiyasi.
Shakl ko‘rsatkichi (b) va yordamchi koeffitsient (Kb) qiymatlarini variatsiya koeffitsientiga asoslanib maxsus jadvaldan aniqlanadi.
Ishonchlilik xususiyatlarining ayrim ko‘rsatkichlari Veybull-Gnedenko taqsimlanish qonuni bo‘yicha quyidagicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |