Buzilmasdan ishlash ehtimolligi:
Buzilish ehtimolligi:
Gamma-foizli resurs:
Buzilish jadalligi:
Bu qonunni qabul qilishda variatsiya koeffitsienti bo‘yicha shart –V0,4…0,6. Dumalash podshipniklari, tishli g‘ildraklar, vallar, prujinalar va boshqa detallarning resurslari ushbu qonun bo‘yicha taqsimlanadi. O‘zgarmas jadallik bilan sodir bo‘ladigan mustaqil hodisalar orasidagi vaqtning taqsimlanishi Veybull-Gnedenko taqsimlanishining xususiy holidir.
5.4.3 Logarifmik normal taqsimlanish qonuni
Agar tadqiq qilinayotgan jarayon yoki uning natijasiga juda ham ko‘p tasodifiy va bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan omillar ta’sir etsa va shu bilan birga omillarning jadallik ta’siri tasodifiy miqdor holatiga bog‘liq bo‘lsa, u holda logarifmik normal taqsimlanish qonuni namoyon bo‘ladi.
Taqsimlanish zichligi:
bu yerda: – tasodifiy miqdorlar logarifmining o‘rtacha kvadratik og‘ishi, ming km; a – tasodifiy miqdorlar logarifmining o‘rtacha arifmetik qiymati, ming km.
O‘rtacha kvadratik og‘ish qiymatining o‘zgarishi bilan f(L)max qiymati ham o‘zgaradi (5.4-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |