Mavzu. Byudjet siyosati


O’zbekiston Respublikasining yaqin va o’rta istiqboldagi byudjet-soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari


Download 33.07 Kb.
bet4/5
Sana04.04.2023
Hajmi33.07 Kb.
#1325902
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu. Byudjet siyosati

3. O’zbekiston Respublikasining yaqin va o’rta istiqboldagi byudjet-soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari
Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O’zbekistonning munosib o’rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bugungi kunda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasini amalga oshirish yo’lida aholining keng qatlamlari, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, ma‘ruzalari, tavsiyalari va sharhlari o‗rganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi.Shularning asosida 2017-2021-yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha
Harakatlar strategiyasi
1. ishlab chiqildi. Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadi - olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta‘minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir
2. Ushbu maqsadga erishish uchun Harakatlar strategiyasida O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi belgilab olindi, ular quyidagilardan iborat:
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
2. Qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi PF-4947-son Farmoni, O‘R QHT, 2017 y., 6-son, 70-modda
2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi Farmoniga sharh.

5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta‘minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. Mazkur yo’nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo’limlardan iborat. Xususan, Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish deb nomlangan yo’nalish yaqin va o’rta istiqbolda quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutadi:



  • makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur‘atlarini saqlab qolish,

  • milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish,

  • qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish,

  • iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish,

  • xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish,

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish,

  • hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish,

  • investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish.

Yuqorida sanab o’tilgan ustuvorliklarni bajarish byudjet-soliq siyosatida ham muayyan o’zgarishlarni amalga oshirish zarurligini nazarda tutadi. Bugungi kunda mamlakatimizda byudjet sohasida olib borilayotgan islohotlar zamirida aholi turmush farovonligini yuksaltirish, iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojiga keng imkoniyat yaratish maqsadlari mujassamlashgan. Xususan, iqtisodiyotda soliq yukini yanada kamaytirish, soliq solish mexanizmini soddalashtirish hamda soliq ma‘murchiligini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar ana shu maqsad ro’yobiga qaratilgan.
Ma‘lumki, mamlakatimizda ishlab chiqarishni rag’batlantirish, davlat byudjeti barqarorligini ta‘minlash maqsadida har yili Byudjet-soliq siyosatining asosiy yo‗nalishlari qabul qilinadi. Yaqin va o’rta istiqbolga mo’ljallangan soliq va byudjet siyosati pirovardida aholining turmush farovonligini oshirishga yo’naltirilgan. Xususan, 2018-yilga mo’ljallangan soliq-byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlarida soliq yukini yanada qisqartirish, soliq va majburiy to’lovlar miqdorini kamaytirish, mahalliy byudjetlar daromad bazasini mustahkamlash va ularning mustaqilligini oshirish, mablag’lardan oqilona foydalanish hamda byudjetga tushumlarning to’liqligini ta‘minlash belgilangan. Soliq siyosatida amalga kiritilgan o’zgarishlar soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to’lovchilarga har tomonlama ko’maklashishga, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta‘sirchan mexanizmlarini ishlab chiqishga va soliq to’lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishga, soliq nazoratiga oid zamonaviy uslublarni joriy etishga, soliqqa tortish borasida muammoli masalalarning kamayishiga, byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblanishi, o’z vaqtida va to’liq hajmda tushishi ta‘minlanishiga xizmat qiladi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, byudjet-soliq sohasida bo’layotgan yangiliklar, byudjet-soliq qonunchiligidagi o’zgarishlar mamlakatimizda ishlab chiqarish, kichik biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, iqtisodiyot barqarorligini ta‘minlash, aholiga munosib yashash va ishlash sharoitlarini yaratishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Respublikamizda soliq siyosati davlatning maxsus vakolatli organlari tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Soliqlar bo`yicha har bir hokimiyat organi maxsus vakolatlarga ega bo`lib, ularning har biri o`z faoliyatlarini samarali olib borishda ushbu vakolatlardan foydalanadi. Bunda vakolatli organlar sifatida barcha hokimiyat organlari, jumladan, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari birgalikda faoliyat ko`rsatadi va unda Davlat soliq qo`mitasi soliq siyosatini amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan vazifalarni bajaradi. Byudjet daromadlarini shakllantirishda yana bir muammo soliqlarni to’g’ri hisoblanmasligidir. Bu muammolarni hal etishda soliq nazorati va xorij tajribasidan foydalangan holda amaliyotga tatbiq etilayotgan soliq maslahatining ahamiyatini kuchaytirish lozim. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti nafaqat xarajatlari orqali, balki daromadlarini shakllantirish jaryonida ham iqtisodiyotni boshqaradi va tartibga soladi. Bunday holat birinchidan, soliq yukini kamaytirish orqali yuridik va jismoniy shaxslarga iqtisodiyotni rivojlantirishga o`z hissalarini qo`shishlariga imkoniyatlar berishdan iborat bo`lsa, ikkinchidan soliq stavkalarini kamaytirish orqali soliq to`lovchilar va soliq ob`ektlarini ko`paytirishni yuzaga keltiradi, uchinichdan esa soliqdan imtiyozlar berish orqali iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish, davlat ahamiyatiga ega bo`lgan sohalarni rivojlantirishga sabab bo`ladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o’zining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida byudjet tizimini qayta ko'rib chiqish, byudjet daromadlari va xarajatlarining xalqimiz uchun ochiq-oshkora bo‗lishini ta‘minlash zarurligini ta‘kidlagan edi. Zero, davlat va jamiyat boshqaruvidagi ochiqlik, mamlakat byudjetining taqsimlanishi va sarflanishidagi shaffoflik chinakam xalq hokimiyatini qaror toptirish va fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishning muhim shartidir. Ushbu holatlar mamlakatimizda yaqin va o’rta istiqbolga mo’ljallangan byudjet-soliq siyosatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqishda inobatga olingan.


Download 33.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling