Tarjimai hol
Ma’lum bir shaxs tomonidan o'z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv. Tarjimai hoi bir xil andazaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimai hoi ayrim qismlari bo'lishi shart.
Tarjimai holning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (tarjimai hoi).
2. Matn:
a) muallif familiyasi, ismi va otasining ismi;
b) tug'ilgan yil, kun, oy va tug'ilgan joyi;
c) millati, ijtimoiy kelib chiqishi;
d) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi);
e) ma’lumoti (qayerda, qanday o'quv yurtini tugatganligi va m a’lumotiga ko'ra mutaxassisligi);
f) ish faoliyatining turlari;
g) oxirgi ish joyi va lavozimi;
h) jamoat ishlarida ishtiroki;
i) oilaviy ahvoli va oila a’zolari;
j) pasport m a’lumotlari;
k) turar joyi (uy adresi), telefoni.
3. Sana.
4. Imzo.
Tarjimai hoi oddiy qog'ozga, ayrim hollarda, y a’ni ishga, o‘qishga kirishda maxsus bosim ish qog'ozlariga qo‘lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli himoya uslubida bolib, birinchi shaxs tilidan yoziladi.
Barcha m a’lumotlar davriylik (xronologiya) asosida, aniq sanalar bilan (iloji boricha yili, oyi, kuni ko'rsatilgan holda) beriladi. Barcha raqamlar arab raqamlarida ifodalanadi. Tarjimai hoi shunday tuzilishi kerak-ki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li, faoliyati haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |