Mavzu: Byudjet tashkilotlarida ichki hujjatlarning aylanishi
Reja
1. Yuk xati.
2. Dalolatnomalar, ishonchnoma, ma’lumotnoma.
3. Bayonnoma va tarjimai hol.
1. Yuk xati blankasi tovarlarni bir obektdan yoki javobgar shaxsdan ikkinchi ob’ektga yoki javobgar shaxsga o’tkazish hisobini yuritish uchun foydalaniladi. Ya’ni olinga yoki berilayotgan mahsulotni yuk xati asosida ro’yxatdan o’tkazish tushunilida (1-rasm)
(1-rasm)
Yuk xati shunday korinishdan iboratdir.
2. Dalolatnoma — muayyan shaklda tuzilgan rasmiy yozma yuridik hujjat.
Dalolatnomalar:
normativ hujjatlar (ular umumiy huquq meʼyorlarini belgilaydi),
individual hujjatlar (ular aniq hollarga taalluqli boʻladi, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjatlar, sud qarorlari)
sharhlovchi (qonunlarni rasmiy izohlashga oid) hujjatlarga boʻlinadi.
Qonunda koʻzda tutilgan tartibda tuzilgan, muayyan huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan turli hujjatlar ham (mas, fuqarolik holati hujjatlari) dalolatnoma deb ataladi. Dalolatnomaning yana bir turi notariat ishlarda foydalanaluvchi dalolatnomalardir. Bu dalolatnomalarda hodisa (savdo almashinuv, jinoiy yoki boshqa hodisalar) asosida amalga oshiriladi. Bu dalolatnomalarda vaqt yani sana oy yil, kamida 2 nafar ishtirokchilar yani guvohlarning ism familyasi soʻroq davomida berilgan koʻrsatmalari aynan keltirilgan imzolangan holda keltiriladi, keltirilgan korsatmalar asosida tekshiruvlar korsatuvlar amalga oshiriladi. Bu dalolatnomalarni tuzish va qonuniy asosda amalga oshirilishi tegishli qonunlar asosida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining tegishli moddasida quyidagi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi kerakligi koʻrsatilgan:
tugʻilish;
oʻlim;
nikoh tuzilganligi;
nikohdan ajralish.
Mazkur dalolatnomalar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish idoralari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (Fuqarolar yigʻini)da yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |