Mavzu: byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari
Balansdan tashqari schotlarga doir muomalalarni hisobda aks ettirish bo‘yicha namunaviy yozuvlar
Download 241.44 Kb.
|
Mavzu byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari
Balansdan tashqari schotlarga doir muomalalarni hisobda aks ettirish bo‘yicha namunaviy yozuvlar
Ushbu vaziyat balansdan tashqari schotlarda hisobga olinadigan obyektlarni doimiy nazorat qilib borish zarurligini tasdiqlaydi. Bizning fikrimizcha, balansdan tashqari schotlarda hisobga olinadigan barcha tovar-moddiy qiymatliklar, shuningdek, ijaraga olingan asosiy vositalar ham korxona balansida hisobga olinadigan qiymatliklar uchun belgilangan tartib va muddatlarda inventarizatsiya qilinishi zarur. Balansdan tashqari schotlarning zarurligi to‘g‘risidagi fikr, ularda hisobga olinadigan obyektlardan yana biri – qat’iy hisobda turadigan blankalar ekanligi bilan ham izohlanadi. Kuzatishlar tasdiqlashicha, tovar-moddiy boyliklarni o‘g‘irlash va suiiste’mol qilish maqsadida keng tarqalgan qalbakilashtirish usullaridan biri – hisobga olinmay qolgan qat’iy hisobot blankalaridan foydalanish, shuningdek, ularni soxtalashtirishdir. Shuning uchun hozirgi qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobotida balansdan tashqari mulklar, qiymatliklar, majburiyatlar va manbalarning holati to‘g‘risidagi axborotlarni aks ettirish maqsadida moliyaviy hisobotning birinchi shakli – «Buxgalteriya balansi»ga ilova sifatida alohida «Balansdan tashqari schotlarda hisobga olinadigan qiymat-liklarning mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot» degan jadval kiritilgan. Unda qat’iy hisobot blankalari shartli bahoda baholanishi mumkin. Download 241.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling