Mavzu: byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari
Tartibga soluvchi schotlar
Download 241.44 Kb.
|
Mavzu byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari
2. Tartibga soluvchi schotlar. Ma’lumki, asosiy schotlarda xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari va hisob-kitoblar aks ettirilib hamda xususiyatiga qarab guruhlashtiriladi. Bu schotlarda aks ettirilgan mablag‘lar va ularning tashkil topish manbalari tegishli ma’lumotlar yordamida aniqlashtirish zarurati tug‘ilib qoladi. Masalan, asosiy vositalar qabul qilingandan to foydalanishga yaroqsiz deb topilib, hisobdan chiqarilgunga qadar «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar» deb atalgan asosiy aktiv schotlarda boshlang‘ich qiymati bo‘yicha hisobga olinib boriladi. Asosiy vositalar foydalanish jarayonida eskiradi va ularning bu eskirgan qismi ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat) tannarxiga amortizatsiya ajratmasi ko‘rinishida bo‘laklab qo‘shib boriladi. Xo‘jalikka rahbarlik qilish va uni boshqarish uchun «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar» schotlar ma’lumotlarini asosiy vositalarning eskirishi to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlar bilan taqqoslash kerak bo‘ladi.
Bunday ma’lumotlarni olishda tartibga soluvchi schotlar deb nomlangan bir guruh schotlardan foydalaniladi. Tartibga soluvchi schotlar boshqa buxgalteriya schotlarida aks ettirilgan ko‘rsatkichlarni tartibga solish uchun xizmat qiladi. Bunday schotlardan foydalanish hisobda to‘la va aniq ma’lumotlar olish zaruriyatidan kelib chiqqan bo‘lib, hisob obyektlarini buxgalteriya schotlarida ikki bahoda, ya’ni balans qiymati va qoldiq qiymati bo‘yicha aks ettirish imkoniyatini yaratib beradi. Kontrar tartibga soluvchi schotlar balansda tartibga solinuvchi schot bilan yonma-yon aks ettiriladi. Tartibga soluvchi schotlarning tuzilishi va vazifasiga qarab kontrar schotlar ham ikki guruhga: a) kontraktiv tartibga soluvchi schotlar; b) kontr-passiv tartibga soluvchi schotlarga bo‘linadi. Kontr-aktiv tartibga soluvchi schotlar balansning aktiv qismida alohida moddalar sifatida o‘zi bilan bog‘liq aktiv schotlardan keyingi satrda ko‘rsatilib, aks ettirilgan xo‘jalik mablag‘larining summasini tartibga soladi, ya’ni aktivlarning sof qiymatini aniqlash uchun xizmat qiladi. Kontr-aktiv tartibga soluvchi schotga «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schotlar» misol bo‘lib, uning qoldig‘i tartibga solinuvchi «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar» asosiy aktiv schotidan ayrilib, keyingi satrda balansning aktiv tomonida ko‘rsatiladi, ya’ni uni tartibga solib turadi. Boshqacha qilib aytganda, «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schotlar» asosiy vositalarning eskirishi haqidagi ma’lumotlarni olishda foydalaniladi. Bu schotning kreditida asosiy vositalarning ishlatilish davridagi eskirishi hamda oldin boshqa korxonalarda ishlatilib, tekinga olingan asosiy vositalar eskirishi; debetida esa ishdan chiqqan yoki o‘zimizda ishlatilib boshqa korxonalarga tekinga berilayotgan asosiy vositalarning hisobdan o‘chirilishi ko‘rsatiladi. «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schotlar»ning qoldig‘i faqat kreditda bo‘ladi va xo‘jalikdagi mavjud asosiy vositalarning eskirish summasini bildiradi. Bu qoldiq yordamida asosiy vositalarning qoldiq qiymati aniqlanadi, ya’ni asosiy vositalarning balans summasi («Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar»ning debet qoldig‘i)dan eskirish summasini («Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schotlar»ning kredit qoldig‘i) ayrib tashlanadi. Kontr-passiv tartibga soluvchi schotlar balansning passiv qismida alohida moddalar sifatida ko‘rsatilib, balansning passivida aks ettirilgan ma’lum schotlarning qoldiqlarini tartibga soladi. Bunga «Ustav kapitali» passiv schotini tartibga solib turadigan «Sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schotlar» misol bo‘la oladi. To‘ldiruvchi tartibga soluvchi schotlar ma’lum xo‘jalik muomalalarini alohida-alohida hisobga olib, asosiy schotlarda hisobga olingan obyektlarni baholashda foydalaniladi. Tartibga solinishi kerak bo‘lgan schotlarning ma’lumotlari balansning qaysi qismida ko‘rsatilsa, to‘ldiruvchi tartibga soluvchi schotlarning ma’lumotlari ham ana shu qismida aks ettiriladi. To‘ldiruvchi tartibga soluvchi schotlar aktiv va passiv to‘ldiruvchi tartibga soluvchi schotlarga bo‘linadi. Masalan, «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schoti. Aktiv to‘ldiruvchi tartibga soluvchi schotga Materiallarni hisobga oluvchi schotlar asosiy aktiv schotlarni to‘ldiradigan «Materiallar qiymatidagi farqlar» schoti misol bo‘la oladi. Unda shartnoma baholar bo‘yicha hisobga olinadigan materiallarni baholashni to‘ldiradigan summalar aks ettiriladi. Binobarin, sotib olingan materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlash uchun asosiy aktiv schotlar hisoblangan «Materiallarni hisobga oluvchi schotlar»da hisobga olingan shartnoma bahosiga «Materiallar qiymatidagi farqlar» degan aktiv to‘ldiruvchi-tartibga soluvchi schotdagi qoldiqlar summasi qo‘shiladi. Qishloq xo‘jalik korxonalarida to‘ldiruvchi tartibga soluvchi schotlar vazifasini analitik schotlar ham bajaradi. Download 241.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling