Mavzu: Byudjet tashkilotlarida uzoq muddatli aktivlar hisobi Reja
Download 269.5 Kb.
|
Abdullayeva Shohida .uzoq .muddat.aktiv
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Asosiy vositalarning qoldiq qiymatini aniqlash.
Joriy ta’mirlash—asosiy vositalar obyektini ishchi holatida saqlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ta’mirlashdir. 0‘rtacha ta7mirlashda ta’mirlanayotgan agregatni qisman ajratish va detallarning qismlarini tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi.
Uskunalar va transport vositalarini kapital ta ’mirlash*4 agregatni to'liq ajratib yig'ish amalga oshiriladigan ta’mirlashdir, bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yig'ish, sozlash va sinab ko'rishdir. Binolar va inshootlarni kapital ta’mirlash-bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan konstruktsiyalarning detallari va uzellarini almashtirish yoki tiklash amalga oshiriladigan ta’mirlashdir. Asosiy vositalarda amalga oshirilgan joriy va o'rta ta’mirlash xarajatlari va ularning dastlabki qiymatini o'zgartirishga sabab bo'lmay- digan kapital ta’mirlash xarajatlari asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi hamda hisobotlarda O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari iqtisodiy tasnifining (keyingi o'rinlarda iqtisodiy tasnif deb yuritiladi) tegishli kodlari bo'yicha haqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi va hisobot yilining oxirida moliyalashtirish manbasi bo'yicha hisobdan chiqariladi, Kutubxonalarning inventar fondiga kiritilgan kitoblar, darsliklar va boshqa nashrlar ularning dastlabki muqovalash qiymatlarini ham qo'shib, dastlabki qiymati bo'yicha hisobga olinadi. Kitoblarni ta’mirlash va tiklash, shu jumladan ikkinchi marta muqovalash xarajatlari kitoblarning qiymatini oshirishga kiritilmaydi va hisobotlarda iqtisodiy tasnifning tegishli kodlari bo'yicha haqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi va hisobot yilining oxirida moliyalashtirish manbasi bo'yicha hisobdan chiqariladi. 4.Asosiy vositalarning qoldiq qiymatini aniqlash. Asosiy vositalarning qoldiq qiymati ularning yuqorida ko'rsatilgan o'zgarishlarni hisobga olgan holdagi dastlabki qiymatidan belgilangan tartibda aniqlangan eskirish summasini farqi sifatida aniqlanadi. Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinganda ular boshlang'ich qiymat bo'yicha baholanadi. Budjet tashkilotlarida ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish sohalarida ishlatilib, xizmat muddatini o'tab bo'lgan asosiy vositalar O'zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi» Qonuni va 2003-yil 9-oktabrdagi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 114- son buyrugl hamda 2004-yil 1-yanvardagi 0‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1299-son bilan ro‘yxatdan octkazilgan «Asosiy vositalar» nomli buxgalteriya hisobining milliy andazasi va boshqa taalluqli me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari doirasida balans hisobidan chiqariladi. Asosiy vositalar quyidagilar natijasida budjet tashkiloti balans hisobidan chiqariladi: tugatish; Tugatilishi munosabati bilan asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi: hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi Debet: 02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi Debet: 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning tegishlisi Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari asosiy vositalarning tugatilishi munosabati bilan keyinchalik foydalanishga yaroqli boigan tovar-moddiy zaxiralarning kirim qilinishi: qoldiq qiymati doirasida; Debet: 06-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning tegishlisi qoldiq qiymatidan oshgan summaga Debet: 06-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 272 Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar. Asosiy vositalarning sotilishi: bino va inshootlar (chet elda joylashganlaridan tashqari): hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi Debet: 02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi Debet: 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning tegishlisi Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari qolgan asosiy vositalar (chet elda joylashganlaridan tashqari): asosiy vositalarning dastlabki qiymatini hisobdan chiqarilishi Debet: 201 Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari asosiy vositalarning hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi Debet: 02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 201 Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi Asosiy vositalarning sotish qiymati Debet: 15-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 201 Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi qolgan asosiy vositalar bir vaqtning oczida tegishli budjet daromadiga hisoblangan summa Debet: 201 Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi Kredit: 160 budjetga to’lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar pul mablag’iarini kelib tushishi Debet: 113 Boshqa budjetdan tashqari mablag’iar Kredit: 15-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari budjetga hisoblangan summalarning o6tkazib berilishi Debet: 160 budjetga to’lovlar bo'yicha budjet bilan hisob-kitoblar Kredit: 113 Boshqa budjetdan tashqari mablag’iar asosiy vositalarning sotilishidan ko‘rilgan ijobiy moliyaviy natija (daromad) Debet: 201 Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi Kredit: 272 Boshqa budjetdan tashqari daromadlar asosiy vositalarni sotilishidan ko'rilgan salbiy moliyaviy natija (zarar) Budjet tashkilotlarida bino, inshoot va boshqa asosiy vositalarni ijaraga berish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli «Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori va boshqa qonuniy hujjatlar asosida tartibga solinadi. Ijarani tartibga soluvchi davlat organi Davlat mulki qo'mitasi, uning viloyatlardagi va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari tasarrufidagi davlat mulkini yaraga berish markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Budjet tashkiloti ijara shartnomasiga asosan binolar, inshootlar yoki ularning qismlari, asbob-uskunalar, transport vositalari shaklidagi davlat mulki va boshqa mulklarini berishlari mumkin. Download 269.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling