Mavzu: Byudjet tasnifining mohiyati, ahamiyati va xususiyatlari
Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari
Download 307.22 Kb.
|
sancho
Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari. Davlat byudjeti moliya tizimining muxim bo‘gini sifatida mamlakatning asosiy moliya rejasini tashkil etuvchi va foydalanuvchi umumdavlat pul fondidir.
Byudjet so‘zi inglizcha “budget” – xalta ma’nosini anglatib davlatning ma’lum muddatga mo‘ljallab tuzilgan va qonun bilan tasdiqlangan daromadlari xamda xarajatlari xisobi bandlar bo‘yicha tasdiqlangan xujjatidir. Davlat o‘z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun, shuningdek, rivojlanishning har bir bosqichida dolzarb bo‘lgan strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o‘z qo‘lida to‘plamog‘i ob’ektiv zaruriyatdir. Aynan shu ob’ektiv zaruriyatning mavjud bo‘lishi davlat byudjetining mavjud bo‘lishini va amal qilishini taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 3-moddasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga ta’rif berilgan. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti (Davlat byudjeti) — davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul jamg‘armasi; Davlat byudjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo‘lgan bo‘lib, uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog‘liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo‘lgan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy belgilari davlat faoliyatining va byudjetning taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab beradi. O‘zining mohiyatiga ko‘ra, davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismidan iborat bo‘lib, shunga mos ravishda u moliya tizimiga tegishli bo‘lgan barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli bo‘lgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o‘zida, davlat byudjeti faqat o‘ziga xos bo‘lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o‘z navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa bo‘linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o‘rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlat (hukumat)ga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat (hukumat) barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo‘lsa-da, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo‘ladi.Davlat byudjetida, moliya tizimining boshqa bo‘linmalaridan farqli o‘laroq, ikki tushunchaning terminologik qo‘shilishi mavjud: byudjet – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida; byudjet – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida. Iqtisodiy kategoriya sifatida, davlat byudjeti - ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan YaIM va milliy daromadning taqsimlanishi jarayonida davlat va mahalliy o‘z o‘zini boshqarish organlari ehtiyojlari uchun zaruriy markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq imperativ tavsifdagi pul munosabatlari tizimidir. Huquqiy kategoriya sifatida, davlat byudjeti - davlat pul mablag‘larining (shu jumladan, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Moddiy ma’noda byudjet - tegishli darajadagi davlat va mahalliy hokimiyat idoralari faoliyatini ta’minlovchi, ular oldiga qo‘yilgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarni bajarish imkonini beruvchi markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondidan iboratdir. Davlat tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni BYUDJET HISOBIdan moliyaviy ta’minlash deganda byudjetning aynan ana shu moddiy ma’nosi ko‘zda tutiladi. Byudjet iqtisodiy kategoriya sifatida quyidagi funksiyalarni bajaradi: -Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag‘batlantirish; -byudjet sohasidagi muassasalarni moliyaviy ta’minlash va davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish; Download 307.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling