Mavzu: Byudjet tasnifining mohiyati, ahamiyati va xususiyatlari


Byudjet tasnifiga qo‘yiladigan talablar


Download 307.22 Kb.
bet6/13
Sana14.12.2022
Hajmi307.22 Kb.
#1004872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
sancho

Byudjet tasnifiga qo‘yiladigan talablar
-Davlat byudjeti va mahalliy byudjet ko‘rsatkichlarini taqqoslash uchun sharoit yaratadi;
-Byudjetni shaffofligini ta’milaydi;

Byudjet tasnifining yagona tizimi davlat boshqaruvining daromadlarni to‘planishi, hisobi va taqsimlanishi hamda xarajatlarni amalga oshirilishining har bir bosqichida moliyaviy operatsiyalarning hisobi yuritiladigan barcha darajalarida axborotlarning shaffofligi va mosligini ta’minlash uchun zarur hisoblanadi.


Byudjet tasnifining asosiy maqsadi quyidagilar:
-hokimiyat va boshqaruv organlari, moliyaviy nazorat organlarining byudjetni samarali rejalashtirish, byudjetlarni boshqarish, davlatni asosiy funksiyalarini bajarish uchun boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish;
-byudjetlarni shakllantirish, tasdiqlash, ijro etish, hamda ularni ijro etish to‘g‘risida hisobotlarni tuzish jarayonlari axborotlarining ochiqligi;
-byudjet hisobotida ham davlat moliyasi statistikasi munosabatlarida metodologik yagonalik, solishtiruvchanlik va taqqoslanuvchanlik.
Byudjet tasnifi quyidagi asosiy vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan: 1)mamlakat byudjet tizimining yagonaligi tamoyilini amalga oshirish uchun
uslubiy asos yaratish;
-byudjet xujjatlashtirilishi shakllari yagonaligini ta’minlash;
-tegishli byudjetlarni ijro etishda tezkor (operativ) nazoratni amalga oshirish;
-byudjet tizimining barcha byudjetlari ko‘rsatkichlarining taqqoslanuvchanligini, konsolidatsiyalashgan byudjet ko‘rinishida jamlanma byudjet axborotlarini olish imkoniyati;
-byudjet jarayonini amalga oshirishda davlat moliyaviy nazorati va audit instrumentlarni shakllantirish.
Byudjet tasnifi xalqaro tasnif tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliyavazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Byudjet tasnifi byudjet boshqaruvining mustaxkam fundamental blokli tizimi bo‘lib hisoblanadi, u byudjet qanday tartibda tuziladi, qabul qilinadi va ijro qilinishini belgilaydi.
Byudjetlashtirishda asosiy e’tibor xarajatlar ob’ektidan mablag‘larni davlatning strategik maqsadlarini ijrosini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan davlatning dasturlarini amalga oshirishga ajratilishiga qaratiladi.
Mablag‘lar turli maqsadlar (natijalar) va davlat mablag‘larini boshqaruvchi organlari xarajatlari uchun ajratiladi, shu bilan birga natijalarga erishishning iqtisodiy jixatdan foydaliroq va innovatsion usullarini izlashadi. Markaziy byudjet boshqaruvi har bir tashkilotning dasturiy maqsadlariga erishish uchun qaratilgan.






vazifa jihatdan tasnifi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari, shuningdek boshqa byudjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan vazifalar bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan, tashkiliy tasnifi byudjetdan ajratiladigan mablag’lar ularni bevosita


oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va tadbirlar turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan, iqtisodiy tasnifi esa
to‘lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat

daromadlarning turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashdan iboratdir. Bunda tarmoq va vazirlik (rahbarlik organi) belgilari inobatga olinishi mumkin

Byudjet taqchilligini qoplash manbalari tasnifi ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat
Byudjet tasnif

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 18-moddasida byudjet tasnifi tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan:


Byudjet tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat bo‘lib, byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi. Byudjet tasnifi xalqaro tasnif tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.


Download 307.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling