Mavzu: Byudjet tasnifining mohiyati, ahamiyati va xususiyatlari


Byudjet tasnifining mohiyati, zarurligi va ahamiyati


Download 307.22 Kb.
bet5/13
Sana14.12.2022
Hajmi307.22 Kb.
#1004872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
sancho

Byudjet tasnifining mohiyati, zarurligi va ahamiyati
Byudjet daromadlari va xarajatlarining tushish manbalarining turli tumanligi, moliya-byudjet munosabatlarining murakkabligi sharoitida davlat moliyasini boshqarishni pul oqimlarini xarakatining qonuniy tasdiqlangan yagona tizimisiz tasavvur qilish juda mushkul. Shu maqsadda, tarkibiy bir-biriga yaqin byudjet ko‘rsatkichlarni umumlashtrish yo‘llaridan biri bo‘lib hisoblanadigan muxsus byudjet tasnifi xizmat qiladi. Byudjet tasnifi o‘z vazifa va funksiyalarni bajarish uchun mablag‘larni qanday sarflashni ko‘rsatib beradi. Byudjet tasnifi smetalarni va byudjetlarni umumiy jamlanmaga birlashtirish uchun sharoit yaratadi, ularni ko‘rib chiqishni soddalashtiradi va iqtisodiy tahlil qilish imkoniyatini yaratadi, byudjet ijrosi nazorati va mablag‘larni o‘z vaqtida to‘liq jamlanishini soddalashtiradi, hamda mablag‘larni maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni osonlashtiradi. Byudjet tasnifi byudjet ijrosi bo‘yicha hisobotlardagi daromadlar va xarajatlarni solishtirish va budjdet mablag‘lari sarflanishida moliyaviy intizomga rioya etilishini kuzatish imkoniyatini yaratadi. Davlat moliyasi aniqrog‘i, davlat byudjetini tuzish aniq tamoyillarga asoslanadi, bu o‘z navbatida muhim ahamiyatga molik bo‘lgan byudjet jarayonining hamma bosqichlarini bir tizimga solish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shunday tizimlardan biri bu byudjet tasnifidir.
Iqtisodiy adabiyotlarda byudjet tasnifining umumiy tamoyillariga, davlat va mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarining mohiyati va ularni guruhlashtirish va byudjet tasnifidan optimal ravishda foylanishga qaratilgan muhim fikrlar berilgan. Shuningdek, davlat va mahalliy byudjetlar jarayonida tasnifning iqtisodiy mohiyati va uning roli to‘g‘risida ham ko‘p ta’kidlab o‘tiladi. Bunda byudjet daromadlari va xarajatlarini jamiyatning iqtisodiy hayotidagi, xususan ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati, tasnifni aniq belgilariga asosan guruhlashtirish, iqtisodiyotning tarmoqlari bo‘yicha mohiyatini ochib berishga harakat qilinadi.
Byudjetni guruhlash tavsifi va ularni tuzish tamoyillari, byudjet daromadlari va xarajatlarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, iqtisodiyotning tuzilishi va uni boshqarishga bog‘liq ravishda aniqlanadi. Daromad manbalarini bilish va byudjet sarflarining yo‘nalishini aniqlab olish, bu byudjet jarayonining samarali ishlashiga sharoit yaratadi.
Shuningdek, byudjet daromadlari va xarajatlarini bir tizimga solib guruhlash nafaqat bir qancha o‘xshash daromad va xarajatlarni birlashtirish imkoniyatini beradi, balki iqtisodiyotda moliyaviy nazoratni mustahkamlashni va byudjet intizomiga rioya etilishini ham ta’minlaydi. Davlat moliyasi tizimida byudjet tasnifi byudjet holati haqidagi ma’lumotlarni tizimlashtiradi va hisob-kitob ma’lumotlarini ham ta’minlab beradi. Byudjet tasnifi Davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi. Byudjet tasnifi byudjet ma’lumotlarini xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslashni ta’minlaydi. Byudjetning muhim qismini tashkil etuvchi tizim bu byudjet tasnifi bo‘lib, turli darajadagi byudjet ko‘rsatkichlarini o‘zaro taqqoslash, moliyaviy manbalarni, byudjet taqchilligini qoplash manbalarini belgilash imkonini beradi.

Byudjet tasnifi hamma byudjetlarning ma’lumotlarini bir yagona davlat byudjetiga jamlash imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy funksiyani amalga oshiruvchi hujjatgina bo‘lib qolmay, u katta iqtisodiy ahamiyatga egadir. Tasnifda davlat byudjeti daromadaari va xarajatlari bir xil xususiyatlari bo‘yicha guruhlanadi va ular bo‘linmalar deb yuritiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Turli darajadagi byudjetlar yagona byudjet tasnifi ko‘rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi, ya’ni tasnif ob’ektlariga berilgan guruhlashtirish kodlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar guruhlanadi .
Barcha darajadagi byudjetlar yagona byudjet tasnifi-daromadlar va xarajatlarni tasnif ob’ektlariga guruhlovchi xos raqam (kodlar) berish bilan guruhlash ko‘rsatkichlari doirasida prognozlashtiriladi, shakllantiriladi va ijro etiladi.
Davlat moliyasi tizimida byudjet tasnifi davlat byudjetining holati to‘g‘risidagi malumotlarni hisobini yuritish va tizimlashtirishni ta’minlaydi.
Byudjet tasnifidan byudjet jarayonining barcha bosqichlarida foydalaniladi. Byudjet tasnifi tasdiqlangan byudjet asosida daromadlarni tushishi va xarajatlarni moliyalashtirishni hisobga olish imkonini beradi. Byudjet tasnifi asosida davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tuziladi. Byudjet tasnifidan foydalanish daromadlarni har bir turi bo‘yicha tushishi, xarajatlarni yo‘nalishlar bo‘yicha moliyalashtirish, bir turdagi tashkilotlar bo‘yicha xarajatlar smetalarini taqqoslash, hamda tahlil qilish imkonini beradi. Uning asosida ko‘rsatkichlar rivojlanishi dinamikalari va tendentsiyalari kuzatiladi, byudjet munosabatlari rivojlanishiga nisbatan prognozlar ishlab chiqiladi, hamda byudjet ko‘rsatkichlariga statistik ishlov beriladi.






Byudjet tasnifining mazmuni.

Tasnif barcha darajadagi byudjetlar ko‘rsatkichlarining qiyosiyligini, ularni iqtisodiy va statistik tahlil qilish imkoniyatini ta’minlaydi.


Byudjet tasnifining ahamiyati shu bilan belgilanadiki, undan:
-davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etishda;
-byudjet mablag‘larining ajratilishi va ulardan foydalanilishini
-nazorat qilishda;
-turli darajadagi byudjetlarning ko‘rsatkichlarini bir-biri bilan
-taqqoslashda;
-barcha darajada jamlangan byudjet tizimini tuzishda foydalaniladi.
Byudjet jarayonining samarali amalga oshirishda byudjet tasnifi muhim ahamiyatga ega.
Byudjet tasnifi bir qator funksiyalarni bajaradi:
Birinchidan, u O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi yagonaligini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi byudjet kodeksi byudjet tizimi yagonaligi tamoyili namoyon bo‘lishining biri sifatida, byudjet tasnifining yagonalidan dalolat beradi.O‘zbekiston Respublikasi byudjet kodeksi byudjet tizimi byudjetlari uchun byudjet tasnifining har bir turining (guruh, bo‘lim, modda) bazaviy va yagona pozitsiyasini belgilaydi. Natijada barcha byudjetlar yagona sxema bo‘yicha quriladi. Buning natijasida O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining barcha darajalarida byudjet ko‘rsatkichlarining taqqoslanishi ta’minlanadi. Boshqacha qilib aytganda, byudjet tasnifining ko‘rsatkichlaridan foydalanib turli byudjetlarga ma’lum manbalardan qancha mablag‘lar kelib tushmoqda yoki qanday maqsadlarga qancha byudjet mablag‘lari sarflanayotganligini oson solishtirish mumkin.
Ikkinchidan, byudjet tasnifi byudjetni tuzish, tasdiqlash va ijro etishga, hamda byudjet hisobotini tuzish va tasdiqlashga yordam beradi. Byudjet tasnifi muhim tashkiliy ahamiyatga ega. U:

Download 307.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling