Mavzu: Byudjet tasnifining mohiyati, ahamiyati va xususiyatlari
Download 307.22 Kb.
|
sancho
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hududiy tasnif
- Xarajat turlari Kodlar
Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifi barcha byudjet darajalari xarajatlari guruhlanishini o‘zida ifodalaydi hamda davlat boshqaruvi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish sektori birliklari asosiy funksiyalarini bajarishiga, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni yo‘naltirilishini aks ettiradi.Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi Jumladan, xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifini quyidagicha asosiy bo‘limlarga bo‘lingan holda aks ettirishimiz mumkin:
Mazkur hujjatda keltirilgan xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi amaldagi tasnifga nisbatan davlat boshqaruvi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish sektori birliklari asosiy funksiyalarini bajarishiga, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni yo‘naltirilishini yanada aniqroq aks ettiradi. Bunga misol tariqasida davlat byudjetidan ta’lim sohasiga amalga oshiriladigan xarajatlarni quyidagi solishtirish jadvali orqali amaldagi va yangi vazifa jihatidan tasnifni solishtirib ko‘rishimiz mumkin: Ya’ni, yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, yangi byudjet tasnifida ta’lim sohasi uchun davlat byudjetidan (davlat maqsadli va boshqa jamg‘armalar byudjetidan amalga oshirilgan xarajatlarni ham qo‘shgan holda) amalga oshirilgan barcha xarajatlar, u hoh ta’lim muassasalarini saqlash xarajatlari bo‘lsin, yoki ta’lim sohasida amalga oshirilgan kapital qurilish xarajatlari bo‘lsin, yohud ta’lim sohasidagi ilmiy-tadqiqot tajriba konstruktiv ishlanmalar bo‘lsin ta’lim uchun amalga oshirilgan barcha xarajatlarni o‘zida to‘liq aks ettiradi. Amaldagi xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifida esa, ushbu xarajatlar (masalan, ta’lim sohasida amalga oshirilgan kapital qurilish xarajatlari yoki ta’lim sohasidagi ilmiy- tadqiqot tajriba konstruktiv ishlanmalar) ta’lim sohasi xarajatlarida emas, balki boshqa yo‘nalishdagi xarajatlar tarkibida aks ettirilgan. Iqtisodiy xarajatlar tasnifi. Davlat byudjetining iqtisodiy xarajatlar tasnifining tuzilmasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Download 307.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling