Mavzu: Byudjet tasnifining mohiyati, ahamiyati va xususiyatlari
Download 307.22 Kb.
|
sancho
- Bu sahifa navigatsiya:
- Byudjet daromadlari tasnifi.
Byudjet tasnifi:
-davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini bir tizimga solish uchun foydalaniladi; -mamlakat byudjet ma’lumotlarini xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslash imkonini beradi. Soliq bazalarining kengayishi, soliq tizimiga o‘zgartirishlar kiritilishi, yangi soliq turlarining joriy etilishi yoki amaldagi soliqlarning bekor qilinishi, shuningdek, davlat oldidagi vazifalarning o‘zgarishi bilan byudjet xarajatlari tarkibining o‘zgarishi amaldagi byudjet tasnifiga tegishli o‘zgartishlar kiritilishini taqozo etadi. Xalqaro valyuta jamg‘armasiningdoirasida daromadlar quyidagi toifalarga ko‘ra tasniflanadi: soliqlar, (2) ijtimoiy ajratmalar, (3) grantlar va (4) boshqa daromadlar. Soliqlar uchun tasnif soliq undiriladigan asosiy bazaga ko‘ra belgilanadi (masalan daromadlar, xarajatlar, mulk aktivlari, omonatlar va boshqalar) Byudjet tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi kelib tushayotgan daromadlarning tegishli mablag‘lar manbalariga va ushbu byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Davlat byudjeti daromadlarining tasnifi qonun hujjatlariga muvofiq ularni turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat Byudjet daromadlari tasnifi. Daromadlarning turi bo‘lim, paragraf va daromad tipidan iboratdir. Daromadlar bo‘limi daromadlarni ularni olish manbalari bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi. Daromadlar paragrafi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek soliq bo‘lmagan to‘lovlarni ularni undirish bazasi bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi. Daromad tipi byudjet tizimi byudjetlari daromadining aniq turidan iborat bo‘ladi. Tashkiliy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ana shu daromadlarni ma’muriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo‘llaniladi. Hududiy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ushbu daromadlar shakllantirilayotgan yoxud o‘tkazib berilayotgan tegishli ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo‘llaniladi. Mazkur tasnifda byudjet daromadlari turlari byudjet tasnifnomasining tegishli bo‘limlarida, bu daromadlarning tushish manbalari esa tegishli paragraflarda aks ettiriladi. Masalan, amaldagi daromadlar tasnifiga muvofiq, yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i tasnifnomaning 1-bo‘limida, bu soliqning tushish manbalari esa 1-bo‘limning paragraflarida hisobga olinadi. Boshqa bir misol: suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq daromadlar tasnifnomasining 13-bo‘limida, bu bo‘limning tegishli paragraflarida esa mazkur to‘lovni to‘lovchi yuridik shaxslar, ya’ni soliq manbalari aniqlashtiriladi. Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlari tasnifining tuzilmasi. Byudjet tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi amalga oshirilayotgan xarajatlarning tegishli mablag‘lar manbalari va byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Davlat byudjeti xarajatlari tasnifining quyidagi turlari mavjud: 1.Byudjet xarajatlarining vazifa jihatidan (funksional) tasnifi barcha byudjet darajalari xarajatlari guruhlanishini o‘zida ifodalaydi hamda davlat boshqaruvi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish sektori birliklari asosiy funksiyalarini bajarishga, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni yo‘naltirishini aks ettiradi. 2.Byudjet xarajatlarining tashkiliy tasnifi byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning ularni bevosita oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va tadbirlar turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi. Bu tasnif byudjet mablag‘larining vazirliklar, mahkamalar, davlat tashkilotlari va idoralari bo‘yicha taqsimlanishini tahlil qilish imkonini beradi. Har bir mahkama bo‘yicha qilingan xarajatlar ularga berilgan shifrlarga muvofiq aniqlashtriladi. 3.Byudjet xarajatlarining iqtisodiy tasnifi to‘lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi. Bunda xarajatlar ularning aniq turlari, ya’ni xarajat guruhlari va moddalari bo‘yicha guruhlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 11 oktyabrda 2146 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi byudjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga asosan, byudjetdan amalga oshiriladigan joriy xarajatlar quyidagi xarajat guruhlari bo‘yicha moliyalashtiriladi: Download 307.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling