Mavzu: Byudjet tasnifining mohiyati, ahamiyati va xususiyatlari


Download 307.22 Kb.
bet2/13
Sana14.12.2022
Hajmi307.22 Kb.
#1004872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
sancho

Kurs ishining obyekti: Byudjet tasnifining ob’ektlari bo‘lib, byudjet tizimi byudjetlari ijrosi jarayonida byudjet daromadlari va xarajatlari, hamda byudjet taqchilligini qoplash manbalari hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti: bu byudjet tizimi byudjetlari ijrosi jarayonida byudjet daromadlari va byudjet xarajatlari, hamda byudjet taqchilligini qoplash manbalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlarni guruhlash majmuasidir. Byudjet tizimi byudjetlarini tuzish, ijrosini ta’minlash, ijrosi ustidan nazorat qilish hamda byudjet ijrosi to‘g’risidagi hisobotni tayyorlashda Byudjet tasnifidan foydalanishning nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: KIRISH, 4ta reja, Xulosa va Foydalanilga Adabiyotlar ro’yxati

  1. Byudjet tasnifi” fanining mazmuni, predmeti va ahamiyati

Byudjet tasnifi” fanini o‘qitishdan asosiy maqsad:
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda mazkur fan o‘z predmetini o‘rganish uchun quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
-Byudjet tasnifining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyatini o‘rganish;
-O‘zbekiston Respublikasida byudjet tasnifini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari;
-byudjet tasnifining maqsadi, vazifalarini;
-byudjet tasnifining turlari tavsifini;
-byudjet daromadlari tasnifini;
-byudjet daromadlari manbalariga ko‘ra tasnifini;
-byudjet daromadlarini turlariga ko‘ra tasnifini;
-byudjet xarajatlari tasnifini;
-xarajatlarning vazifaviy tasnifini;
-xarajatlarning tashkiliy tasnifini;
-xarajatlarning iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra tasnifini;
-xarajatlarning hududiy tasnifini;
-byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tasniflanishini;
-g‘aznachilik tizimi sharoitida byudjet tasnifidan foydalanish tartibi bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o‘rgatishdan iborat.
Byudjet tasnifining predmeti bu byudjet tizimi byudjetlari ijrosi jarayonida byudjet daromadlari va byudjet xarajatlari, hamda byudjet taqchilligini qoplash manbalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlarni guruhlash majmuasidir.
Byudjet tasnifining sub’ektlari bo‘lib, moliya organlari (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, bo‘limlari), O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari, Davlat maqsadli jamg‘armalari, byudjet tashkilotlari bo‘lib hisoblanadi.
Byudjet tasnifining ob’ektlari bo‘lib, byudjet tizimi byudjetlari ijrosi jarayonida byudjet daromadlari va xarajatlari, hamda byudjet taqchilligini qoplash manbalari hisoblanadi.

Byudjet tasnifining ob’ektlari.


Byudjet tasnifi davlat byudjetidan mablag‘ oluvchi tashkilotlar tomonidan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini tuzish, ko‘rib chiqish va ijrosini amalga oshirish, shuningdek ularni ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlashda foydalaniladi.
Soliqsiz daromadalarning ro‘yxati barcha darajadagi byudjetlar bo‘yicha bir xil bo‘lib, u Byudjet tasnifi bilan belgilanadi.
Byudjet tasnifi – qaror qabul qilish tizimining muhim vositasi bo‘lganligi sababli, unda davlatning asosiy funksiyalaridan kelib chiqadigandavlat faoliyatining maqsadli yo‘nalishlari aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Download 307.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling