Mavzu: Byudjet tasnifining mohiyati, ahamiyati va xususiyatlari


Byudjet tasnifining alohida xususiyatlari quyidagilardan iborat


Download 307.22 Kb.
bet3/13
Sana14.12.2022
Hajmi307.22 Kb.
#1004872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
sancho

Byudjet tasnifining alohida xususiyatlari quyidagilardan iborat: Byudjet tasnifi asosida byudjet tizimi byudjetlari ijrosi hisobni tashkil etilishi;
Byudjet tasnifi asosida byudjet tizimi byudjetlari ijrosini nazorat qilinishi;
Byudjet tasnifi asosida daromadlar va harajatlar smetasi ijrosini nazorat qilinishi;
Davlat byudjeti g‘azna ijrosi sharoitida byudjet tizimi byudjetlari daromadlari, xarajatlari va byudjet taqchilligini qoplash manbalari tasnifi asosida ularning hisobini tashkil etilishi va yuritilishi;
Byudjet tashkilotlarida soha xususiyatlari bo‘yicha daromadlar va harajatlar turlari kodlari asosida hisobni tashkil etilishi va boshqalar.
Byudjet tasnifi” fanining ahamiyati
Byudjet jarayoning barcha bosqichlarida byudjet tizimi byudjetlari va davlat maqsadli jamg‘armalari ijrosini ta’minlashda byudjet tasnifidan foydalangan holda byudjetni loyihalash, ijro etish, hisobotlarni tayyorlashda byudjet tasnif ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Shu boisdan ham “Byudjet tasnifi” fani respublikamizdagi Byudjet tizimi Byudjetlari va davlat maqsadli jamg‘armalari ijrosini tuzish, tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Byudjet tasnifi” fani moliya sohasi bo‘yicha talabalarni o‘qitishdagi maxsus fan hisoblanadi. Byudjet tasnifi fani boshqa iqtisodiy fanlar bilan, jumladan “Byudjet tizimi”, “Davlat Byudjeti”, “Byudjet hisobi” fanlari bilan bir qatorda o‘qitiladi. “Byudjet tasnifi” fanining ahamiyati shundaki, byudjet tizimi byudjetlarni tuzish va ijro etish bo‘yicha asosiy metodologik hujjat bo‘lgan byudjet tasnifining amal qilish mexanizmlarini o‘rgatuvchi fan bo‘lib xizmat qiladi.
Byudjet jarayoning barcha bosqichlarida byudjet tizimi byudjetlari va davlat
maqsadli jamg‘armalari ijrosini ta’minlashda byudjet tasnifidan foydalangan holda byudjetni loyihalash, ijro etish, hisobotlarni tayyorlashda byudjet tasnif ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Shu boisdan ham “Byudjet tasnifi” fani respublikamizdagi byudjet tizimi byudjetlari va davlat maqsadli jamg‘armalari ijrosini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Byudjet tizimidagi byudjetlarni tuzish va ijro etish bo‘yicha asosiy metodologik hujjat bo‘lib Byudjet tasnifi xizmat qiladi.
Byudjet tasnifi – Byudjet tizimining barcha darajalaridagi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek, ushbu byudjetlarning taqchilliklarini moliyalashtirish manbalari va davlat qarzi turlarini birxil belgi bo‘yicha qonunga muvofiq guruhlash bo‘lib, undan byudjetlarni tuzish va ijro etishda tasnif ob’ektlariga guruh kodlarini berish orqali foydalaniladi. Tasnif barcha darajadagi byudjetlar ko‘rsatkichlarining qiyosiyligini, ularni iqtisodiy va statistik tahlil qilish imkoniyatini ta’minlaydi3.
Byudjet tasnifining ahamiyati shu bilan belgilanadiki, undan:
-davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etishda;
-byudjet mablag‘larining ajratilishi va ulardan foydalanilishini nazorat qilishda;
-turli darajadagi byudjetlarning ko‘rsatkichlarini bir-biri bilan taqqoslashda;
-barcha darajada jamlangan byudjet tizimini tuzishda foydalaniladi.
Byudjet tasnifi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
-to‘liqlik (byudjet jarayonining barcha ishtirokchilarini qamrab oladi);
-yagonalik (byudjet jarayonining barcha ishtirokchilari uchun yagonadir);
o‘zaro muvofiqlik (byudjet tasnifi kodlari bir vaqtning o‘zida byudjet jarayonining turli operatsiyalarini aks ettirishi kerak emas).
Byudjet tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlarini, shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarining guruhlanishi bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi;
Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifi;
Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi.

Download 307.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling