Mavzu: Chigʻatoy ulusida maʼmuriy boshqaruv tizimi


Download 6.38 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi6.38 Kb.
#1799266

15- Noyabr 2023

Mavzu: Chigʻatoy ulusida maʼmuriy boshqaruv tizimi


1227- yilda Chingizxon vafot etganidan keyin uning davlati toʻrtta ulusga boʻlindi:
Joʻjiylar (Joʻji avlodi) – Dashti qipchoq
Chigʻatoiylar (Chigʻatoy avlodi) – Yettisuv, Movarounnahr, Sharqiy Turkiston.
Xulokiylar (Tuluxonning oʻgʻli Xuloku avlodi) – Eron.
Yuan dinastiyasi (Tuluxon avlodi) – Moʻgʻuliston va Xitoy.
Chingizxonning ikkinchi oʻgʻli Chigʻatoyga Oltoy togʻlarining janubiy sarhadlaridan to Amudaryo va Sindgacha boʻlgan yerlar berilgan. Ulus tarkibiga Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movarounnahr hamda Amudaryodagi – Balx, Badaxshon, Gʻazna, Kobul kabi hududlar kirgan. Chigʻatoy ulusi ham Moʻgʻuliston davlati kabi monarxiya boshqaruv shaklida boʻlgan. Ulusdagi dastlabki noib Mahmud Yalavoch ixtiyorida moʻgʻullarning tayanchi boʻlgan soliq yigʻuvchi moʻgʻul bosqoqlari , harbiy maʼmurlar – dorugʻalar boʻlgan. Chigʻatoy ulusida viloyat hukmdorlari xon, oliy hukmdor esa qoon yoki xoqon deb yuritilgan.
Download 6.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling