Dasturda qo‘llaniladigan nishonlar dasturning tavsif qismida Label xizmatchi so‘zi yordamida ko‘rsatilishi shart. Nishon- lardan dasturda o‘tish operatori qo‘llanilsagina foydalaniladi. O‘tish operatori quyidagi ko‘rinishga ega: GOTO ;, bu yerda GOTO (ing.- ga o‘tilsin) operatori boshqarishni dasturning oldiga nishon qo‘yilgan operatoriga uzatadi. 1-misol. Label N1; Var a,b,c:Integer; Begin a: = 15; b: = 13; c: = a+b; GoTo N1; {Boshqarish N1 nishonli operatorga uzatildi} c: = a-b; N1: WriteLn(c); End. Bu dasturning ishlashi natijasida ekranda hosil bo‘lgan c ning qiymati 28 ga tengdir. Chunki, boshqarish N1 nishonli chiqarish operatoriga uzatilgani uchun c: = a-b amalni bajarmasdan o‘tkazib yuborildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |