O‘tish operatorida hech qanday shart tekshirilmasdan boshqarish ko‘rsatilgan nishonli operatorga uzatiladi. Lekin aksariyat masalalarni hal etishda biror shartning bajarilishiga qarab u yoki bu amallar ketma-ketligini bajarish kerak bo‘ladi. Masalan, kvadrat tenglamani yechishda natijani hisoblash uchun diskriminantning ishorasiga qarab uch yo‘nalishdan biri tanlanadi. Bu izohlar tarmoqlanuvchi algoritmlar mavzusini yodingizga solgan bo‘lishi kerak. Bunday masalalarni hal qilish uchun Paskalda tarmoqlanish operatori qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |