Kiritilgan son 25 dan katta bo‘lsa, ekranga «katta», aks holda «katta emas» degan yozuvni chiqaruvchi dastur tuzing. Yechish. Berilgan sonning turi ko‘rsatilmagani uchun uni haqiqiy turda deb olinadi. Program Taqqoslash; Var a:Real; Begin Write('Ixtiyoriy son kiriting: '); ReadLn(a); If a>25 Then WriteLn('Katta’) Else WriteLn('Katta emas'); End. Tarmoqlanish operatorining Else qismi zaruratga qarab ishlatiladi. Ya’ni, tarmoqlanish operatoridan quyidagi shaklda ham foydalanish mumkin: If Then Bu tarmoqlanish operatorining qisqa shakli deyiladi. Bu holda shart- ning qiymati rost bo‘lsa, Then dan keyingi operator yoki operatorlar ketma-ketligi bajariladi, aks holda boshqarish navbatdagi (tarmoqlanish operatoridan keyingi) operatorga o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |