9- LABARATORIYA MASHG’ULOTI
MAVZU:
Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi dasturlar
Amaliy mashg’ulotning maqsadi:
Paskal dasturning strukturasi, o`zgaruvchilarni tasvirlash,
ta’minlash, kiritish va chiqarish operatorlarini o`rganish,
tarmoqlanuvchi jarayonlarni
dasturlashda ishlatiladigan shartsiz o`tish, shartli o`tish va tanlash operatorlarning yozilishi va
ishlashi to`g`risida ko`nikmalar
hosil qilish, bu operatorlarni qo`llab chiziqli tarmoqlanuvchi
jarayonli masalalarning dasturlarini tuzishni o`rganish.
Amaliy mashg’ulot natijasi : Paskal
dasturning strukturasi, o`zgaruvchilarni tasvirlash,
ta’minlash, kiritish va chiqarish operatorlarini o`rganish va ularni amaliy
masalalarni echishga
qo`llab chiziqli va tarmoqlanuvchi dasturlar tuzishni malakasiga ega bo’lish.
Amaliy ish rejasi rejasi:
1. Amaliy mashg’ulot nazariy materiali bilan tanishib chiqish
2. Mos variantidagi
topshiriqni bajarish
Nazariy ma’lumotlar. Paskal tilidagi dastur tarkibi 2 asosiy qismdan iborat bo`ladi. Bular dastur
sarlavhasi va dastur tanasi. Dastur tanasidan keyin nuqta qo`yiladi,
bu nuqta dastur oxirini
bildiradi. Dastur sarlavhasi dastur tanasidan nuqta vergul bilan ajratiladi:
::=;
Paskal tili dasturi umumiy holda 6 bo`limdan iborat va ular aniqlangan ketma – ketlikda
joylashgan bo`lishi shart:
Programm ;
Label ;
Const ;
Type ;
Var ;
Prosedure
;
Begin
; - Dastur tanasi