Mavzu: Cho’kindi tog’ jinslarining yotish shakllari
Download 323.19 Kb. Pdf ko'rish
|
6 Maruza Cho‘kindi tog‘ jinslarining alohida yotish shakllari
Klastik daykalar
(shotlandcha dayka – toshli devor degan ma’noni bildiradi). Qatlamli va qatlamsiz jinslarni ko’ndalangiga kesib o’tgan devorsimon shakldagi jism dayka deyiladi. Klastik daykalar cho’zilgan tana shaklida bo’lib, yassi yuzalar bilan chegaralangan. Ular cho’kindi jinslar bilan to’ldirilgan bo’lib qatlamlarni vertikal va qiya burchak ostida kesib o’tadi. Daykani tashkil qiladigan klastik materiallar juda xilma xil bo’lishi mumkin, lekin ular asosan qumtoshlar, kam sementlashgan qumlar, bitumlashgan qumlar yoki qumtoshlar va alevrolitlardan iborat. Kam hollarda daykalar tarkibi gil, argillit, oxaktosh, dolomit, toshko’mir, boksit va konglomeratlardan iborat bo’ladi. Klastik daykani tashkil qilgan jinslarning tarkibi va yoshi har xil bo’lishi mumkin. Masalan daykalar granitlarda, bazaltlarda, andezitlarda, toshko’mirlarda, dolomitlarda va qumlarda uchrashi mumkin. Klastik daykalarning o’lchami har xil bo’ladi. Ularning eni bir necha millimetrdan 3-5 metrgacha bo’ladi. Ko’p hollarda daykalarning eni 10 sm dan 1 metrgacha bo’lishi ma’lum. Kam hollarda vertikal yotgan qumtoshli daykalar eni 300 m gacha etadi. Uzunligi esa bir necha metrdan 5-6 kmgacha ayrim hollarda esa 15 km gacha borishi mumkin. Daykalarning tarqalish chuqurligi 10-40 metrdan 1,5 km gacha bo’ladi. Hosil bo’lish usuliga ko’ra daykalarning 2 xil ko’rinishi ajratiladi. * In’eksion daykalar . Klastik daykalarning hosil bo’lishida har xil kuchlar ta’sirida klastik material pastdan tepaga qarab harakatlanadi.klastik materialning yoriqqa kirishi chuqurlikda va er yuzasida bo’lishi mumkin. CHuqurlikdagisi ko’proq tarqalgan. * Neptunik daykalar . Klastik daykalar dengiz tubida hosil bo’lib, bunda klastik material yoriqqa tepadan kiradi. Dengiz tubidagi yoriqning klastik material bilan to’lishida og’irlik kuchi, gidrostatik bosim, tepada yotgan cho’kmalarning bosimi va boshqa kuchlar ta’sir qiladi. 60-rasm. Klastik daykalarning (a, b) kesmada, (v) planda ko’rinishi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling