1
Ma’ruza 02
Elektr oʻtkazgichlardagi, oʻramlardagi, g’altak va g’altaklararo elektrodinamik
kuchlar
Reja:
1. Elektr toki oʻtkazuvchi zanjiridagi har xil elementlarga ta’sir etuvchi kuchlar.
2. Apparatlarning dinamik chidamliligi.
3. Nominal va qisqa tutashuv rejimlarida apparatlarning qizishi. Issiqlikka
chidamliligi.
Tayanch soʻz va iboralar
Magnit zanjirlarini hisoblashning asosiy manbalari. Elektrodinamik kuch, EAning
elektrodinamik chidamliligi. Amper qonuni boʻyicha EDKni aniqlash. Magnit zanjirlari uchun
Kirxgofning 1 va 2 qonunlari. Klapansimon elektr magnitlardagi magnit zanjirlari, ishchi magnit
oqimi, tarqalish magnit oqimi, toʻla tok qonuni.
1. Elektr toki oʻtkazuvchi zanjiridagi har xil elementlarga ta’sir etuvchi kuchlar.
Qisqa tutashuv paytida apparatning tok oʻtkazuvchi
qismlaridan nominal tokdan
oʻnlab barobar katta toklar oʻtadi. Bu toklarning apparat tok oʻtkazuvchi boshqa qismlari
magnit maydoni bilan oʻzaro ta’sirlashuvida elektrodinamik kuchlar (EDK) yuzaga keladi.
Bu kuchlar tok oʻtkazuvchi qismlarni ham va ular mahkamlangan
izolyatorlarni ham
deformatsiyalashga intiladi. Nominal toklarda bu kuchlar kichik va ularni e’tiborga olmasa
ham boʻladi.
1-rasm. Tokli oʻtkazgich elementiga ta’sir etuvchi EDKning yoʻnalishi
2. Apparatlarning dinamik chidamliligi.
Apparatning elektrodinamik chidamliligi deb uning qisqa tutashuv toklari oʻtganda
yuzaga keladigan elektrodinamik kuchlarga qarshi tura olish xossasiga aytiladi. Bu kattalik
apparat detallaridagi mexanik kuchlanishlar yoʻl qoʻyilgan
qiymatlar chegarasidan
chiqmaydigan
hollarda bevosita i
din
tokining
amplituda qiymati,
yoxud nominal tok
amplitudasiga nisbatan karrali qiymat bilan belgilanishi mumkin.
(1.1)
Apparatning elektrodinamik chidamliligi ba’zan qisqa tutashuv boshlangandan keyin
bir davr (
T = 0,02 s,
f = 50 Gts)dagi tokning haqiqiy qiymati bilan belgilanadi.