Mavzu: Cho’kindi tog’ jinslarining yotish shakllari
Download 323.19 Kb. Pdf ko'rish
|
6 Maruza Cho‘kindi tog‘ jinslarining alohida yotish shakllari
* Mavzu: Cho’kindi tog’ jinslarining yotish shakllari * Oldingi darslarda ko’rilgan qatlamlarni gorizontal, qiya va burmachan yotish shakllari cho’kindi jinslarga xos xususiyatdir. CHo’kindi jinslar Er yuzasida va chuqurlikda uchraydi. Kamdan kam hollarda ularning yotishi boshqacha shaklda bo’lishi mumkin. * Litosferaning fizik va kimyoviy yo’l bilan emirilgan mahsulotining cho’kishi va organizmlar faoliyati natijasida hosil bo’lgan geologik jismlar cho’kindi jinslar deyiladi. Ular 4 guruhga bo’linadi: chaqindi, gilli, karbonat va kremniyli jinslar. * CHaqindi jinslar o’zlarining strukturalari (chaqindi bo’laklarning katta kichikligi), jipslashtiruvchi moddaning mavjudligi va mineral tarkibi bo’yicha tasniflanadi. SHu bilan birga uvalanuvchi va jipslashgan chaqindi jinslar ajratiladi (jadval). Tarkibi bo’yicha chaqindi jinslar monomineral (bir mineralli) va polimikt (ko’p mineralli) jinslarga ajratiladi. * CHaqindi jinslarning strukturasi asosidagi tasnifi Diametrmm Dag’al chaqindi jinslar Uvalanuvchi Jipslashgan Qirrali silliqlangan qirrali Silliqlangan 500 Xarsang tosh Ulkan g’o’la tosh Blokli brekchiya Dag’al palaxsali konglomerat 500-100 Juda yirik bo’laklar Juda yirik g’o’la toshlar Dag’al brekchiya Dag’al palaxsali konglomerat 100-50 Yirik bo’laklar Yirik g’o’la toshlar Yirik bo’lakli brekchiya Yirik palaxsali konglomerat 50-40 O’rtacha bo’laklar O’rtacha g’o’la toshlar O’rtacha bo’lakli brekchiya O’rtacha palaxsali konglomerat 40-20 Mayda bo’laklar Mayda palaxsalar Mayda bo’lakli brekchiya Mayda palaxsali konglomerat 20-10 Yirik shag’al Yirik shag’al Yirik shag’alli brekchiya Yirik dumaloq toshli konglomerat 10-5 O’rta donali shag’al O’rta donali shag’al O’rta donali shag’al brekchiya O’rtacha dumaloq toshli konglomerat 5-1 Mayda shag’al Mayda donali shag’al Mayda shag’al brekchiya Mayda dumaloq toshli konglomerat 1-0,5 Yirik graviy Yirik graviy Yirik zarrali gravelit Yirik zarrali gravelit Diametr mm Yirik va mayda chaqindi jinslar Uvalanuvchi Jipslashgan 2-1 Dag’al qum (dag’al zarrali) Dag’al zarrali qumtosh 1-0,5 Yirik qum (yirik zarrali) Yirik zarrali qumtosh 0,5-0,25 O’rtacha zarrali qum O’rtacha zarrali qumtosh 0,25-0,1 Mayda qum (mayda zarrali) Mayda zarrali qumtosh 0,1-0,05 Mayin qum Mayin zarrali qumtosh 0,05-0,01 Yirik zarrali alevrolit Yirik zarrali alevrolit 0,01-0,005 Mayda zarrali alevrolit Mayda zarrali alevrolit 0,01-0,005 Gil (pelit) Argillit, gilli slanes * Gilli jinslar qatoriga har xil gillar, argillit, gilli slaneslar kiradi. Ular boshqa jinslarning kimyoviy o’zgarishi natijasida hosil bo’ladi. * 50% dan ko’proq karbonat minerallaridan tashkil topgan jinslarga karbonat jins nomi berilgan. Bu jinslar kalsit, dolomit, aragonit, ankerit kabi minerallardan iborat. Karbonat jinslar hosil bo’lishi bo’yicha chaqindi, xemogen va biogen; mineral tarkibi bo’yicha esa kalsitli, dolomitli va aralashgan tarkibli jinslarga ajratiladi (jadval). * Karbonat jinslarning tasnifi Hosil bo’lish yo’li Tarkibi Kalsitli jinslar Dolomitli jinslar Aralashgan tarkibli jinslar CHaqidi Oxaktoshli konglomerat- brekchiyalar, brekchiyalar, alevrolitlar Dolomitli konglomerat- brekchiyalar Oxaktosh=dolomitli, dolomit- oxaktoshli konglomerat, brekchiyalar Biogen Koralli, mshankali rif oxaktoshlari. CHig’anoqli oxaktoshlar Organogen dolomitlar Oxaktoshli dolomitlar, dolomitli oxaktoshlar Xemogen Mayda donali oxaktoshlar Mayda donali dolomitlar Kremniyli oxaktoshlar, gilli oxaktoshlar, mergellar * Kremniyli jinslar asosan kremniydan iborat bo’lib, katlam, konkresiya, linza shakllarini tashkil qiladi. Ular odatda qora, to’q qizil rangli bo’ladi. * Alohida yotish shakliga ega bo’lgan ba’zi bir tog’ jinslarini ko’rib chiqamiz. * Download 323.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling