Mavzu: Chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxining kankuliyatsiya qilish Chorvachilik


Download 19.08 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi19.08 Kb.
#1179629
Bog'liq
Abduhakimov Ulug`bek bug`alteriya hisobi 120


Mavzu: Chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxining kankuliyatsiya qilish
Chorvachilik — qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklaridan biri. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan shugʻullanadi; aholini ish hayvonlari (ot, hoʻkiz, tuya, bugʻu), oziqovqat mahsulotlari (sut, qatiq, goʻsht, yogʻ, tuxum va boshqalar), yengil sanoatni xom ashyo (jun, teri, moʻyna va h.k.), dehqonchilikhsh organik oʻgʻit bilan taʼminlaydi. Chorvachilik mahsulotlari va chiqindilaridan ayrim ozuqalar (yogʻi olingan sut, goʻshtsuyak uni, suyak uni va boshqalar), shuningdek, har xil doridarmonlar (shifobaxsh zardoblar, gormonal preparatlar va boshqalar) olinadi. Chorvachilikning taraqqiy etishi va mahsuldorligi dehqonchilikning rivojlanishi, yerdan intensiv foydalanish bilan chambarchas bogʻliq. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari: qoramolchilik, qoʻychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, parrandachilik, asalarichshshk, choʻchqachilik, quyonchilik, darrandachilik, bugʻuchilik, itchiliklan iborat. Jahon mamlakatlarida tabiiyiqlim sharoitlari va ozuqa bazasiga koʻra Chorvachilik rivoji oʻziga xos xususiyatlarga ega. Jahon Chorvachilikda (mln. bosh) qoramol 1338,2; qoʻy 1068,6; echki 709,8; buyvol — 158,6; ot — 61,095; xachir — 14,1; eshak — 43,4; tuya — 19,1; choʻchqa — 912,7; tovuq — 14139; kurka — 244 va boshqa boqiladi va ulardan turli mahsulotlar yetishtirish muhim oʻrinda turadi (1999). Goʻsht yetishtirish hajmi 225,9 mln. t ni, sigir suti yetishtirish 480,6 mln. t ni (yoki har bir sigirdan oʻrtacha 2071 kg ni) tashkil etdi.

Chorvachilik qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lib, uning tarkibiga qoramolchilik, qo‘ychilik, parrandachilik, quyonchilik, pillachilik va boshqa chorva tarmoqlari kiradi. Chorvachilik mahsulotlarini ko‘paytirish uchun, eng avvalo, yemxashak bazasini yaxshilash, genetika va seleksiyada erishilgan yutuqlardan keng foydalanish, biologik uslublarni keng qo‘llash hamda poda tarkibini yaxshilash zarurdir. Shuning uchun ham statistika, eng avvalo, chorvachilik moddiytexnika bazasining ahvoli va rivojlanishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni o‘rganib chiqadi. Bu turdagi ko‘rsatkichlarga: chorvachilikning yem-xashak, molxona, texnik vositalar, ishchi kuchi, yuqori malakali mutaxassislar va boshqalar bilan ta’minlash kirsa, chorvachilikning rivojlanishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarga esa-chorva mollari soni; podaning tarkibi; chorva mollarini takror ishlab chiqarish va ularning harakati; chorva mollarining mahsuldorligi; zoomuxandislik tadbirlar majmuasi kiradi. 329 Yuqoridagi ko‘rsatkichlar o‘z navbatida mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi, olingan foyda, rentabellik darajasi va shu kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlar ham katta ta’sir etadi. Shu boisdan statistika fani ushbu iqtisodiy ko‘rsatkichlarni chorvachilikning moddiy-texnika bazasining ahvolini va rivojlanishini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bilan uzviy bog‘langan holda o‘rganib, chorvachilikni yanada rivojlanishi va uning iqtisodiy samarasini oshirish imkoniyatlarini (rezervlarini) topishda muhim ilmiy-nazorat vazifalarini bajaradi. Demak, chorvachilik oldida turgan vazifalarni hal etilishida statistika fanining roli katta bo‘lib, uning asosiy vazifalari: 1. Tarmoqning holati va rivojlanishiga tavsifnoma berish; 2. Davlat tomonidan bajarilishini nazorat etish; 3. Chorva mollarning dinamikasini o‘rganish; 4. Chorvachilik tarmog‘i bo‘yicha kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash; chorva mollarning soni va poda tarkibini o‘rganish; chorva mollarni takror ishlab chiqarish va uning harakatini hamda ozuqa bazasining ahvolini o‘rganish; 5. Chorvachilik mahsulotlarini ko‘paytirish imkoniyatlarini (rezyervlarni) qidirib topish kabilardan iboratdir. Ushbu vazifalarni bajarishda iqtisodiy adabiyotlarda foydalaniladigan taqqoslash, guruhlash, monografik tadqiqot usullaridan mustaqil ravishda foydalaniladi. 10.2.2. Chorva mollarining son ko‘rsatkichlari Chorvachilikda ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy hajmi bevosita chorva mollarning bosh soni va uning mahsuldorligiga bog‘liqdir. Chorva mollarining bosh soni-chorvachilik mahsulotlarini aniqlashda, yem-xashakka bo‘lgan talabni aniqlashda, chorvachilik inshootlarini qurishda, ishchi kuchiga bo‘lgan talabni aniqlashda keng foydalaniladi. Chorva mollarni bosh soni xo‘jalikning kundalik, oylik, choraklik hamda yillik hisobotlaridan 1 yanvargacha bo‘lgan holatiga binoan, ularning bosh sonini quyidagi uch ko‘rsatkich orqali aniqlash mumkin: 1.Chorva mollarining ma’lum muddatga bo‘lgan soni; 2.Chorva mollarining ma’lum bir davrdagi o‘rtacha bosh soni; 3.Chorva mollarining shartli soni. 330 Chorva mollarning ma’lum muddatga bo‘lgan (har qaysi oyning, choraklikning va yilning boshiga) soni to‘g‘risidagi ma’lumotlardan, mollar soniga bog‘liq bo‘lgan yutuqlarni, mollar soni rejasining bajarilishini nazorat etish, yem-xashakka bo‘lgan talabni rejalashtirishda, tarmoq taraqqiyotini tavsiflashda keng foydalaniladi. Bizga ma’lumki, yil davomida chorva mollar bosh soni – buzoq olish, zotli mollarni chetdan sotib olish, davlatga mollarni so‘yib, go‘sht sifatida sotish, mollarning nobud bo‘lishi va boshqa holatlar o‘zgarib turganligi sababli, chorva mollarining sonini ma’lum muddatga hisoblashdan tashqari, ularning u yoki bu davr uchun o‘rtacha sonini ham aniqlash zarurdir. Chorva mollarining ma’lum bir davrdagi o‘rtacha son ko‘rsatkichi orqali, chorva mollarni oziqlantirish darajasi, bir bosh mol hisobiga sarflangan mehnat birligi hamda yetishtirilgan yalpi mahsulot, mahsuldorlik darajasi va boshqalar aniqlanadi. Chorva mollarining oylik, choraklik va yillik o‘rtacha sonini aniqlash uchun-oddiy usul, o‘rtacha arifmetik (ham oddiy ham tortgichli) va o‘rtacha xronologik miqdorlar formulalaridan keng foydalaniladikim, ularni batafsil quyida o‘rganib chiqamiz. Oddiy usul. Bunda, har oyning boshi va oxirida chorva mollarining bosh soni berilgan bo‘lsa, shu oy uchun o‘rtachasini oddiy usul bilan aniqlash mumkin. Bu formula quyidagi ko‘rinishga ega: 2 1 2 x x X + = Bu yerda - x1 va x2 oy boshi va oy oxiridagi chorva mollarining bosh soni; X- shu oydagi chorva mollarining o‘rtacha bosh soni. Misol: 1 yanvardagi sigirlar soni -250; 1 fevraldagi sigirlar soni -260; 1 martdagi sigirlar soni -264; 1 apreldagi sigirlar soni -270. Endi yuqoridagi formulalar orqali har bir oy uchun chorva mollarining o‘rtachasini aniqlaymiz: Yanvar oyi uchun(250+260) / 2 = 255 (bosh) Fevral oyi uchun (260+264) / 2 = 262 (bosh) Mart oyi uchun (264+270) / 2 = 267 (bosh) Oddiy o‘rtacha arifmetik. Agarda, chorva mollarining har oy uchun o‘rtachasi aniqlangan bo‘lsa, o‘rganilayotgan ma’lum davrdagi (masalan bir choraklik uchun) chorva mollarining o‘rtachasini aniqlash uchun oddiy o‘rtacha arifmetik formula orqali aniqlanadi:
Kalkulyasiya qilish 4 usuldan iborat bo‘lib, oddiy, bo‘limli, buyurtmali va normativ deb yuritiladi.
Oddiy usul - oddiy ishlab chiqarishda, ya’ni ko‘mir, neft, gaz qazib chiqarishda, issiqlik va yelektr quvvati ishlab chiqarishda, dehqonchilik, chorvachilik tarmoqlarida qo‘llaniladi. Bu usulda bitta mahsulotning o‘rtacha tannarxi hisobot oyidagi xarajatlar summasini xarajat moddalari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulot soniga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Bo‘limli usul - metallurgiya, to‘qimachilik, yengil sanoat, kimyo va boshqa sanoat korxonalarida qo‘llaniladi. Bu korxonalarda ishlab chiqarish bo‘limlar yoki bosqichlardan tashkil topgan bo‘ladi. Masalan, to‘qimachilik sanoati, ip yigiruv, to‘quv va bo‘yash bo‘limlaridan tashkil topgan. Bo‘limli usulda tayyor mahsulotning tannarxi oxirgi bo‘limda aniqlanadi. Bo‘limli usulning muhim xususiyatlaridan biri shuki, unda har bir sexdagi ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarishning har bir bo‘limli bosqichi bo‘yicha alohida hisobga olinib, bu xarajatlar hisobi mahsulotning ayrim turlari yoki guruhlari kalkulyasiya moddalari bo‘yicha yuritiladi.
Buyurtmali usulning - mohiyati shundan iboratki, bunda hamma asosiy xarajatlar kalkulyasiya moddalari bo‘yicha har bir ishlab chiqarish buyurtmasi bo‘yicha alohida hisob qilinadi. Kalkulyasiya qilishning bu usulida xarajatlar hisobi va kalkulyasiyalash ob’yekti ayrim ishlab chiqarish buyurtmalari hisoblanadi. Buyurtmaning haqiqiy tannarxi buyurtma tayyor bo‘lgandan so‘ng aniqlanadi.
Normativ usuli - asosan ishlab chiqarishning ommaviy va yirik tarmog‘i bo‘lgan mashinasozlik hamda metallni qayta ishlash korxonalarida qo‘llaniladi. Kalkulyasiyalashning boshqa usullari kabi bu usulda ham korxonada omborlar ishini to‘g‘ri tashkil qilish, ularni zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash, moddiy boyliklarni ishlab chiqarishga sarflash bo‘yicha dastlabki hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tuzish ustidan nazorat qilish, hisob ishlarini bajarishda hisoblash mashinalaridan keng foydalanish muhim ahamiyatga yegadir.
Download 19.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling