Mavzu: Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini ishlab chiqarishda agrobiznesni tashkil etish
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
2019 Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini
KIRISH
Chorvachilik tizimi deyilganda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida shakllangan chorvachilikning tarmoq tuzilmasi, shuningdek, muassasa faoliyatining eng yuksak samaradorligida jamiyatning gO’sht, sut mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirishni ta’minlovchi moddiy-texnik, texnologik va tashkiliy-iqtisodiy usullari va har bir tizim elementlarida ishlab chiqarishni yuritishning yaxlitligi tushuniladi. Chorvachilikning tarmoq tuzilmasini aniqlashda mahsulot bozorining holati, muassasaning bu bozorda tutgan O’rni (bozor hajmi, raqobatning mavjudligi va darajasi, mazkur muassasa ishlab chiqargan mahsulotning raqobat bardoshliligi) eng muhim omillardan hisoblanadi. Chorvachilik tizimi moddiy-texnik, texnologik va tashkiliy-iqtisodiy elementlardan tashkil topadi. Moddiy - texnik elementlarga: chorvani saqlash uchun bino tipi, mashinalar tizimi va tarmoqni yuritish uchun zarur bo’lgan boshqa vositalar kiradi. Chorvachilikda mah-sulot yetishtirishni jadallashtirish darajasi qancha baland bo’lsa, bu elementlar shuncha ko’p ahamiyatga ega bo’ladi. Chorvani qayta ishlab chiqarish, uning nasliy va zot sifatlarini takomillashtirish muassasa va tarmoq oldida turgan vazifalarga muvofiq amalga oshiriladi va mol tuyoqlarining saqlanishi, zarurat tug’ilganda ko’paytirili-shini, bozorda barqaror talab bo’lgan mahsulot turlarini ishlab chiqarishni oshishini, uning tannarxini pasaytirishni va rentabellik ko’payishini ta’minlaydi. Chorvani ozuqalantirish tipi va darajasi mahsu-lotning mahsuldorligi va sifatiga hal qiluvchi darajada ta’sir kO’rsatadi. Chorvani ozuqa moddalarining miqdoriga balanslashtirilgan rasionlarda boqish mahsuldorlikning oshishini ta’minlaydi, 1 ga. ozuqa maydoniga tO’g’ri kela-digan mahsulot ishlab chiqarish miqdorini ko’paytiradi, mehnat unumdorligining O’sishi, tannarxning pasayishi, rentabellikning ko’payishiga imkon yaratadi. Chorvani boqish usuli chorvachilik tizimida eng muhim texnologik elementlardan biridir. Hozirda Respublikamiz chorvachilik xo’jaliklarida, fermalarda ishlab chiqari-shning sanoatlashuvi darajasiga qarab, ushbu tarmoqda chorvani boqish sharoitlarini yaxshilovchi, mahsuldorlik va samaradorlikni oshiruvchi ilg’or usullar qO’llanmoqda. Kasalliklarga qarshi kurash bo’yicha profilaktik tadbirlar chorva mahsuldorligini oshirish va yuqori sifatli mahsulot yetishtirishda juda muhim ahamiyatga ega. Chorvachilik tizimida tashkiliy - iqtisodiy elementlarga muvofiq sohaga yO’naltirilgan tuzilma va ishlab chiqarish kiradi. Bu-muassasa faoliyati aniq sharoitlariga mos yer maydoni birligiga hisoblangan chorva tuyog’ining soni, uning ixtsoslashuvi, bozordagi O’rni demakdir. Tarmoq-da chorva tuzilmasi har bir holatda ishlab chiqarish yO’na-lishiga mos kelishi kerak. Ishlab chiqarish usuli va chorvani oziqlantirish hamda saqlashga kO’ra, eng muhim belgilar sifatida chorvachilikda quyidagi tizimlar va ichki tizimlar mavjud: 4 - yaylov - ekstensiv, kO’chma, yaydoq-yaylov, doimiy yaylov, madaniy yaylov; - og’ilxona-yaylov - tabiiy ozuqa, aralash ozuqalarning O’rtacha jadalligi, ekiladigan va yuksak mahsuldorli tabiiy ozuqalarga boyligi bilan ajralib turadi. - og’ilxona - yillik og’ilxona, og’ilxona – lager (mavsumiy). Respublika qishloq xo’jaligi korxonalarida chorvachilikning bu holati uning iqtisodiy samaradorligiga ham ta’sir etgan. Respublika Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tizimidagi qishloq xo’jalik korxonalarida etishtirilayotgan aksariyat chorvachilik mahsulotlarining tannarxlari yil sayin oshib bormoqda. Chorvachilik fermalarining zamonaviy talablarga javob beradigan moddiy- texnika bazasini bosqichma-bosqich rivojlantirishga alohida e’tibor berish vaqti keldi. Chorvachilik bino-inshootlari fan-texnika yutuqlarini e’tiborga olgan holda moslashtirilishiga, tegishli vositalar bilan ta’minlanishga, chorva hayvonlari yaxshi parvarishlanib, sifatli mahsulot yetishtirishda yangi texnikalar, ilg’or texnologiyalar joriy yetilishiga yerishish lozim. Shudagina tarmoqda ishlab chiqarish jarayonlari mexanizatsiyalashtirilib, mehnat unumdorligining oshishi ta’minlanadi. Naslchilik ishlarini rivojlantirib, sermahsul chorva mol zotlarini yaratib, ular ishlab chiqarishga tezroq tatbiq yetilishini ta’minlash, bunda zotli, sermahsul chorva hayvonlarini sotib olish variantidan foydalanishni ham yesdan chiqarmaslik kutilgan natijaga yerishish imkoniyatini kengaytiradi. Chorva hayvonlari va parrandalari chiqindilari mahalliy o’g’it sifatida yer unumdorligini oshirishda beqiyos o’rin tutadi. M: Bir sigirdan bir yilda olingan go’ng bilan 1 ga yerni mahalliy o’g’itga bo’lgan talabini qondirish mumkin. Shu boisdan chorvachilikning asosiy vazifasi chorvachilik mahsulotlarini ko’paytirish evaziga xalqning oziq-ovqat, sanoatni esa xom ashyo bilan ta’minlashdan iboratdir. Buning uchun tabiiy oziq-ovqat zanjirining barcha xalqalarini mustahkam bog’lanishiga erishish kerak. Bu zanjir tuproq – o’g’it – o’simlik – hayvon – odamdan iborat bo’lib, doimo fan va texnika yangiliklariga muhtoj. Qishloq xo’jaligi, ya’ni dehqonchilik va chorvachilik sohalari bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, bir-birini to’ldiradi, ular bir-birisiz ijobiy natijalarga hech qachon erisha olmaydilar. Tabiiy manbaalar va ekilgan yerlardan olingan mahsulotlarning 75% ini inson to’g’ridan-to’g’ri iste’mol qilaolmaydi, shuning uchun ularni albatta chorva hayvonlari va parrandalarining organizmi orqali o’tkazilib sut, go’sht, tuxum kabi noyob mahsulotlar olinadi. O’z navbatida hayvonlar va parrandalar iste’mol qilgan oziqalari tarkibidagi 40% organik va 70% mineral moddalarni tanasiga singdiraolmay tashqi muhitga chikarib yuboradilar. Bu chiqindilar go’ng sifatida tuproqdagi mikroorganizmlar uchun oziqa bo’lib, uning unumdorligini oshirishda asosiy omil bo’lib qoladi. Chorvachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash uchun yem-xashak etishtiriladigan maydonlarni kengaytirib, ekinlarni almashlab yekishni rivojlantirish lozim. Bunda yem-xashak ekinlari yekiladigan maydonlarning suv ta’minotiga, meliorativ holatini yaxshilashga hamda organiq va mineral o’g’itlardan talab 5 darajasida foydalanishga alohida ahamiyat berish zarur. Bu masalani hal etish uchun qayta ishlash sanoati korxonalarida ishlab chiqariladigan to’yimli ozuqa moddalari talab darajasida olinishini, chorva mollariga shakllangan ozuqa rasioni asosida vaqtida berilishini ham tashkil etish zarur. Bu masalaning dolzarbligini e’tiborga olib, respublika hukumati xo’jaliklarga iqtisodiy jihatdan ko’maklashish yo’llarini, mexanizmlarini ishlab chiqqan. Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish, shu maqsadda chetdan moddiy- texnika resurslari keltirilsa, ular bojxona to’lovlaridan ozod yetilishi va boshqa chora-tadbirlar belgilangan. Kurs ishi ob’yekti sifatida Urgut tumani tanlandi. Kurs ishining asosiy maqsadi Urgut tumani misolida Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini ishlab chiqarishda agrobiznesni tashkil etishning hozirgi holatini tahlil qilish va uni oshirish imkoniyatlariga oid takliflar ishlab chiqishdir. Kurs ishining tadqiqotning vazifalari sifatida quyidagilar tanlab olindi: - Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini ishlab chiqarishda agrobiznesni tashkil etishga oid tushunchalarning ilmiy adabiyotlarda nazariy yoritilishini tahlil qilish; - fermer xo’jaliklari ishlab chiqarishi uchun foydalanilayotgan resurslar salohiyatini o’rganish; - tuman fermer xo’jaliklarida chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini ishlab chiqarishda agrobiznesni tashkil etishning hozirgi holatini o`rganish va tahlil qilish; - fermer xo’jaliklari chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini ishlab chiqarishda agrobiznesni tashkil etishdan foydalanishga ta’sir etuvchi omillarni tahlil etish; - chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini ishlab chiqarishda agrobiznesni tashkil etishdan foydalanishni oshirish imkoniyatlaridan foydalanishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling