Mavzu: Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini ishlab chiqarishda agrobiznesni tashkil etish


 MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana25.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1398757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2019 Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini

1. MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI 
So’nggi yillarda chorva mollari bosh soni ortishiga qaramasdan
mahsuldorlikni oshirish va tannarxni pasaytirish muammolari mavjud. Respublika 
Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyev 
ta’kidlaganidek "...
Chorvachilik 
sohasiga 
to’xtaladigan bo’lsak, qoramol va parranda sonini ko’paytirish, bu borada sifat va 
mahsuldorlikka erishish uchun yetarli sharoit yaratishimiz zarur. Yaqin istiqbolda 
har bir tumanda ixtisoslashtirilgan bo’rdoqichilik komplekslari, yuqori texnologik 
parrandachilik fabrikalari, shuningdek, innovatsion xo’jaliklar tashkil etilishi 
lozim"
1

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi PQ-308- sonli 
"Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirish 
chora-tadbirlari to’g’risida"gi va 2008 yil 21 apreldagi PQ-842 sonli "Shaxsiy 
yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirishni 
rag’batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlarini ishlab 
chiqarishini kengaytirish borasidagi qo’shimcha chora - tadbirlar to’g’risida"gi 
qarorlari qabul qilindi.
Kurs ishini bajarish asnosida o’rganilgan ba’zi adabiyotlarga sharhlar berib 
o’tamiz: 
1. O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi matbuot xizmati. 
Chorvachilik farovanlik manbai. www.agro.uz. 
Maqolada so’ngi yillarda mamlakatimizda chorvachilikni rivojlanayotganligi, 
yetishtirilayotgan mahsulotlar hajmi ortayotganligi aholining farovon yashashiga 
sabab bulayotganligi haqida yozilgan. Bunga Prezidentning 2006 yilda qabul 
qilingan 308-sonli va 2008 yildagi 842-sonli qarorlari asos bo’lganligi ta’kidlangan. 
Chorva mollari, ayniqsa qoramollar soni oshganligi, chetdan naslli mollar keltirilib, 
suniy urug’lantirishga e’tibor qaratilgani chorva mollari podasi nasl sifati 
yaxshilanishiga olib kelgannligi, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilik 
rivojlanayotganiga alohida e’tibor qaratilgan. 
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2795-sonli qarori. «Xalqaro 
qishloq xo’jaligi taraqqiyoti jamg’armasi ishtirokidagi «O’zbekistonning sutchilik 
sohasida qo’shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish 
chora-tadbirlari to’g’risida. 22.02.2017. 
Mazkur loyiha Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida amalga oshiriladi. 
Ularga Imtiyozli kredit mablag’lari quyidagi yo’nalishlarga ajratiladi: Naslli 
qoramol sotib olish; sutni sog’ib olish uskunasi harid qilish; sut mahsulotlarini 
saqlash, qayta ishlash va qadoqlash texnika va texnologiyalar harid qilish; sut va sut 
mahsulotlarini tashishga mo’ljallangan maxsus texnikalar sotib olish; ozuqa va yem-
xashak ishlab chiqaruvchi, yig’ib oluvchi va qayta ishlovchi texnika va uskunalar 
sotib olish; xususiy veterinariya xizmatlarini tashkil etish uchun veterinariya 
jihozlari va dori-darmonlarini sotib olish. 
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. www.president.uz. 
22.12.2017 



Qishloq xo’jaligi korxonasi, fermer xo’jaliklari yoki tadbirkor tijorat 
banklarining hududiy filialiga kredit olish uchun tegishli hujjatlar to’plamini taqdim 
etadi. 
Tijorat bankining hududiy filiali (tuman yoki viloyat) topshirilgan hujjatlar 
to’plamini o’rganib chiqib, ularni Kredit qo’mitasi tomonidan ko’rib chiqishi va 
tasdiqlashi uchun bankning Bosh ofisiga yuboradi. 
Bosh bank Kredit qo’mitasining ijobiy xulosasidan so’ng, loyihani 
moliyalashtirish uchun Qishloq xo’jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish 
Agentligiga tegishli hujjatlar to’plamini kiritadi. 
Agentlik tijorat banklari tomonidan kiritilgan hujjatlar to’plamini Xalqaro 
qishloq xo’jaligi taraqqiyoti jamg’armasi talablariga muvofiqligini o’rganib, 
Xalqaro qishloq xo’jaligi taraqqiyoti jamg’armasiga kelishish uchun kiritadi. 
Kredit hujjatlari to’plami bo’yicha Xalqaro qishloq xo’jaligi taraqqiyoti 
jamg’armasining ijobiy qarori olingandan so’ng Agentlik tijorat bankining maxsus 
hisob raqamiga loyihani moliyalashtirish uchun talab etilgan summani o’tkazib 
beradi. 
3. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O’zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida. 
07.02.2017. PF-4947. 
Mazkur 
farmonda 
3-bob 
Iqtisodiyotni 
yanada 
rivojlantirish 
va 
liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va 
yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish va jadal 
rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institusional va 
tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning 
ustuvor mavqyeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib 
holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investisiyaviy muhitni yaxshilash orqali 
mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb 
etishga bag’ishlangan. Bu farmon ahamiyati kelgusida nafaqat respublikamiz, balki 
qishloq xo’jaligini ham modernizatsiyalashga huquqiy asos va dastur yaratib beradi. 
4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. Chorvachilik va 
baliqchilik tarmoqlarining ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari 
to’g’risida. 18.10.2017. 845-son 
Keyingi yillarda respublikada chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarini 
rivojlantirishga, naslchilik ishini takomillashtirishga, ularda yetishtirilayotgan 
mahsulotlarni ko’paytirishga katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatda 
6 mingdan ortiq chorvachilik va 3 mingta baliqchilik xo’jaliklari faoliyat 
ko’rsatmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, joriy yil yakunlari bo’yicha 2319 
ming tonna go’sht, sun’iy hovuzlarda 60 ming tonna baliq yetishtirish kutilmoqda.
5. Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik 
– har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: O’zbekiston, 
2017. 



2017 yilda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, kompaniyalar va boshqa idoralar, 
shuningdek, barcha bo‘g‘indagi hokimliklar quyidagi strategik muhim vazifalarni 
amalga oshirishi shart:
birinchi – ekin maydonlari va ekinlar tarkibini optimallashtirish, ilg‘or 
agrotexnologiyalarni joriy etish va hosildorlikni oshirish, meva-sabzavot va uzum 
yetishtirishni ko‘paytirish;
ikkinchi – fermer xo‘jaliklarining moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash. 
Oxirgi 10 yil mobaynida mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari va urug‘lik 
narxining o‘sishi bilan paxta xomashyosi va g‘allani xarid qilish narxlari o‘sishi 
o‘rtasida keskin farq borligi kuzatilmoqda;
uchinchi – o‘tgan yillarda Moliya vazirligi va uning huzuridagi Jamg‘arma 
rahbariyati tomonidan shakllantirilgan, agrotexnika tadbirlarini moliyalashtirishda 
ijobiy natija bermayotgan va mutlaqo chala tizimga barham berish zarur.
Joriy yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Jamg‘arma tomonidan fermer 
xo‘jaliklariga 300 milliard so‘m mablag‘ to‘lab berilmagan.
to‘rtinchi – oxirgi yillarda agrosanoat kompleksida tashkil etilgan yangi 
boshqaruv organlari faoliyatidagi bir qator muammolarni bartaraf etish yuzasidan 
qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur.
6. Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan 
tantanali marosimdagi nutq. www.president.uz. 09.12.2017 
Mazkur ma’ruzada Prezident Sh.M.Mirziyoyev qishloq xo’jaligi rivoji, 
xususan chorvachilikka ham e’tibor qaratgan. 
O’zbekistonni 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar 
strategiyasida barcha sohalar qatori qishloq xo’jaligini ham modernizasiya qilish 
borasida eng muhim vazifalarni aniq belgilab, ularni izchil amalga oshirib 
borayotganimiz sohadagi ulkan muvaffaqiyatlarga asos bo’lib xizmat qilmoqda. 
Bugun sizlar bilan ana shu masalalar haqida ochiq-oydin gaplashib, ularni 
yechish yo’llarini aniq belgilab olsak, o’ylaymanki, ayni muddao bo’ladi. Bu kelgusi 
yilda qishloq xo’jaligining barcha tarmoqlarida yanada yuksak natijalarga 
erishishimiz uchun puxta zamin yaratadi. 
7. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 
Murojaatnomasi. www.president.uz. 22.12.2017 
Prezident mazkur murojaatnomada qishloq xo’jaligiga ham e’tibor qaratgan. 
Chorvachilik sohasiga to’xtaladigan bo’lsak, qoramol va parranda sonini 
ko’paytirish, bu borada sifat va yuqori mahsuldorlikka erishish uchun yetarli sharoit 
yaratishimiz zarur. Yaqin istiqbolda har bir tumanda ixtisoslashtirilgan 
bo’rdoqichilik komplekslari, yuqori texnologik parrandachilik fabrikalari, 
shuningdek, innovatsion xo’jaliklarni tashkil etilishi lozim. 
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini samarali realizasiya qilish juda muhim 
masaladir. Shu maqsadda fermer xo’jaliklarida yetishtirilgan mahsulotlar hajmi va 
miqdori haqidagi ma’lumotlarning yagona bazasini yaratish zarur. 
8. Abdullayev S. Chorvachilik mahsulotlari bozori//O’zbekiston qishloq 
xo’jaligi. –Toshkent, 2011. -№10. -40-b. 



Maqolada chorvachilikning iqtisodiyotda tutgan o’rni, aholi turmush darajasini 
oshirishdagi ahamiyatiga to’xtalingan. Chorvachilik mahsulotlari bozorini yanada 
yaxshilash uchun mahsulotlarni qayta ishlashda ya’ni texnologiyalarni joriy etish, 
buning uchun esa ajratiladigan investisiyalar hajmini oshirish, kooperasiyani 
kuchaytirish, mahalliy qayta ishlovchilarni qo’llab – quvvatlashni kuchaytirish 
hamda “Ekologik toza mahsulot”ni keng targ’ib qilish kabilarga e’tibor qaratish 
lozimligi ta’kidlanadi. 
9. 
Abruyev 
A. 
Sut 
ishlab 
chiqarish 
samaradorligini 
oshirish 
imkoniyatlari//Agroilm-O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2017. -№1. -34-
35-b. 
Muallif fikricha, Sigirlar mahsuldorligi – ma’lum bir davrda sog’ib olingan sut 
miqdori va sifati bilan baholanadi. Samarqand viloyati qoramolchiligida 2000-2015 
yillar jami ishlab chiqarilgan sutga ta’sir etuvchi omillar tahlil etilgan. 
Mahsuldorlikka ta’sir ko’rsatuvchi omillar sifatida sigirlar bosh soni va ularning sut 
mahsuldorlik ko’rsatkichlari dinamikasi tahlil etilgan. 
10. Abruyev A. Qoramolchilik mahsulotlari samaradorligiga ta’sir etuvchi 
iqtisodiy-ijtimoiy omillar//Agroilm-O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2017. 
-№2. -51-53-b. 
Muallif fikricha, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda band bo’lgan 
xo’jalik yuritish sub’yektlari samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy-
iqtisodiy omillar talaygina. Chorvachilikni kompleks rivojlantirish uchun 
quyidagilar tavsiya etilgan: 1. Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari qoshida hududda 
mavjud xom-ashyoni chuqur qayta ishlash hisobiga yuqori qo’shimcha qiymatli , 
ichki bozorga tayyor mahsulot ishlab chiqarish; 2. Tuman markazlarida sut va 
go’shtni chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash; 3. Ichki va tashqi bozorlarda 
qayta ishlangan mahsulotlarni raqobatbardosh muhitini shakllantirish.
11. Dusmuratov R.D., Menglikulov B.Yu. Qishloq xo’jaligida chorvachilik 
mahsulotlari tannarxini hisoblash bo’yicha. –T.: ToshDAU, 2012. -22 b. 
Tavsiyanomada qishloq xo’jaligida chorvachilik mahsulotlari tannarxini 
hisoblash asoslari va xususiyatlari bayon etilib, bahoni shakllantirish, biznes-reja 
tuzish va tannarxni shakllantirish jarayonini boshqarish tizimi sifatida yondashilgan. 
Shuningdek, rejadagi, normativ va haqiqiy tannarx turlarining uslubiy birligi nuqtai 
nazaridan yondashilgan. Sut va go’sht yo’nalishidagi qoramolchilik, qo’ychilik va 
echkichilik, qorako’lchilik, parrandachilik va boshqa ixtisoslashgan qishloq 
xo’jaligida mahsulotlar tannarxini hisoblash xususiyatlari ham yoritilgan. 
12. Ergashev R.X. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. –T.: EXTREMUM PRESS, 
2011. -416 b.
Darslikning 17 – bobi chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyotiga bag’ishlangan 
bo’lib, unda chorvachilikni rivojlantirishning ahamiyati, chorva mahsulotlari ishlab 
chiqarish va samaradorlikning hozirgi holati o’rganilib, kelgusida ularni oshirish 
imkoniyatlari ochib berilgan. 
13. Ismoilov U., Jabbarov Sh. Chorvachilik-to’kinlik manbai//O’zbekiston 
qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2013. -№9. -3-4 b. 


10 
Maqolada chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha tizimli dasturlarning 
qabul qilinishi sohaning taraqqiyotida muhim omil bo’layotganligi ta’kidlangan. 
Jumladan, nasilchilik bazasini mustahkamlash, naslli qoramollar podasini 
ko’paytirish, nasl yadrosini shakillantirish va kengaytirish, qoramollar 
mahsuldorligini oshirish maqsadida respublikamizga 2006-2013 yillarda chetdan 
30,5 ming boshdan ortiq nasilli urg’ochi tana va g’unajinlar keltirilgani, 448 ta 
qoramolchilik yo’nalishidagi nasilchilik xo’jaliklarida 102 ming 338 bosh yuqori 
mahsuldor qora-ola, gomitin, bushuyev, qizil cho’l va shvits zotli mollar parvarish 
qilinib, ulardan faqat 2013 yilda 7,3 mingdan ortiq nasli mollar tayyorlanib, dehqon 
va fermer xo’jaliklariga sotilgani aytilgan. Aksariyat nasilchilik xo’jaliklarida 
sigirlardan har kuni 20-30 metirdan yoki loktaqiya davomida 6-7 ming sut sog’ib 
olishga erishilgani ko’rsatib o’tilgan. 
14. Ishonqulov G’., Toshmatov D. Naslchilik ishi – chorvachilikda 
mahsuldorlik manbai// O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2014. -№7. -38-
39-b. 
Respublikamizning aholi soni yildan yilga o’sib borishi, iste’mol bozoridagi 
chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan talabning oshishiga sabab bo’lmoqda. Ushbu 
talabni qondirish uchun chorvachilik mahsulotlarini yanada ko’proq ishlab chiqarish 
talab etiladi. Buning uchun chorvador yuqori nasldor molga ega bo’lishi lozim. 
Nasldor moldan mahsulot olganda uning tannarxi mahsulot miqdorining ko’payishi 
hisobiga arzonroq bo’ladi. Jumladan, mahalliy qoramollar kunlik sut sog’imi 2-5 litr 
bo’lgan paytda sun’iy urug’lantirish natijasida olingan g’unojinlar birinchi tug’ishda 
kunlik sog’imi 9-14 litrni tashkil etmoqda. Mualliflar tavsiya etishlaricha, 
respublikamiz fermer va dehqon xo’jaliklarida sun’iy urug’lantirish orqali moliyaviy 
qiyinchiliklar mavjud paytda rivojlanishi past mahalliy qoramollar o’rnida naslli, sut 
va mahsuldorligi yuqori qoramollar podasining ko’payishiga erishiladi. Natijada 
chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ko’payadi, bozorlarimiz yanada to’kin 
bo’ladi. 
15. Murtazayev O., Axrorov F.. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. –T.: ILM-
ZIYO, 2017. 
Mazkur darslikning 25-bobi “Qoramolchilikning samaradorligini oshirish 
imkoniyatlari” deb nomlanadi. Unga ko’ra, sigirlardan sut sog’ib olish, so’yilgan 
mollarning vazni va boshqa mahsuldorlik ko’rsatkichlarida ham o’zgarishlar 
bo’lgan. 2014 yili 2005 yilga nisbatan bir bosh sigirdan sog’ib olingan sut qariyb 28 
% ga oshgan. So’yilgan qoramolning tirik vazni ham 2015 yilda 2005 yilga nisbatan 
1,8 martga oshgan. Mahsuldorlikning oshishi yalpi sut va go’sht mahsulotlarining 
hajmiga ijobiy ta’sir qilgan. Shuningdek, bu yerda chetdan keltirilgan zotdor 
qoramollar salmog’ining yildan yilga oshib borishi ham muhim rol o’ynamoqda. 
16. Raxmonov D. Qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirish omillari //Qishloq 
xo’jaligi fani yutuqlari – fermer xo’jaliklari istiqboliga: ilm.- amal. konf. mat. 25-
26.04.2014.– Samarqand, 2014.
Maqolada dehqonchilik bilan bir qatorda mamlakatda chorvachilikning hozirgi 
holati tahlil qilinib, tarmoqni barqaror rivojlantirish uchun naslchilik ishlariga, sun’iy 


11 
urug’lantirishga, mustahkam ozuqa bazasini yaratishga, chorvachilikni tashkil etish 
madaniyatini oshirishga asosiy e’tibor qaratish mumkinligini ta’kidlagan. 
17. Xushmatov N., Fayzullayev T. Aholini oziq – ovqat bilan ta’minlashda 
chorvachilikning o’rni // O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2011. -№7. -38-
39-b. 
Mualliflar chorvachilikning qishloq xo’jaligini asosiy tarmoqlaridan biri 
ekanligi, aholini qimmatli, oqsilga boy, to’yimli go’sht, sut, sariyog’, tuxum, 
parhezbop tovuq go’shti, shifobaxsh asal kabi mahsulotlar bilan ta’minlashi 
to’g’risida to’xtalganlar. Shuningdek, oxirgi yillarda parrandachilik, baliqchilik va 
asalarichilik rivojlanayotganligi, mustahkam ozuqa bazasi, naslchilik ishlarini 
yaxshilash, qayta ishlash kabilarga e’tibor qaratish lozimligini ko’rsatganlar. 
18. G’ayibnazarov B., Qutliyev O., Boybulov B. Yirik shoxli qoramollar va 
ularning sut mahsuldorligi // Agroilm-O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 
2015. -№6. -66-67-b. 
Maqolada mualliflar ta’kidlashicha, respublikamizda chorva mollari bosh 
sonini ko’paytirish, mahsuldorligini oshirish bilan bir qatorda ularning genofondini 
saqlash va naslini yaxshilashga e’tibor qaratilmoqda.
Respublikamizda seleksiya-naslchilik ishlarini rivojlantirish va zotdor 
mollarni yaxshilash natijasida sut va go’sht ko’paytirishga, ayniqsa, aholi o’rtasida 
sohani kengaytirishuchun barcha imkoniyatlarni ishga solish evaziga aholining 
chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini ta’minlashga erishiladi. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling