Mavzu: Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini ishlab chiqarishda agrobiznesni tashkil etish


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana25.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1398757
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2019 Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini

 
 
 
 
 
 
 
 


25 
3.3.2-jadval 
Urgut tumanida go’sht ishlab chiqarishning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari 
tahlili (2016-2018 yy.)* 
№ Ko’rsatkichlar 
O’lchov 
birligi 
Yillar 
2018 yilda 2016 
yilga nisbatan 
o’zgarish 
2016 
2017 
2018 
+/- 

1 Jami mahsulot tonna 
18236,4 
18155,0 
19390,0 
1153,6 
106,3 
2 Jami daromad 
mln so’m 
145891,2 
199705,0 
175673,4 
29782,2 
120,4 
3 Jami xarajatlar mln so’m 
126589,8 
176938,6 
142322,6 
15732,8 
112,4 
4 Yalpi foyda 
mln so’m 
19301,4 
22766,4 
33350,8 
14049,4 
172,8 
5 1 birlik 
mahsulotning:

Sotish bahosi 
so’m/s 
800000,0 
1100000,0 906000,0 
106000,0 
113,3 

Tannarxi 
so’m/s 
694160,0 
974600,0 
734000,0 
39840,0 
105,7 

Foydasi
so’m/s 
105840,0 
125400,0 
172000,0 
66160,0 
162,5 

Rentabellik 
darajasi 

15,2 
12,9 
23,4 
8,2 punktga oshgan 
*Manba: Urgut tumani qishloq va suv xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari 
3.3.2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Urgut tumanida 2016-2018 
yillarda go’sht ishlab iqtisodiy ko’rsatkichlarida o’sish kuzatilgan. Tumanda go’sht 
ishlab chiqarish miqdori – 6,3%ga, jami daromadlar – 20,4%ga, yalpi foyda – 
72,8%ga, mahsulot sotish bahosi – 13,3%ga, undan olingan foyda – 62,5%ga oshib, 
rentabellik darajasi – 8,2 punktga oshgan. 
 


26 
4. CHORVACHILIKDA SUT GÒSHT MAXSULOTLARINI ISHLAB 
CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI 
 
4.1. Mollar maxsuldorligini oshirish imkoniyatlari. 
 
Chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish tadbirlariga bir qancha amalga 
oshirilishi muhim bo’lgan tadbirlar kiradi. Ular quyidagilar: 
Veterinariya xizmatlari. Bu boradagi munosabatlar O’zbekiston
respublikasining “veterinariya to’g’risida”gi qonuniga muvofiq tartibga so-linadi. 
qonunda veterinariya ishi, veterinariya xizmatining tuzilishi va uni
boshqarishning ta’rifi, veterinariyaning asosiy vazifalari belgilab berilgan. 
Bugun respublika veterinariya xizmati uning hududiy bo’limlari va fermer 
hamda dehqon xo’jaliklariga ko’rsatayotgan xizmatlarni hisobga olganda, chor-
vachilik infratuzilmasining eng rivojlangan sektori hisoblanadi. Barcha 
hududlarda viloyat veterinariya boshqarmalari, tumanlarda veterinariya bo’limlari 
mavjud. 
Quyi bo’g’inda veterinariya xizmati davlat va xususiy zooveterinariya punkt-
lari ish olib boradi. davlat punktlari fermer va dehqon xo’jaliklaridagi qoramollarni
emlash, davolash, sun’iy qochirish xizmatlarini ko’rsatadi, xususiy punktlar 
chorva mollarini davolash bilan shug’ullanadi, ayrimlari davlat veterinariya xizmati
bilan tuzilgan shartnoma asosida chorva mol-la rini emlash va qochirish bilan
shug’ullanadi. Xususiy punktlar viloyat zooveterinariya organlari tomonidan
beriladigan lisenziyalar bo’yicha ish yuritadi. 
2007 yilning avgust oyi o’rtalarida respublikada 2128 ta zooveterinariya punkti
mavjud edi. 2006-2010 yillarda chorvachilikni rivojlantirish dasturiga muvofiq
yangi punktlar muntazam tashkil etilmoqda. yangi punktlarning tashkil etilishi 
ularga binolar ajratish va zarur uskunalar bilan ta’minlashni ko’zda tutadi. Biroq, bu 
jarayon barcha joyda ham muvaffaqiyatli kechayotgani yo’q. Ba’zida, zarur
binolar ajratilmasligi tufayli punktlar faoliyat ko’rsatmaydi. so’nggi yillarda
tashkil etilgan ko’pgina punktlar tegishli inshootlarga ega emas va moddiy-texnik 
jihatdan to’la ta’minlanmagan. Shu sababli ular faol ish yurita olmayapti. Chamasi, 
byudjetdan ajratilayotgan mablag’ yetishmaydi, tashkil etilayotgan yangi xususiy 
zooveterinariya punktlari soni unchalik ko’p emas. Bundan tashqari, bankdan
uskuna sotib olish uchun kredit olish foizlarining yuqoriligi, hujjatlarni
rasmiylashtirishdagi rasmiyatchiliklar tufayli juda qiyin. Qoramol va boshqa uy 
hayvonlari oqsim, kuydirgi, brusellyoz, emkar, vabo, quturish, leptospiroz kabi
yuqumli kasalliklarga qarshi emlanadi. Boshqa davlatlar bilan chegaradosh
hududlarda joylashgan xo’jaliklarda emlash ishlarini o’tkazishga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. 
Emlash preparatlari veterinariya punktlariga qoramol soni ko’rsatilgan 
buyurtmalar bo’yicha viloyat veterinariya xizmatlari tomonidan byudjet 
mablag’lari hisobidan bepul ajratilmoqda. Emlash kasallik turiga qarab, bir yilda 
bir yoki ikki marta amalga oshiriladi va biriktirilgan hududdagi barcha chorva 


27 
mollarini qamrab olishi kerak. Chorva mollari egalari shpris va mutaxassis 
xizmatiga haq to’laydi. 
Sun’iy qochirish. Aholi va fermerlarga tegishli sigirlarni sun’iy qochirish
veterinariya punktlari mutaxassislari tomonidan chorva mollari zotini yaxshilash 
va ularning sonini ko’paytirish maqsadida amalga oshiriladi. 
Chorva mol urug’i veterinariya punktlariga “O’znaslchilik” korxonasidan 
maxsus dyuar idishlarida yetkazib beriladi. ushbu idishda urug’ idish sifati va 
hajmiga qarab, 30-80 kun davomida saqlanishi mumkin. har bir sigir ikki marta 
qochiriladi (ertalab va kechqurun). Agar qochirish samarasiz bo’lsa, mol egalari 
punktga qayta murojaat qiladi. 
Har yili qishloq va suv xo’jaligi vazirligi respublika veterinariya xiz-matiga 
“O’znaslxizmat” uyushmasi bo’limlari bilan zooveterinariya punkt la rini urug’ 
bilan ta’minlash bo’yicha shartnomalar tuzishni topshiradi. Biroq, bu rejalar
bajarilmayotir. Masalan, 2007 yilda qishloq va suv xo’jaligi vazirligi topshirig’i 
1 milliondan ortiq urug’ni tashkil etgan bo’lsa, aslida 2007 yilning 10 avgust holati
bo’yicha “O’znaslchilik” korxonasi bilan 258 ming doza uchun shartnoma
tuzilgan. Bu topshiriqning atigi 25 foizi demakdir. Haqiqatda esa 93,8 mingta 
doza sotilgan, ya’ni, shartnomada ko’zda tutilgan miqdorning bor-yo’g’i 36 foizi 
sotilgan. 64,6 ming bosh sigir yoki topshiriqda ko’zda tutilgan sigirlarning 12,7 foizi 
(rejada 508 ming bosh sigir) sun’iy urchitilgan. 
Sun’iy qochirish borasidagi ishlarning qoniqarsizligining qanday sabab lari
bor? Birinchidan, chorva mollari egalarining ko’pchiligi to’lovga layoqatsizdir. 
ikkinchidan, aholi mollarni sun’iy qochirishning ahamiyatini tushunmaydi
uchinchidan, “O’znaslxizmat” korxonasi buyurtmalarning mavjud hajmini ham 
bajara olmayapti. To’rtinchidan, sun’iy qochirish punktlari va qochirish uchun 
mutaxassislar yetishmaydi. Mutaxassislarning fikricha, sun’iy qochirish ko’pincha 
samarasiz bo’ ladi va sigirlar egalari punktlarga takroran murojaat qiladi. Bu
holat, bi-rinchidan, zooveterinariya punktlari qo’shimcha xarajat qilishga olib
kel-moqda va ularning daromadiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda, ikkinchidan, ushbu 
tadbirning maqsadga muvofiqligi aholida shubha uyg’otmoqda. 
2007 yilgi so’rov shuni ko’rsatdiki, qoramollarni sun’iy qochirish xizmat-lariga
talab kam – dehqonlarning atigi 2 foizi sun’iy qochirish bo’yicha veterinariya
punktlariga murojaat qilgan. sun’iy qochirish xizmatidan foy dalanadigan chorva
mollari egalari aksariyat hollarda ushbu xizmatlar sifatini qoniqarsiz deb
hisoblaydi. so’rov natijalariga qaraganda, bu xizmatga bo’lgan talabning
bunchalik pastligi muayyan darajada xizmatdan foydalanish borasidagi
cheklovlar bilan emas, balki, an’analar bilan ham bog’liqdir. Faqat ayrim uy
xo’jaliklari egalari qochirish punktlarining olisligi, xizmatlar narxining yuqoriligi 
va sifati pastligi, urug’lantiruvchi material yo’qligi va hokazolar haqida gapirdi. 
Qoramol parvarish qilayotgan fermerlarning atigi 12,5 foizi sun’iy 
qochirish xizmatlaridan foydalanadi va ularning aksariyati ushbu xizmatlar sifatini
qoniqarsiz baholaydi. ko’pchilik fermerlar sun’iy qochirish afzalligini
ko’rmayotgani va shu sababli bunday xizmatdan foydalanish za-rur ligini his 
qilmayotganini aytdi. Chorva mollari boqayotgan, ammo sun’iy qochirishdan


28 
foydalanmayotgan fermerlarning yarmidan ko’pi bunga muhtoj emas, chunki,
o’z xo’jaligida zotdor buqalari bor. ularning 39 foizi bu uslubni qo’llashni
istamayotganini aytdi. 9 foizi sun’iy qochirish punkti fermer xo’jaligidan ancha
olisda joylashgani bois undan yetarli darajada foydalanmaydi. Fermerlarning 6 
foizi urug’lantiruvchi material yo’qligi va yana 5 foizi xizmat haqining balandligi 
va sifati pastligi haqida gapirdi. So’rov natijalari shuni ko’rsatadiki, sun’iy 
qochirishni qo’llash sut so g’ishni 30 foizga oshiradi. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling