Mavzu: Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini ishlab chiqarishda agrobiznesni tashkil etish
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
2019 Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini
1-rasm. Urgut tumani fermer xo’jaliklari chorvachiligida ishlab chiqarilgan mahsuloti miqdori tahlil (2016-2018 yy.)* *Manba: Urgut tumani fermer xo’jaliklari ma’lumotlari 2016-2018 yillar. 1-rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Urgut tumani fermer xo’jaliklari mahsuldorligida o’sish kuzatilgan. Sigirlar soni 2016-2018 yillarda 17424-18576 bosh bo’lgan bo’lsa, sut mahsuldorligi 1449,7-1538,9 l/bosh.ga o’zgargan. 4.2. Foyda summasi va ishlab chiqarish rentabelligini oshirish imkoniyatlari Korxonalarning foydalilik yoki zararlilik darajasini belgilash uchun rentabellik ko’rsatkichidan foydalaniladi. Rentabellik qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini o’zida aks ettiruvchi umumlashgan ko’rsatkich hisoblanadi. U foydalanilgan va iste’mol qilingan ishlab chiqarish resurslari - mehnat, yer-suv, moddiy hamda ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish xarajatlari orqali yetishtirilgan mahsulotdan olingan samaraning miqdor va sifatini, ishlab chiqarishni kengaytirilgan tarzda rivojlantirish imkoniyatini, xodimlarning o’z mehnatlari natijasidan moddiy manfaatdorligini aks ettiradi. Rentabellikda mutloq ko’rsatkich - bu foydadir. Birinchi bobda ta`kidlanganidek, resurslar konsepsiyasida ham, xarajatlar konsepsiyasida ham samaradorlikning asosida sof foyda yotadi. Shuning uchun quyida sof foyda to’g’risidagi olimlarning ba’zi bir fikrlarini keltiramiz. Klassik iqtisodchilar iqtisodiy kategoriyalar, iqtisodiy terminlar ichida foydadek ko’p tortishuvga sabab bo’ladigan masalaning yo’qligini ta’kidlashadi. 17424 18023 18576 1538,9 1402,0 1449,7 26814,3 25268,0 26929,0 0 5000 10000 15000 20000 25000 30000 2015 2016 2017 Sigirlar soni bosh Sigirlar sut mahsuldorligi litr Jami mahsulot tonna 29 Shuning uchun foydaning miqdorini aniqlash, uning tarkibiga nimalar qo’shiladi yoki ajratib tashlanadi, o’ziga xos muammolarni keltirib chiqaradi. Raqobatli iqtisodiyotda foyda ishlab chiqarish uchun qilingan xizmatlarga qilingan xarajatlar va sotilgan mahsulotlar baholari o’rtasidagi farq shaklida hisoblanadi. Hozirgi zamon g’arb iqtisodiyotida, pirovard foydalilikni qarab chiqishda korxona xo’jalik faoliyati tahlili va tarmoq taqqoslama iqtisodiy samaradorligining asosiy (bosh) ko’rsatkichi marjinal daromad (MD 1 ) - tushum va bevosita o’zgaruvchi xarajatlar orasidagi farq deb hisoblanadi. Bu ko’rsatkich alohida tarmoq va texnologiyalarni taqqoslashda ko’pincha mezon sifatida foydalaniladi. Tarmoqning nisbiy samaradorligini yoki uning afzalligini aniqlashdan tashqari, foydani hisoblash bilan bog’liq bo’lgan, ya’ni mahsulotning to’liq tannarxini hisobga oladigan absolyut samaradorlikni aniqlashda ham muhim ahamiyatga ega. Bu masalaga tannarx bo’limida kengroq to’xtalamiz. Alohida tarmoqlar bo’yicha to’liq tannarxni va foydani hisoblash uchun doimiy umumishlab chiqarish va umumxo’jalik xarajatlarini bittadan xarajat turlariga qarab oqilona asoslangan tamoyilda korxona tarmoqlari o’rtasida alohida taqsimlash zarur. Foyda tushunchasi tadbirkor uchun moliyaviy xizmat (soliqqa tortish) nuqtai nazaridan emas, balki real xarajatlarni haqiqatda aks ettirishga maksimal yaqinlashish nuqtai nazaridan ahamiyatga ega. Shunday ekan, marjinal daromadni biz aytmoqchi bo’lgan foydani keltirib chiqarishda, hisoblashda muhim bo’lgan iqtisodiy kategoriya sifatida qarash mumkin. Foydani to’g’ri hisoblashning ahamiyati va roli quyidagi hisob-kitoblar tizimi kategoriyalarida ko’zga tashlanadi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling