Mavzu: Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini ishlab chiqarishda agrobiznesni tashkil etish
Qoramolchilikda sut va gòsht ishlab chiqarishni tashkil etish
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
2019 Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini
3.2. Qoramolchilikda sut va gòsht ishlab chiqarishni tashkil etish Respublikamizda chorva mollari bosh sonini ko’paytirish, mahsuldorligini oshirish bilan bir qatorda ularning genofondini saqlash va naslini yaxshilashga katta e’tibor qaratilmoqda. Respublikada 2015 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra yi- rik shoxli qoramollar bosh soni barcha toifadagi xo’jaliklar bo’yicha olganda 10994600 boshni tashkil etadi. Shu jumladan, fermer xo’jaliklarida qoramollar soni 545200 boshni yoki jami qoramollarning 4,96 foizini, dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida 10328100 boshni yoki jami qoramollarning 93,94 foizini va qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 121300 boshni yoki 1,1 foizni tashkil etadi. Qoramollar soni 2014 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 387600 boshga yoki 3,7 foizga ko’paygan. Shu jumladan, fermer xo’jaliklarida 5400 boshga yoki 1 foizga, dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida 370700 boshga yoki 3,72 foizga va qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 11500 boshga yoki 10,5 foizga o’sgan. Barcha toifadagi xo’jaliklar bo’yicha eng yuqori o’sishga 5,5—6,4 foizgacha Andijon, Samarqand, Sirdaryo va Far- g’ona viloyatlarida erishilgan. Bosh soni bo’yicha olganda bir milliondan yuqori bo’lgan Samarqand (1,4), Qashqa daryo(1,3) va Buxoro (1,1) viloyatlari tashkil etadi. Yirik shoxli qoramollarning asosiy qismini tashkil etgan de- hqon va aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklari bo’yicha olganda, eng yuqori o’sishni Andijon (6,6%), Samarqand (6,0%), Sirdaryo(5,8%), Farg’ona(5,5%) va Navoiy(5,0%) viloyatlari tashkil etgan. Respublikada aholining eng zich joylashgan hududiga qaramasdan, Andijon va Farg’ona viloyatlari aholisi qoramolchilikka katta e’tibor qaratayotganlarini ko’ramiz. Mamlakatimizdagi mavjud yirik shoxli qoramollarning hududlar bo’yicha ulushini ko’radigan bo’lsak, Samarqand viloyati 12,8 foizini, Qashqadaryo viloyati 11,92 foizini, Buxoro viloyati 10 foizi- ni, Andijon viloyati 8,77 Qoraqalpog’iston Respublika- si 7,92 foizini, Surxondaryo viloyati 7,31 foizini va Jizzax viloyati 7,0 foizini tashkil etadi. Sirdaryo 22 va Navoiy viloyatlarida qoramollarni ko’paytirish va boqish- ga shart-sharoitlar kengroq bo’lsa-da, bu ko’rsatkich eng kam, ya’ni mos ravishda 3,35 va 3,49 foizni tashkil etgan. Ushbu faoliyat bilan shug’ullanishga barcha ijobiy imkoniyatlari keng bo’lgan hududlar qatoriga Namangan (5,23%), Xorazm (6,87%) va Toshkent (6,86%) viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasini (7,92%) ham ko’rsatish mumkin. Hududlar kesimida olib qaraydigan bo’lsak, barcha toi- fadagi xo’jaliklar bo’yicha jami sigirlarning eng ko’p ulushini Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari, ya’ni mos ravishda 14,81 va 11,2 foizini tashkil etadi. Keyingi o’rinlarni Buxoro, Farg’ona, Toshkent va Andijon vilo- yatlari 9,28—8,13 foiz ulushlari bilan egallaydi. Sigirlarni sut mahsuldorligi bo’yicha hududlar kesi mida tahlil o’tkazadigan bo’lsak, 2014 yi 1 yanvar holati- da barcha toifadagi xo’jaliklar bir sigirning bir yil davomida bergan suti o’rtacha 2097,5 kg ni yoki har kuni o’rtacha 6,88 kgni tashkil etadi. Ushbu toifa bo’yicha eng yuqori mahsuldorlik Namangan viloyatida sutkasiga 8,76 kg ni va eng past ko’rsatkich Qoraqalpog’iston Respublika- sida 3,62 kg ni tashkil etadi. Fermer xo’jaliklari toifasi bo’yicha tahlil qiladigan bo’lsak, eng yuqori ko’rsatkich Farg’ona viloyatida, ya’ni bir sigirdan bir yilda 2385,6 kg yoki sutkasiga 7,82 kg sut olingan bo’lsa, Surxondaryo viloyatida bu ko’rsatkich 891,2 kg yoki sutkasiga 2,92 kg sut olingan. Yuqoridagilar bilan birga chorvachilik mahsulotlarining shartnomaviy baholari inflyasiya darajasini e’tiborga olgan holda oshirilishiga ham davlat tomonidan yordam ko’rsatish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu mahsulotlarni asosan davlat aksiyadorlik korxonalari sotib olmoqdalar. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling