Mavzu: Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini ishlab chiqarishda agrobiznesni tashkil etish
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
2019 Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini
31 XULOSA VA TAKLIFLAR Mamlakat qishloq xo’jaligi iqtisodiyotida chorvachilik tarmoqlarining o’rni va ahamiyati katta. Unda inson salomatligi va qayta ishlash korxonalari uchun zarur bo’lgan turli xildagi mahsulotlar yetishtirilmoqda. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida tarmoqda nodavlat mulkchiligi shakllantirildi. Chorvachilik tarmoqlarining rivojlanish va samaradorlik darajasini aniqlashda tegishli ko’rsatkichlar tizimidan foydalangan maqul. Chorvachilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish darajasi talabni to’liq qondira olmaydi. Bu muammoni hal etish maqsadida tarmoqda huquqiy, tashkiliy, texnikaviy, texnologik hamda iqtisodiy tadbirlar tizimini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish zarur. Mamlakatimizda so’nggi yillarda chorvachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasining “Naslchilik to’g’risida”, “Veterinariya to’g’risida”gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirishni rag’batlantirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi 308-sonli va 2008 yil 21 apreldagi 842 – sonli qarorlari muhim ahamiyat kasb etdi. Tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: Urgut tumani fermer fermer xo’jaliklari umumiy yer maydoni o’rganilgan davrda 31640,0 ga bo’lib, o’rganilgan davr mobaynida o’zgarishsiz qolgan. Tuman fermer xo’jaliklarining 2018 yilda mehnat resurslari soni 64280 kishi bo’lib, 2016 yilga nisbatan 11455 kishiga yoki 21,7%ga oshgan. Moddiy resurslar qiymati esa 2018 yilda 46404,3 mln so’m bo’lib, 2016 yilga nisbatan 3985,7 mln so’m yoki 9,4%ga oshgan. 2018 yilda tuman fermer xo’jaliklari yalpi daromadi 1196465,9 mln so’mni, jami xarajatlar 995638,4 mln so’mni, yalpi foyda esa 200827,5 mln so’mni tashkil etgani holda, 2016 yilga nisbatan 52560,8 mln so’mga yoki 35,5%ga oshgan. Tuman qishloq xo’jaligida 2018 yilda asosiy yetishtirilgan mahsulotlar miqdori: Tamaki – 6793,2 tonna, g’alla - 36115 tonna, sabzavot – 149817,0 tonna. Rentabellik darajasi 2016 yilda 20,4%ni, 2018 yilda 20,2%ni tashkil etib, tahlil qilingan davr mobaynida 0,2 punktga kamaygan. Urgut tumanida o’rganilgan davrda chorva bosh sonida faqat parrandalarda 936 ming bosh yoki 0,7%ga kam bo’lgan bo’lsa, qolgan chorva turlarida 6,6-24,6% miqdorida o’sish kuzatildi. 2016-2018 yillarda go’sht ishlab chiqarish 6,3%ga, sut ishlab chiqarish – 0,4%ga, tuxum ishlab chiqarish – 1,8%ga, asal ishlab chiqarish - 5,8%ga oshgan bo’lsa, jun ishlab chiqarish - 1,8%, qorako’l teri - 1,1%, ovlangan baliq – 8,5% va pilla – 51,0%ga kamaygan. Urgut tumanida 2018 yilda 18576 bosh sigirlar bo’lib, ulardan o’rtacha 1449,7 litrdan sut sog’ib olingan va sut mahsuldorligi 2016 yilga nisbatan 89,3 litr/bosh yoki 5,8%ga kamaygan. Sut ishlab chiqarish miqdori 0,4%ga oshib, undan olingan daromadlar 24,7%ga, xarajatlar 19,7%ga, foyda 98,5%ga oshgan. Sut sotish bahosi 2018 yilda 1129,9 so’m/litr bo’lib, 2016 yilga nisbatan 24,2%ga oshgan. 32 Tannarxning 19,1%ga oshishi, 1 litr sut sotishdan olingan foydaning 97,7%ga oshishiga sabab bo’lgan. Sut sotish rentabelligi 6,8 – 11,3% atrofida o’zgarib, 4,5 punktga oshgan. Urgut tumanida 2016-2018 yillarda go’sht ishlab iqtisodiy ko’rsatkichlarida o’sish kuzatilgan. Tumanda go’sht ishlab chiqarish miqdori – 6,3%ga, jami daromadlar – 20,4%ga, yalpi foyda – 72,8%ga, mahsulot sotish bahosi – 13,3%ga, undan olingan foyda – 62,5%ga oshib, rentabellik darajasi – 8,2 punktga oshgan. Kelgusida Urgut tumanida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo’yicha ishlab chiqarishga quyidagi takliflarni bildiramiz: 1. Naslchilik ishlarini yaxshilash, mustahkam yem-xashak bazasini tashkil etish va zooveterinariya tadbirlarini o’z vaqtida o’tkazish kabilar hisobiga mollar va parrandalar mahsuldorligini oshirish. 2. Mehnat unumdorligi va mollar mahsuldorligini oshirish hamda xarajatlardan tejab-tergab foydalanish evaziga mahsulotlar tannarxini arzonlashtirish. 3. Podada naslli mollar salmog’ini oshirish, ularrbop ozuqa bazasini yaratish va ishlovchilar manfaatdorligini oshirish kabilar hisobiga mahsulot sifatini yaxshilash va boshqalar. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling