Mavzu: Dalolatnoma. Ma'lumotnoma turlari Majlis bayoni. Hisobot Xizmat yozishmalari Xatlar Bayonnomalarning turlari. Hisobot turlari. O'quv amaliyoti hisoboti. Xizmat xatlarining turlari. So'rov xati. Iltimos xati


Download 52 Kb.
bet7/15
Sana05.05.2023
Hajmi52 Kb.
#1427838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Dalolatnoma

Hisobot turlari.
Hisobot turlari va shakllari
Iqtisodiy mazmuni va hisobot ko‘rsatkichlarini olish man bayiga ko‘ra hisobot ikki tuiga bo'linadi:
• buxgalteriya hisoboti;
• statistika hisoboti.
Buxgalteriya va statistik hisobot awalgi xo‘jalik yuritish 
tizimida bitta davlat hisoboti deb qaralar edi. Ular, aso­
san,yuqori tashkilotlaiga moliya organiga, bank muassasasi- 
ga, statistik organiga topshirilar edi. Bunday sharoitda bux­
galteriya hisoboti statistik hisoboti o‘rtasidagi farq sezilmas 
edi. Ammo ular o‘rtasidagi eng muhim farq ko‘rsatkichlar 
mazmunida va tegishli hisobot shakllarini tuzish usulidadir. 
Statistik hisoboti, tezkor-texnik, statistik va buxgalteriya hi­
sobining ma’lumotlari asosida tuzilsa, buxgalteriya hisoboti 
esa asosan xo‘jaliklar bilan tasdiqlanadigan buxgalteriya hi­
sobi yozuvlari asosida tuziladi.
Buxgalteriya hisobotida asosan umumiy ko‘rsatkichlardan 
foydalaniladi. Masalan, korxona mablagUari, balans foydasi 
va h.k. Statistika hisoboti bo‘lsa, absolut miqdorlar bilan birga 
nisbiy va o‘rta miqdorlar haqida ma’lumot beradi. Masalan, 
foizlaming o‘sish darajasi, o‘rtacha daraja u yoki bu ko'rsat- 
kichlaming o‘sish yoki pasayish dinamikasi va boshqalar.
Buxgalteriya hisoboti xo‘jalik faoliyati haqidagi asosiy 
ta’minot manbayidir. U birinchidan, korxonaning o‘ziga 
kerakdir. Ikkinchidan - korxonada ishlamaydigan shaxslar- 
ga (aksiyadorlik jamiyatlarida), ya’ni o‘z mablag‘ini ulush 
sifatida qo‘ygan aksiyadorlar va boshqa kreditorlarga kerak. 
Uchinchidan hisobot davlatning soliq va boshqa organlariga 
kerak. Buxgalteriya hisoboti turli moliya va tijorat tuzilma- 
lari, biijalar, banklar uchun kerak.Ular qimmatli qog‘ozlar- 
ning oldi-sottisini olib boradilar.

Buxgalteriya hisoboti awalombor korxona mulki tarkibini 


hamda korxona moliya natijalarini harakterlaydi. Undan tash- 
qari bu hisobotda boshqa korxonalar bilan bo‘ladigan hisob-ki- 
toblar, moliya organlari va bank muassasalari bilan bo‘ladigan 
hisob-kitoblar aks ettiriladi. Hisobot ma’lumotiarining mana 
shunday to‘liq berilishi shu bilan xarakterlanadiki, korxona 
mustaqil iqtisodiy obyekt deb qaraladi.
Statistika hisoboti o‘z oldiga xarajatlar jarayoni ustidan 
umumiy nazoratni amalga oshirishni mo‘ljallaydi. Statistika 
ayrim olingan korxonaga mustaqil obyekt emas, balki butun 
xalq xo‘jaligining bir qismi deb qaraydi. Statistika hisoboti 
hudud, tarmoq bo‘lsa, ma’lum bir ko‘rsatkichlami bajaril- 
ishini nazorat qilib, ular to‘g‘risida ma’lumot beradi. Shunga 
qarab, statistika hisoboti shakllanib boradi.
Hisobot xalq xo‘jaligidagi ahamiyatiga qarab quyidagi ikki 
turga bo‘linadi:
umumdavlat hisoboti;
• korxona ichidagi hisobot.
Umumdavlat hisoboti Moliya vazirligi va Davlat Statistika 
qo‘mitasi tomonidan belgilangan shakl va tartibda tuziladi 
va tegishli organlarga o‘z vaqtida topshirilishi lozim bo‘ladi.
Korxona ichidagi hisobot esa qisqa bo‘lib, shu korxona 
ichida foydalaniladi. Masalan, kassir hisoboti, moddiy javob- 
gar shaxs hisoboti va ma’lum bir tashkiliy-texnikaviy tad- 
birlami amalga oshirish rejalarining bajarilishi haqidagi hiso­
bot. Bu hisobotlar korxona rahbari, bosh buxgalter belgilagan 
muddatda tegishli bo‘limlarga, ya’ni boshqaruv bo‘limiga 
asosan buxgalteriya bo‘limiga, topshirilishi lozim.
Hisobotda bir korxona ko‘rsatkich ma’lumotlari yoki bir 
necha korxona ko‘rsatkich ma’lumotlari ko'rsatilgan bo‘lishi 
mumkin. Demak, shu xususiyatiga ko‘ra, hisobotni quyidagi 
ikki turga ajratish mumkin:
• dastlabki hisobot;
• yig‘ma hisobot.

Yig‘ma hisobot birlashmalar, assotsiatsiyalar, aksiyadorlik 


jamiyatlari, boshboshqarmalar, vazirliklar, tarmoqning bosh­
qa yuqori tashkiloti tomonidan tuziladi.
Hisobotni tuzish va topshirish muddatiga ko'ra esa quy­
idagi turlarga ajratish mumkin:
• yil ichidagi (davomidagi) hisobot;
• yillik hisobot.
Yil ichidagi hisobot esa, oylik, choraklik va yarim yillik 
bo‘ladi.



Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling