Mavzu: Dars berishning yozma va og'zaki usullaridan foydalanish Reja


Download 44.94 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi44.94 Kb.
#1150714
Bog'liq
ogzakiiiii


Mavzu: Dars berishning yozma va og'zaki usullaridan foydalanish
Reja:
1. Ta’limni tashkil etishning asosiy shakli.
2. Dars berishda qo`yiladigan asosiy talablar.
3. Ma’ruza turlari: kirish, axborot, muammoli, vizual aloqa, binar.
4. Yozma va og’zaki dars berish usullari.
Ta'limni tashkil etishning asosiy shakli maktabda dars va oliy maktabdagi ma'ruza hisoblanadi. Biror bir ta'limni tashkil etish shakli o'quv ishlari masalasi va usullariga qarab tuzilishini va modefikatsiyasini o'zgartirishi mumkin. Misol uchun, dars — o'yin, dars - konferensiya, dialog, amaliyot va muammoli ma'ruza, binar, ma'ruza — telekonferensiya va boshqalar. Maktabda darslar bilan birga boshqa tashkiliy shakllar ham qo'llaniladi (laboratoriya praktikum, mustaqil uy ishi, fakultativ, to'garak). Ma'lum nazorat shakllari ham mavjud bo'lib ular: og'zaki va yozma imtihonlar, nazorat va mustaqil ishlar, nazorat, test topshirish, suhbat o'tkazish shular jumlasidandir. Oliy maktabda ma'ruzadan tashqari o'qitishning boshqa tashkiliy shakllaridan ham foydalaniladi — seminar, laboratoriya ishi, amaliy mashg'ulot talabalarning mustaqil ishi, ishlab chiqarish amaliyoti, boshqa o'quv yurtida yoki chet el o'quv yurtida stajirovkada bo'lish va shu kabilar. Ta'limning natijalarini baholash va nazorat qilish shakli sifatida imtihonlar, nazoratlar, baholash reyting tizimidan, referat, kurs ishlari va diplom ishidan foydalaniladi.
Dars tiplari quyidagilardan iborat:
Aralash dars. Uning tuzilishi: tashkiliy qismi, uy ishini tekshirish, yangi materialni o'rgatish, yangisini ilgari o'rganilgan material bilan solishtirish va mustahkamlash, amaliy topshiriqlarni bajarilishi, darsga yakun yasash va uyga topshiriqlar berish.
Yangi materiallarni o'rganish darsi odatda, katta sinf o'quvchilarini o'qitishda qo'llaniladi. Ushbu turdagi dars doirasida quyidagi darslar olib boriladi - ma'ruza, muammoli dars, dars — konferensiya, kino dars, dars — tadqiqot.
Bilimlarni mustahkamlash, ko'nikma va malakalarni shakllantirish darsi seminar, amaliy, ekskursiya, mustaqil ishlar hamda laboratoriya amaliyoti ko'rinishida olib boriladi.
Umumlashtirish va tizimlashtirish darsi fanni to'liq o'zlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan dasturning asosiy masalalari bo'yicha o'quv materialining katta qismlarini tizimli takrorlashga qaratilgan. Bunday darsni o'tishda o'qituvchi o'quvchilar oldiga muammoni qo'yadi, qo'shimcha ma'lumotlar olish manbalarini ko'rsatadi hamda o'xshash masala va amaliy mashqlar beradi,
topshiriqlar va ijodiy xarakterdagi ishlarni topshiradi. Bunday dars paytida o'quvchilarning uzoq vaqt davomida — chorak, yarim yillik, o'quv yili davomida bir necha mavzular bo'yicha bilim, mahorat va ko'nikmalari tekshiriladi, baholanadi.
Bilim, mahorat va ko'nikmalarni nazorat qilish hamda tuzatish darsi o'qitish natijalarini baholash uchun, o'quvchilarning bilim darajasini diagnostika qilish, o'quvchilarning o'z bilimlarini qo'llashga tayyorliklari, o'qitishning turli vaziyatlarida mahoratlari va ko'nikmalarini tekshirish uchun moijallangan. Bunday darslarning ko'rinishlari og'zaki yoki yozma so'rov, diktant, masala va misollarni ifoda etish yoki mustaqil yechish, amaliy ishlarni bajarish, imtihon,
mustaqil yoki nazorat ishi, test olish bo'lishi mumkin. Yakuniy dars
natijalariga qarab keyingi mashg'ulot odatiy xatolarni, bilimdagi kamchiliklarni tahlil qilishga, qo'shimcha topshiriqlarni belgilashga bag'ishlanadi.
Maktab amaliyotida darsning boshqa turlaridan — dars muso-baqa, maslahat, bir-birini toidirish ma'ruzasi, fanlararo dars, o'yin kabilardan foydalaniladi.
Har qanday ma'ruzaning umumiy tuzilishini asosi — bu mavzuni bayon etish, rejani va mustaqil ishlash uchun tavsiya etiladigan adabiyotlarni ko'rsatish, keyin esa — ko'rsatilgan ishning rejasiga qat'iy amal qilishdir. Ma'ruza o'qishga qo'yiladigan asosiy talablar sifatida quyidagilar shart deb hisoblanadi.
Ifoda etilayotgan ma'lumotlarning yuksak ilmiy darajadaliligi,
odatdagidek dunyoqarash ahamiyatiga egaligi.
Zamonaviy ilmiy ma'lumotlarning aniq tizimlashtirilgan va
metodik qayta ishlab chiqilgan hajmlari.
Bildirayotgan fikr-mulohazalarining isbotlanganligi va
asoslanganligi.
Keltiriladigan ishonchli isbotlar, misollar, tekstlar va
hujjatlarning yetarlicha bo’lishi.
Fikrlari aniq, tushunarli bayon etilishi va eshituvchilar fikrlashlarini faollashtirish, muhokama etilayotgan muammolar bo'yicha mustaqil ishlar uchun savollarning qo'yilishi.
Qo'yilgan muammoni hal etish uchun turli nuqtayi nazarlarni
keltirib chiqarish, xulosalarni ifoda etish.
Kiritilayotgan termin va nomlarni tushuntirish: fikr-mulohazalarni talabalarga eshitishga, fikrlash va ma'lumotlarni qisqacha yozib olishga imkon berish.
Auditoriya bilan pedagogik aloqa o'rnatish mahorati.
Tekst, konspekt, bloksxemalar, chizmalar, jadvallar, grafiklar, asosiy materiallarini qo'llash.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib ma'ruza quyidagi turlarga ajratiladi:
Kirish ma'ruzasi o'quv fani haqida birinchi yaxlit tasawurni
beradi va talabalarni ushbu kurs bo'yicha ishlash tizimiga yo'naltiradi.
Ma'ruzachi talabalarni kursning vazifasi va masalalari bilan
tanishtiradi. O'quv fanlari va mutaxassislar tayyorlash tizimidagi uning
roli va o'rni bilan tanishtiradi. Kursning va fanning rivojlanish davri,
amaliyoti, bu sohadagi yutuqlar, mashhur olimlar nomlari bo'yicha
qisqacha ma'lumotlar beradi, tadqiqotlar istiqbolli yo'nalishlarini ifoda
etib beradi. Bu ma'ruzada kurs doirasidagi ishlar metodik va tashkiliy
xususiyatlari ko'rsatib beriJadi hamda talabalarga tavsiya etiladigan
o'quv-metodik adabiyotlar tahlili beriladi, shuningdek, hisobot shakli
va muddati belgilanadi.
Axborot-ma'ruza tushunib olish esda qolishi kerak bo'lgan
bilimlar zaxirasini talabalarga ilmiy ma'lumotlarni bayon etish va
tushuntirishga qaratilgan. Bu oliy maktab tajribasida eng odatiy bo'lgan
turdir.
Obzorli ma'ruza — bu aniqlashtirish va detallashtirishsiz fan ichidagi va fanlararo aloqalarni ochib berishdagi bayon etiladigan ma'lumotlarni anglab yetish jarayonida ko'p sonli assotsiativ bogiiqliklarga asoslanishi mumkin. Yuqori darajada hisoblangan ilmiy bilimlarni tizimlashtirishdir. Odatda, bayon etiladigan nazariy qoidalar asosini butun kursning yoki uning katta bo'limining ilmiy-tushunchali va konseptual asosi tashkil etadi.
Muammoli ma'ruza. Bu ma'ruzada bilimlar masalaning, savol yoki vaziyatning muammoliligi orqali beriladi, shu bilan birga idrok etish jarayoni o'qituvchi bilan hamkorlik suhbatlari bilan tadqiqotchilik faoliyatiga yaqinlashadi. Muammoning mazmuni uning yechimini izlashni tashkil etish yo'li bilan yoki an'anaviy va zamonaviy nuqtayi nazarlarni qo'shish va tahlil qilish yo'li bilan ochib
beriladi.
Ma'ruza-vizual-aloqa. Ma'ruza materiallarini O'TV vositalari yoki audio-video texnikalari yordamida ko'rsatib yetkazib berishdan iborat boiadi Bituday ma'ruzani o'qish ko'rilayotgan materiallarni keng va qisqacha izohlab berishdan iborat bo'ladi.
Binar ma'ruza — bu ma'ruzani ikki o'qituvchi suhbati shaklida
o'qish turi hisoblanadi, ya'ni ikki ilmiy maktab vakillari sifatida yoki
olim va amaliyotchi, o'qituvchi va talaba o'rtasida va boshqalar.
Oldindan xatolar ko'zda tutilgan ma'ruza — talabalarni
berilayotgan ma'lumotlarni doimiy kuzatib borishga rag'batlantirishga
mo'ljallangan (mazmunida xatoni izlash: metodologik, metodik,
orfografik). Ma'ruza yakunida tinglovchilarni diagnostika qilish va yo'l
qo'yilgan xatolarni tahlil qilish amalga oshiriladi.
Ma'ruza-konferensiya - oldindan qo'yilgan muammo 5-10
minut davom etadigan axborotlar tizimi bilan ilmiy-amaliy mashg'ulot
sifatida o'tkaziladi. Har bir chiqishi o'qituvchi taklif etgan dastur
doirasida tayyorlangan mantiqiy yakunlangan matndan iborat boiadi.
Beriladigan matnlar birgalikda muammoni har tomonlama yoritib
beradi. Ma'ruza yakunida o'qituvchi talabalarning mustaqil ishlari va
chiqishlarini toidirib yoki taklif etilgan ma'lumotlarga aniqlik kiritib
yakun yasaydi va asosiy xulosalarni shakllantiradi.
Ma'ruza-konsultatsiya — turlicha ssenariyda o'tkazilishi
mumkin. Birinchi varianti «savol-javoblar» usulidc tmalga oshiriladi.
Ma'ruzachi butun ma'ruza vaqti davomida bir bo'lim /old bir kurs
bo'yicha talabalarning savollariga javob qaytaradi.
Bunday ma'ruzalarning ikkinchi varianti «bahs-munozara» usulida o'tkazilib bu uch xilda olib boriladi: ma'ruzachi yangi o'quv ma'lumotlarini bayon etadi, savol qo'yiladi, qo'yilgan savolga javob izlashda tortishuvlar, muhokama tashkil etiladi.
Maktabda o'quv jarayonini tashkil etish turlarining juda ko'pligi va turli tumanligiga qaramay ularning har bir turi va ko'rinishi ma'lum didaktik masalalar to'plamini hal etadi va o'z vazifasini bajaradi. Ularning turli-tumanligi amalda maktab va oliy o'quv yurtlari o'qituvchilarining ijodi va mahorati haqida xabar beradi, o'z ishlari samaradorligidan mafaatdorliklarini bildiradi. Shunga ko'ra o'quv ma'ruzasi uning tuzilish komponentlari haqida ma'lumot berishi lozim.
I. O'quv ma'ruzasining tuzilishi (V.Ya.Lyaudis bo'yicha)
1.Ma'ruza mavzusi, mavzusini tanlashni asoslash.
2.Mavzuning butun kurs tizimidagi o'rni va ahamiyatini aniqlash
(konspekt).
3.Mavzu bo'yicha adabiyotlarni tanlab olish (o'qituvchi uchun
adabiyotlar, talabalarga tavsiya etiladigan adabiyotlar).
II. Ma'ruzani tashkil etish shakllari
1. Auditoriya (tinglovchilar tayyorgarligi xususiyatlari va darajasi).
Ma'ruzaning maqsadlari (butun fan mazmunini
birlashtiruvchi) ma'razaning mazmuni, asosiy g'oyalari.
Asosiy mazmunini amalga oshiruvchi ma'ruzaning vazifalari:
a) vazifaning tarkibi va ketma-ketllik tartibi;
b) vazifalarning xususiyatlari: informatsion-analitik, tizimlashtiruvcni, muammoli;
d) ko'rsatilgan vazifalarni hal etish uchun talabalarga zarur bo'lgan vositalar;
e) qo'yilgan masalalarni hal etishda tinglovchilarda o'qituvchi
yuzaga keltiradigan emotsional holatlari va munosabatlari.
4. Ma'ruzani tashkil etish shakli:
a) fikrni monologik bayon etish;
b) evristik suhbat elementlari bilan monolog;
v) evristik suhbat;
g)audio video namoyish etish vositalariga tayanilgan monolog;
d) dialog-tortishuv (muhokama etilayotgan muammo bo'yicha ikki qarama-qarshi nuqtayi nazarni ifoda etuvchi ikki o'qituvchining tortishuvi).
III. Ma'ruza mazmuni
1.Ma'ruza mazmuni rejasi va konspekti.
2.Yaxlitligi,'tizimliligi, ketma-ketligi, tushunarliligi, yaqqolliligi, isbotliligini ta'minlovchi o'quv vositalari va didaktik uslublari (konspekt chetida ajratib ko'rsatiladi).
IV. Ma'ruza davomida o'qituvchining yaxlitlik obrazi
1.Ma'ruza mazmunining har bir bo'limi bo'yicha masalalarni yechish jarayonida o'qituvchining talabalar bilan hamkorlik qilish usullari (birgalikda masalalarni yechish, namunaga taqlid qilish, sheriklik).
2.Bayon etishning tipik shakli (leksika, grammatika, stilistika).
3.O'qituvchining auditoriya bilan emotsional munosabati, noverbal munosabat vositalari (imo-ishora, mimika, patomimika, vokal mimika, intonatsiya, ovozi balandligi, sur'ati, tezligi, pauzasi).
I. Seminar mashg'ulotlari tuzilishi. I. Mashg'ulot mavzusi
Mavzu tanlashni asoslab berish.
Kurs dasturidagi o'rnini aniqlash.
Mashg'ulot maqsadi, vazifalari: ta'limiy, tarbiyaviy, metodik.
Adabiyotlarni o'qib chiqish, hajmi, matnning murakkabligini
hisobga olib adabiyotlarni tanlashni asoslab berish.
II. Seminarni tashkil etisb shakli
1.Auditoriya tayyorgarligi xarakteri bilan bog'liq seminar o'tkazish shaklini tanlashni asoslab berish:
- savol-javobli;
- reja asosida keng suhhat;
- o'zaro tanqidiy baholab axborot berish;
- yozma referatlarni munozara elementi bilan muhokama qilish.
- guruhli muhokama: yo'naltirilgan, erkin o'quv-rolli o'yin.
2.Talabalarni adabiyotdagi mavzu, masalalar, obyektlar, mashg'ulot xususiyati, muhokama ishtirokchilari rollarini taqsimlash, referatlar, hisobotlar, talabalar, mavzuni muhokama qilish shakli va xususiyatiga dastlab yo'naltirish dasturi.
III. Mashg'ulot borishini rejalashtirish va konspektlar tayyorlash
1.Mashg'ulot mazmuni dasturi: mavzuning asosiy bo'limlari,
uning vazifalari, ko'rilayotgan muammoni hal etilishi davomida asosiy
qarama-qarshiliklarni qayd etish.
2.Dastur bo'limlari mazmunini konspektlashtirish. Ko'rilayotgan
nuqtayi nazarlarni asosliligi va isbotlanganligi, qarama-qarshiliklarni
aniqlashni ta'minlovchi didaktik uslublarni ko'rsatish. Guruhli
muhokama shaklini ko'zda tutuvchi qoidalar va vazifalarni ko'rsatish.
Mashg'ulotning turli bosqichlarida guruhlar aloqalari uslublari.
3.Seminar mashg'ulotida muhokama etilgan mavzu bo'yicha
xulosalar, seminar mashg'ulotini o'tkazgandan keyin uning borishini
o'rganib chiqish.
Laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar psixologiya kursini o'qitishning ajralmas qismi hisoblanadi. Ularda rns'ruzalarda olingan nazariy bilimlarini faollashtiradi, mustahkamlaydi va aniqlashtiradi. Laboratoriya mashg'ulotlarida talabalar psixologik tadqiqotiarning oddiy usullari va ko'nikmalarini o'zlashtiradilar, ulardan keyinchalik maktabda kundalik ishlarida foydalanishlari mumkin bo'ladi.
Bu yerda ular o'tkaziladigan tajribalarda tekshirilayotganlar sifatida ishtirok etadilar va ularni mustaqil o'tkazishga o'rganadilar. Tajribalarda ishtirok etish va turli test topshiriqlarini yechish talabalarda alohida qiziqish uyg'otadi, chunki bu ularga o'zlarini anglab yetishga, mavjud psixologik sifatlarini o'rganishga, o'zining rivojlanganlik darajasini aniqlashga imkon beradi.
Turli psixologik masalalarni yechishda ham talabalar o'z bilimlarini amalda ko'rsatishlari mumkin. Shunga o'xshash masalalarni hal etib, talabalar yana bir bor bo'lajak amaliy ishlari uchun psixologik bilimlarning zarurligiga ishonch hosil qiladilar. Amaliy mashg'ulotlarda masalalardan foydalanish o'qituvchiga ham o'quv materialini o'zlashtirib borishi va shu bilan bu jarayonni nazorat qilishni kuchaytirishga yordam beradi.
Amaliy mashg'ulotlarda kompyuter texnikasidan foydalanish talabaning butun intellektual imkoniyatlarini maksimal darajada jamlaydi, faqatgina nazorat qilish va amalga oshirishni ta'minlaydi, bu talabani o'ziga baho berishini shakllanishiga va uning shaxsini tarkib topishiga yordam beradi.
Laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarni o'tkazishda qo'llanilishi mumkin boigan ishlarning turli xillari mavjud. Ularning har biri aniq mashg'ulotni tanlab olish, mashg'ulot mavzusini va o'qituvchining real imkoniyatiga, shu jumladan, texnik imkoniyatlarga ham bog'liq bo'ladi. Umumiy talablar esa o'qituvchining talabalarni tayyorlash hamda har bir mashg'ulot oldidan tekshirish kiradi.
Tajriba ishlarini bajarish uchun talabalar ikkita daftarga ega bo'lishlari kerak: ish davomida yozuvlarni qayd etib borish uchun va ishlari natijalarini yaxshilab ishlab chiqib, tartibga solib hisobot berish uchun kerak bo'ladi. Hisobot daftarida bayonnoma rasmiylashtiriladi. U yoki bu usul bilan maktabda olingan ma'lumotlar asosida mashg'ulotlarni maktab materiallarida o'tkazsa yaxshi bo'ladi. Bu psixologiya bo'yicha o'quvchi bilimlarini chuqurlashtiradi va aniqlashtirish imkonini beradi, yosh psixologiyasi masalalariga qiziqishini oshiradi.
О‘qitishni tashkil etish shaklining paydo bо‘lishi insoniyat jamiyatining rivojlanishi bilan birga amalga
oshgan. О‘quv jarayonini tashkil etishning eng qadimiy shakli - balki yakkalashtirilgan о‘qitish bо‘lsa kerak.
О‘qitishning keyingi bosqichi - yakkalashtirilgan-guruhiy о‘qitish usuli bо‘lgan. XVII asr boshlarida о‘quv jarayonini tashkil etishning bunday shakli jamiyat talabiga javob bera olmay qolgan va guruhiy о‘qitishning dastlabki kurtaklari paydo bо‘lib, keyinchalik ular sinf-dars tizimining asosi bо‘lib xizmat qilgan. Odatda, sinfdars tizimini ishlab chiqish va joriy qilinishini mashhur didakt Y.A. Komenskiy nomi bilan bog‘laydilar. О‘qitishni tashkil etishning bunday shakliga quyidagilar xosdir:
•mashg‘ulotning asosiy birligi darsdan iborat;
• sinfda о‘quvchilar yoshlariga kо‘ra birlashtiradilar;
•maktabda о‘qitishning davri;
•mashg‘ulotlar barcha uchun majburiy;
• tо‘liq yil uchun mashg‘ulot, tanaffus va ta’til jadvallari mavjud;
• sinfdagi barcha о‘quvchilarning ishini yagona reja asosida, bir mavzu bо‘yicha amalga oshiriladi;
• о‘quv jarayoniga о‘qituvchi rahbarlik qiladi.
Interfaol dars bosqichlari. Interfaol darsning vaqtlar bо‘yicha bosqichlari (taxminiy tuzilishi) quyidagicha bо‘lishi mumkin:
1-bosqich. Motivatsiya va yangi mavzuni e’lon qilish - dars umumiy davomiyligining 10 foizi;
2-bosqich. Avvalgi darsda о‘tilgan materiallarni mustahkamlash (takrorlash) - dars umumiy davomiyligining 20 foizi;
3-bosqich. Yangi materialni о‘rganish - dars umumiy davomiyligining 50 foizi;
4-bosqich. Baholash - dars umumiy davomiyligining 10 foizi;
5-bosqich. Darsga yakun yasash (debrifing 80, refleksiya 81) - dars umumiy davomiyligining 10 foizi.
Albatta, ushbu dars tuzilishidagi vaqtlar taqsimotini shartli qabul qilish mumkin. Darsning о‘ziga xos xususiyatlari (mavzu, foydalinalaëtgan metod, qо‘llanilaëtgan texnologiya, о‘qitish davri, darsning turi va boshqalar)ga va о‘qituvchining ixtiyoriga kо‘ra, u yoki bu bosqich vaqtlari qisqarishi yoki uzayishi mumkin. Lekin, darsda yuqoridagi bosqichlarining barchasini foydalanish maqsadga muvofiq bо‘ladi. Interfaol darsning sifatiy bosqichlari. Motivatsiya – darsning boshlang‘ich bosqichi bо‘lib, о‘quvchilarni diqqatini о‘rganilayotgan materialga qaratish, ularni qiziqtirish, materialni zarurligi va foydaligini kо‘rsatishga mо‘ljallangan. О‘quv materialarini о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirish samaradorligi kо‘p jihatdan motivatsiyaga bog‘liq. Mustahkamlash – materialni о‘quvchilar tomonidan nafaqat butunlay о‘zlashtirish va qiziqtirishni kо‘taradigan, balki ularning ongida ushbu predmetda qо‘llanilaëtgan bilim va metodlarning ketma-ket mantiqiy tuzilishini shakllantiradigan darsning muhim bosqichidir. Yangi materialni о‘rganish – darsning bosh maqsadli bosqichi bо‘lib, unda о‘quvchilar yangi bilimlar oladilar. Ushbu bosqichda asosiy e’tiborni о‘quvchilar bajarish mobaynida zaruriy bilim, kо‘nikma va malaka olishlariga imkon beradigan vazifalar tanlanishiga qaratish kerak. Vazifalarni tanlashda bundan 3500 yil avval buyuk Xitoy mutaffakiri Konfusiy tomonidan aytilgan «Eshitaman va esdan chiqaraman, kо‘raman va xotiraga olaman, bajaraman va tushunaman» degan dono gaplarini yodda tutmoqlik lozim. Baholash – о‘quvchilarni bilim olishlarini rag‘batlantiradigan darsning muhim bosqichidir. Baholash egiluvchan, ochiq, xolis va haqqoniy bо‘lgandagina, rag‘batlantiruvchi bо‘lishi mumkin, aks holda, о‘quvchilarni о‘rganayotgan fanidan bezishlari va unga qiziqishlarini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun, darsning ushbu bosqichida ehtiëtkorona ish tutilishi lozim. Bu bosqichda jamoaviy, о‘z-о‘zini, guruhlardagi va sh.k. baholashlarni qо‘llash maqsadga muvofiq. Interfaol darslarda – ballarni tо‘plash va jamoaviy baholash yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin. Debrifing –tajribada qatnashayotgan subyektga tajriba maqsadlarini ma’lum qilish va agar, zarurat bо‘lsa, yolg‘on yoki tadqiqotga zarar keltiradigan elementlarni qо‘llamasliklari haqida axborot. Reflеksiya (lot. reflexio — orqaga murojaat) - inson diqqatini о‘ziga va о‘zining shaxsiy faolligiga qaratish, shuningdek ularni qandaydir qayta tushunish. Debrifing – darsga yakun yasash. Darsning yakuniy bosqichida darsda о‘tilgan materiallardan о‘quvchilarga nimalari ma’qul bо‘lgani, nimalar ëqmaganligi sо‘raladi va mos takliflar yig‘iladi, о‘tilgan materiallar umumlashtiriladi hamda kundalik turmush bilan bog‘lanadi, bu bilan о‘quvchilarni keyingi materiallarni mustaqil ravishda chuqurroq о‘rganishga yо‘naltiriladi.
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk chex pedagogi Y. A. Komenskiy (1592—1670) tarixda birinchi bо‘lib maktab ta’limida sinf — dars tizimini yaratdi.Y. A. Komenskiyning ta’limni tashkil kilish xakidagi karashlari bir kator jiddiy karshiliklarga uchragan bо‘lsa xam garb mamlakatlariga juda tez tarkaldi va ta’limni tashkil kilishning birdan-bir shakli deb e’tirof etildi. Sinf — yoshi va bilimi jixatdan bir xil bо‘lgan ma’lum mikdordagi о‘kuvchilar guruxidir. Dars deb bevosita о‘qituvchining raxbarligida muayyan о‘quvchilar guruxi bilan olib boriladigan ta’lim mashgulotiga aytiladi.Dars — о‘quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir. Dars — о‘quv ishlarining markaziy qismidir. Maktablarimiz bosib о‘tgan tarixiy davr ichida ta’limni tashkil kilish shakllari о‘zgardi, rivojlandi. xozir maktablarimizda qо‘llanilayotgan sinf — dars tizimi kuyidagi tashkiliy shakllarda olib boriladi:
1. Xar kaysi sinf yoshi va bilimiga kо‘ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruxiga ega bо‘ladi.
2. Dars mashguloti asosan 45 minutga mо‘ljallangan bо‘lib, kat’iy jadval orkali olib boriladi.
3. Dars bevosita о‘kituvchining raxbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi.
4. Dars о‘tilayotgan materialning mazmuniga karab xilma-xil usul bilan olib boriladi, ta’lim tizimining
bir kismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni о‘zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib uyushtiriladi. Ayni paytda, maktablarimizda ta’limni tashkil kylish shakllari ikki turda olib borilmoqda.
1. Sinf— dars shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar.
2. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar. Sinf—dars shaklida olib boriladigan mashgulot о‘qituvchining kundalik о‘quv materialini tizimli bayon qilib berishni, xilma-xil usullardan foydalanishini, о‘quvchilarning bilim, kо‘nikma va malakalarini izchillik bilan xisobga olib borishni, о‘quvchilarni mustakil ishlashga о‘rgatishni о‘z ichiga oladi. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar sinf sharoitidan tashqarida, о‘quv ustaxonasi, tajriba yer uchastkalarida ekskursiyalar о‘tkazish yо‘li bilan olib boriladi.
Xozirgi zamon didaktikasi kо‘p yillar davomida tо‘plangan о‘qitish qoidalari, fan yutuqlari va ilg’or tajribalar asosida boyib bormoqda deyishga asos bor. Ammo о‘quv jarayonining xamma qismlarini о‘qitishni tashkil kilishning mazmuni, usullari, vositalari va shakllari bilan munosabatlari yaxshi ochib berilmagan. Bularning xammasi didaktik koidalardan amalda foydalanishni kiyinlashtiradi. Maktab oldida turgan yangi vazifalar va extiyojlar о‘kuvchilarga beriladigan ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, uni yanada rivojlantirish va yuqori bosqichga kо‘tarishni talab qiladi. О‘qituvchi о‘zining aniq sharoitlari va imkoniyatlariga kо‘p mos keladigan о‘quv jarayonini ongli ravishda tanlab olishi foydadan xoli emas. Bu ish darsning muxim tomonlarini tanlashdagi tavakkalchilikka, bilim, kо‘nikma va malakalarni о‘zlashtirish jarayonini boshqarishga qandaydir tasodifiy yondashishga yо‘l qо‘ymaydi.
Dars, yuqorida aytib о‘tilganidek, о‘kitishni tashkil etishning о‘zgarmas shakli emas. О‘quv amaliyoti va pedagogik tafakkur doimo uni takomillashtirish yо‘llarini izlaydi. Bu soxada turli xil kо‘rik-tanlovlar, jumxuriyat miqyosida о‘tkazilayotgan pedagogik о‘kishlarda о‘rtaga kо‘yilayotgan ilgor о‘qituvchilarning fikr va muloxazalari diqqatga sazovordir. Turli-tuman fikr va muloxazalarni xisobga olgan xolda dars quyidagi umumiy didaktik talablarga javob berishi lozim:
Xar bir dars ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rejalashtirilgan bо‘lmogi lozim.
2. Xar bir dars mustaxkam g’oyaviy-siyosiy yо‘nalishga ega bо‘lmog’i lozim.
3. Xar bir dars turmush bilan, amaliyot bilan bog’langan bо‘lmog’i lozim.
4. Xar bir dars xilma-xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan xolda olib borilmog’i lozim.
5. Darsga ajratilgan xar bir soat va dakikalarni tejab, undan unumli foydalanmoq lozim.
6. Xar bir dars о‘kituvchi va о‘kuvchilarning faolligi birligini ta’minlamog’i lozim.
7. Darsda о‘quv materiallarining mazmuniga oid kо‘rsatmali kurollar, texnika vositalari va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoq lozim.
8. Dars mashgulotini butun sinf bilan yoppasiga olib borish bilan xar qaysi о‘kuvchining individual xususiyatlari, ularning mustakilligini oshirish xisobga olinadi.
9. Xar bir darsda mavzuning xarakteridan kelib chikib, xalkimizning boy pedagogik merosiga murojaat qilish va undan foydalanmoq imkoniyatini izlamoq lozim.
Dars - о‘qituvchining ijodidir. Hatto, bir mavzu bо‘yicha, bir xil texnologiyadan foydalanib о‘tilgan dars ham, har bir о‘qituvchida о‘ziga xos va turlicha bо‘ladi. Ixtiyoriy dars aniq maqsadga ega bо‘lmog‘i kerak. Zamonaviy didaktikada darsning quyidagi turlari mavjud:
• yangi о‘quv materiallarini о‘rganish va mustahkamlash;
• kо‘nikma va malakalarni shakllantirish va takomillashtirish;
• bilimlarni umumlashtirish va tartibga solish darsi;
• bilim, kо‘nikma, malakalarni nazorat qilish va tо‘g‘rilash;
• birlashgan.
Dars turlari:
an’anaviy (yoki standart, uning tuzilishi: so’rash, tushuntirish, mustahkamlash, uyga vazifa berish),
zamonaviy (uning tuzilishi: didaktik (asosiy), mantiqiy - psixologik, motivlangan va uslubiy);
noan’anaviy (yoki nostandart), uning turlari:
➢ muammoli;
➢ texnologik;
➢ virtual;
➢ musobaqa va o’yin (tanlov, turnir, estafeta, duel, KVN, tadbirli, rolli (rassom, loyihachi, bezatuvchi, muharrir, rejisser va hokazo), krossvord, viktorina);
➢ ijtimoiy amaliyotga ma’lum bo’lmagan ish shakllari, janrlari va uslublariga asoslangan (tadqiq etish, ixtirochilik, birlamchi manbalar tahlili, intervyu, reportaj, taqriz);
➢ muloqotning og’zaki shaklini eslatuvchi (matbuot anjumani, auksion, benefis, miting, vaqti chegaralangan munozara, panorama, teleko’prik, bildirgi, muloqot, «jonli gazeta», og’zaki jurnal);
➢ o’quv materialini noan’anaviy tashkil etishga asoslangan (donolik, ochiq tan olish, «dublyor harakat boshlaydi»);
➢ hayoliylashgan (ertak, sovg’a, XXI asr darslari);
➢ muassasa va tashkilotlar faoliyatiga o’xshash asoslangan (sud, tergov, tribunal, patent byurosi, ilmiy yoki muharrirlik kengashi va h.k.).
Dastlab о‘qituvchi darsda nima qilishini mо‘ljallayotganligini, sо‘ngra uni qanday va qaysi usul bilan amalga oshirishini aniqlab olishi kerak. Dars tuzilishida maqsad va о‘rganilayotgan materialning mazmuni aniqlanadi va bir tizimda quriladi.
Nostandart darslar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Musobaqa va о‘yin shaklidagi darslar: tanlov, turnir, estafeta, quvnoqlar va zukkolar klubi, tadbirli о‘yin, rolli о‘yin, krossvord, viktorina, karusel.
2. Ijtimoiy amaliyotda ma’lum bо‘lmagan ish shakllari, janrlari va uslublariga asoslangan darslar:
tadqiq etish, ixtirochilik, birlamchi manbalar tahlili, sharh, «Aqliy hujum», intervyu, reportaj, taqriz, Broun harakati, holat (pozitsiya)ni egalla.
3. Muloqotning og‘zaki shaklini eslatuvchi darslar: matbuot anjumani, auksion, benefis, miting, vaqti chegaralangan munozara, panorama, telekо‘prik, bildirgi, muloqat, «jonli gazeta», og‘zaki jurnal, tugatilmagan jumla, debatlar, akvarium, iskanja (matbuot) metodi, juftlikda ishlash, rotatsion (almashinuvchi) uchliklar, kichik guruhlarda ishlash.
4.О‘quv materialini noan’anaviy tashkil etishga asoslangan darslar: donolik darslari, ochiq tan olish, «dubler harakat boshlaydi» darsi, fuqarolik eshitish, yechimlar daraxti.
5. Hayoliylashgan darslar: ertak dars, sovg‘a dars, XXI asr darsi.
6. Muassasa va tashkilotlar faoliyatiga о‘xshash darslar: sud, tergov, tribunal, patent byurosi, ilmiy kengash, muharrirlar kengashi.
О‘qitishning interfaol texnologiyalarining turlari juda xilma-xil va katta sonda. Har bir о‘qituvchi mustaqil ravishda sinf bilan ishlashning yangi shakllarini о‘ylab topishi va qо‘llashi mumkin. Kо‘pincha darslarda о‘qituvchilar juftliklarda ishlashni tanlaydilar. Bunda о‘quvchilar bir – birlarga savol berish va ularga javob qaytarishni о‘rganadilar.
О‘quvchilarga kо‘pincha, karusel kabi ishlash turi yoqadi. Bunda о‘quvchilar ikki: ichki va tashqi halqa tashkil etadilar. Tashqi halqada harakatlanmay о‘tirgan о‘quvchilar, ichki halqada, har 30 onda almashadilar. Shunday qilib, ular bir necha daqiqada bir necha mavzuni aytishga ulguradilar va hamsuhbatiga о‘zining haqligini ishontirishga harakat qiladilar. Akvarium texnologiyasida bir necha о‘quvchilar vaziyatni doirada ijro etadilar, qolganlari esa,kuzatadilar va tahlil etadilar.
Broun harakati taklif etilgan mavzu bо‘yicha axborot izlash maqsadida о‘quvchilarni sinf bо‘yicha harakatini kо‘zda tutadi.
Yechimlar daraxti – sinf о‘quvchilari bir xil sondagi 3 yoki 4 guruhchalarga ajratiladilar. Har bir guruhcha masalani muhokama etadi va о‘zlarining «daraxti»da (vatman varog‘ida) yozadi, sо‘ngra guruhchalar joylarini о‘zgartiradilar va qо‘shnilarining “daraxt”lariga о‘zlarining g‘oyalarini yozadilar.
Kо‘pincha, «Holatni egalla» kabi interfaollikning shakli qо‘llaniladi. Bu texnologiyada qandaydir ta’kid о‘qiladi va о‘quvchilar plakat oldiga о‘zlarining «ha» yoki «yо‘q» sо‘zlari bilan kelishlari kerak. Bu yerda о‘zlarining holatlarini tushuntirishlari maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Ba’zan umumlashtiriluvchi «Sham» kabi usuldan foydalaniladi. Doira bо‘yicha yoqilgan sham uzatiladi va har bir о‘quvchi о‘qitishning turli yо‘nalishlari bо‘yicha fikrlarini bildiradilar. О‘qituvchi va о‘quvchining interfaol ijodiyoti bitmas-tugallanmasdir. Eng asosiysi, ustalik va mohironalik bilan о‘quvchilarni qо‘yilgan о‘quv maqsadlariga erishishga yо‘naltirishdan iborat.
Dars ko’rinishlari: ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlar, laboratoriya mashg’ulotlari, o’quv anjumanlari, o’quv-seminar, suhbat, kinodars, kompyuter mashg’ulotlari, mashqlar, maslahatlar, ekskursiya, ekspedisiya, o’quv ishlab chiqarish va pedagogik amaliyoti, kurs, loyiha va bitiruv malakaviy ishlari, talabalarning mustaqil tahsili va hokazo.
Darsning asosiy tarkibiy elementlari: tashkiliy qism; uyga berilgan yozma vazifalarni tekshirish; talabalar bilimini og’zaki tekshirish (yoki so’rash); yangi materiallarni tushuntirish; yangi materiallarni mustahkamlash; uyga vazifa berish; darsni uyushqoqlik bilan yakunlash.
Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari: o’qituvchining darsga tayyorgarlik darajasi, darsning maqsad va vazifalari, tashkiliy ishlar, didaktik, uslubiy, metodologik, psixologik, pedagogik, o’quvchilar bilan hamkorlikda ishlash va yakuniy tahlillar. Darsga kirgan o’qituvchining qo’lida bo’lishi lozim: guruh jurnali, fan o’quv dasturi, kalendar-mavzu rejasi, dars texnologik xaritasi, o’quv-uslubiy materiallar. O’qituvchining darsga kirishdan oldin o’ziga qo’yadigan savoli: nega, nimani va qanday o’qitaman?
О‘qitish paydo bо‘lgan birinchi kunlaridan toki bugungi kunga qadar ta’lim tizimida rо‘y beradigan о‘qituvchi va о‘quvchilar orasidagi muloqot (о‘zaro ta’sir)ning hammasi bо‘lib, uchta: passiv, faol va interfaol metodlari (metodik ëndashuv) yuzaga keldi, ta’lim tizimida mustahkam о‘rnashdi va о‘quvchilarni о‘qitish jarayonida keng tarqaldi. Har bir metodik ëndashuvlarning о‘zlariga xos xususiyatlari mavjud. Ularni alohida –alohida kо‘rib chiqaylik.
1. О‘qitishning passiv metodi (passiv – о‘quvchi о‘qitishning «obyekti», ya’ni, faqat kо‘ruvchi va eshituvchi sifatida chiqadi. U faqat eshitadi va kо‘radi). О‘qitishdagi bunday metodik ëndashuv jarayonidagi о‘qituvchi va о‘quvchilarning о‘zaro ta’sirida asosiy ishtirokchi shaxs о‘qituvchi bо‘lib, о‘quvchilar esa, sust tinglovchilar rolida chiqadilar. Passiv darslarda teskari aloqa sо‘rovlar, mustaqil ishi, nazorat ishi, test sinovlari va sh.k. lar orqali amalga oshiriladi. О‘qitishning passiv metodi о‘quvchilar tomonidan о‘quv materialini о‘zlashtirish nuqtai nazaridan eng samarasiz hisoblanadi. Lekin, uning ijobiy tomonlari о‘quvchilarning darsga osonlikcha tayërlanishlari va о‘qituvchilarning nisbatan chegaralangan kam vaqt mobaynida о‘quvchilarga kо‘proq о‘quv materialini uzatish imkoniyatini mavjudligidadir. О‘qitishdagi ushbu ijobiy holatlarni hisobga olgan holda, kо‘pgina о‘qituvchilar bu metodni keyingi ikki metodlarga qaraganda, afzalroq kо‘radilar. Haqiqatan ham, agar о‘quvchilarda predmetni о‘rganish bо‘yicha aniq maqsadlar mavjud bо‘lgan ba’zi hollarda bunday ëndashuv bilimli va tajribali о‘qituvchilarda muvaffaqiyatli ishlaydi. Eng keng tarqalgan passiv dars shakli ma’ruzadan iborat. Darsning bu shakli, ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida keng tarqalgan. Chunki, faol metodlar yana ham kо‘proq samara berishi mumkinligiga qaramay, о‘quvchilarni bemalol predmetni chuqur о‘zlashtirish bо‘yicha aniq maqsadlarga ega bо‘lgan tо‘la shakllangan subyekt sifatida qarash mumkin. Hozirgi kunda ta’lim tizimida kundan-kunga qо‘llanilishi yо‘qolayotgan, ya’ni eskirayotgan о‘qitishning ushbu metodiga xos holatlar sifatida quyidagilarni sanash mumkin:
► о‘qitish texnologiyasi markazida - о‘qituvchi;
► о‘quvchilar orasida kо‘rinmaydigan, passiv va yashirin musobaqa boradi;
► mashg‘ulotlar mobaynida о‘quvchilar passiv rol о‘ynaydilar;
► о‘qitishning mohiyati – bilimni bir tomonlama (о‘qituvchidan о‘quvchiga) uzatishdan iborat.
2. О‘qitishning faol metodi (faol - о‘quvchi о‘qitishning «subyekti» sifatida chiqadi. U mustaqil ishlaydi, ijodiy vazifalar bajaradi). Bunday metodik ëndashuvdagi о‘qituvchi va о‘quvchilar orasidagi о‘zaro ta’sir, ularning bir-birlari bilan dars mobaynida aloqada va muloqotda bо‘lishlaridir. Endi о‘quvchilar sust tinglovchidan darsning faol ishtirokchisiga aylanadilar.
Passiv darsning bosh ishtirokchisi о‘qituvchi bо‘lsa, endi bu yerda, о‘qituvchi va о‘quvchilar bir xil huquqdagi ishtirokchiga aylanadilar. Agar passiv darslar о‘qitishning avtoritar stilini kо‘zda tutgan bо‘lsalar, faol darslar faol demokratik о‘qitish stilini kо‘zda tutadi. Faol va interfaol metodik ëndashuvlar kо‘pgina о‘xshashlikka egadirlar. Umumiy holda, interfaol metodni faol metodning eng zamonaviy shakli deb qarash ham mumkin. Faol metoddan farqi - interfaol metodlar о‘quvchilarni na faqat о‘qituvchilar bilan, balki bir–birlari bilan keng ta’sir etishiga va о‘qitish jaraënida о‘quvchilarni faolligini kо‘tarish(oshirish)ga qaratilgan.
О‘qitishning ushbu metodiga xos holatlar sifatida quyidagilarni sanash mumkin:
- о‘qituvchi va о‘quvchilar orasida muloqot mavjud;
- о‘quvchilar darsning faol va о‘qituvchi bilan bir xil huquqdagi ishtirokchisi;
- dars avtoritar о‘qitish stilidan faol demokratik stiliga о‘tadi.
О‘qitishning interfaol metodi (interfaol – “inter”- о‘zaro, “act” – ta’sir qilish, harakat qilish)- bu kim bilandir о‘zaro ta’sir etish ëki suhbat, muloqot tartibida bо‘lishni ifodalaydi. О‘qitish jarayoni doimiy, barcha о‘quvchilarning о‘zaro harakatidagi sharoitda amalga oshiriladi. О‘qituvchi va о‘quvchi о‘qitishning teng huquqli subyektidan iborat bо‘ladilar. Boshqacha sо‘z bilan aytganda, о‘qitishning interfaol metodikalari - bu bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shaklidan iborat bо‘lib, unda о‘quvchilar bilish jaraëniga jalb qilingan bо‘ladilar, о‘zlari bilgan va о‘ylaëtgan narsalarni tushunish va harakatlantirish imkoniyatiga ega bо‘ladilar. Interfaol darslarda о‘qituvchining о‘rni qisman dars maqsadiga erishish uchun о‘quvchilar faoliyatiga yо‘naltirishga olib kelinadi. U darsning rejasini (odatda, bu - interfaol mashq va vazifalar yig‘indisidan iborat bо‘lib, о‘quvchi uni bajarish mobaynida materialni о‘rganadi) ishlab chiqadi.
Shu bilan birga kadrlar tayyorlashda ta’lim berishda о‘qitish usullari ham asosiy о‘rinni egallaydi. Usul aynan nimagadir yо‘l, degan ma’noni anglatadi, ya’ni maqsadga erishish yо‘lini bildiradi. Usullar har qanday
axborotni maqsadni) uzatish va qabul qilish tarziga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
a) og‘zaki usul;
b) kо‘rgazmali usul;
v) amaliy usul.
Ta’lim jarayonida talabalarni о‘zlashtirish, fikrlash jarayonini tashkil etish bо‘yicha esa quyidagi usullarni ajratib kо‘rsatish mumkin:

  1. о‘qitishning ma’ruza (suhbat) usuli;

  2. о‘qitishning amaliy ishlar usuli;

  3. laboratoriya ishlar usuli;

  4. mustaqil ishlar usuli;

  5. reproduktiv-evristik usul;

  6. ilmiy-tadqiqot usuli;

  7. о‘qitishning muammoli-izlanish usuli;

  8. о‘qitishning induktiv va deduktiv usuli.

О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida»gi qonunida «Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlashni ta’minlaydi» - deyilgan. Shu bilan birga oliy ta’lim talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga ham
о‘rgatadi. Agar о‘rta maktabning asosiy vazifasi о‘quvchilarga bilim, malaka va iqtidor, shu bilan birga kasbga
yо‘naltirish bilan shug‘ullansa, oliy maktab ilmiy bilim, ilmiy malaka, iqtidor beradi talabalarga mutaxassis
shaxsini tarbiyalaydi. Shu bilan birga ma’lum fan bо‘yicha ilmiy-tadqiqotchini ham tarbiyalaydi. Shu о‘rinda
I.Karimov «Fanga iste’dodli yoshlarni kirib kelishini ta’minlash uchun kompleks tadbirlar turkumini amalga
oshirish zarur. Bu о‘rinda oliy maktabning, hatto umumiy ta’lim maktablarining faoliyatlarini tubdan qayta qurish
kerak» - deydi.
Shu nuqtai nazardan oliy maktablarda bilimlarni hozirgi zamon darajasida berib berish alohida ahamiyatga
ega. Hozirda oliy ta’lim ikki bosqichdagi iborat, ya’ni bakalavriat va magistratura. Mana shu bosqichlarni amalga
oshirishda, aniqrog‘i, oliy ma’lumotli yetuk mutaxassis tayyorlashda iqtisodiy bilimlarni berishning tashkiliy
shakllari qо‘llaniladi.
Ma’ruza - bilim berishning shunday shakliki, unda pedagog (о‘qituvchi) tomonidan о‘rganilayotgan
bilimlar, malakalar, kо‘nikmalar talabalarga yoppasiga bayon etiladi. Ma’ruzalar bayon etilish joyiga qarab har
xil bо‘lishi mumkin, ya’ni tegishli fanlarga oid (iqtisod, marketing, menejment, tadbirkorlik, huquq, iqtisodiy
informatika va hokazo), ijtimoiy xarakterga ega ma’ruzalar, texnika-texnologiyalarga oid ma’ruzalar, ilmiy
pedagogik markazlar, badiiy ijodiyotga oid ma’ruzalar (adabiyot, san’at), diniy dunyoviy ma’ruzalar va
boshqalar. Biz uchun hozirda iqtisodiyot fanlariga oid ma’ruzalar xarakterlidir.
Ma’ruza bayon etilishi jarayonida unga quyidagi talablar quyiladi:
1) Berilayotgan materiallar ilmiy xarakterga ega bо‘lishligi.
2) Ma’ruza sistemali (tizimli) bо‘lishligi.
3) Materiallar, ma’lumotlar talabalar kuchiga mos va xos bо‘lishligi.
4) Ma’ruza siyosiy jihatdan talabga javob berishligi.
5) Ma’ruzada nazariy masalalar amaliyot bilan bevosita bog‘langan bо‘lishligi.
6) Ma’ruza mavzuga oid Respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy voqea, hodisalarning eng sо‘nggi statistik ma’lumotlari bilan boyitilgan bо‘lishligi lozim. Ma’ruza - о‘quv jarayonining ilg‘or usullaridan biri bо‘lib, dastlab u о‘rta asrlarda biron bir kitobni о‘qish yoki uni izohlash yо‘li bilan namoyon bо‘lgan. Jamiyat rivojlanishi mobaynida og‘zaki tushuntirishning bu usuli XVIII asrda lotin tilida amalga oshirilgan. XVIII asr о‘rtalariga kelib ma’ruzalar rus tilida о‘qiy boshlandi. Uni ilg‘or namoyondalaridan biri M.V.Lomonosovdir. Ma’ruzada odatda kо‘prok bayon qilish yetakchi rol о‘ynaydi. Talabalar darsda passiv rol о‘ynashadi. Seminar darsida esa talabalar aktiv rol о‘ynashadi. Darsda turli uslublarni qо‘llab, ularni faolligini ta’minlash imkoniyati keng.
Ma’ruza darsi asosan monolog tarzida bayon qilinsa, seminar darsi turli tuman dialog asosida olib boriladi. Odatda seminar darsida talabalarning bilimi, о‘z ustida ishlash darajasi aniqlanadi va nazorat qilinadi. Seminar (lot.seminarium- manba, kо‘chma ma’noda –maktab) – о‘quv amaliy mashg‘ulot shakllaridan biri. Asosan oliy ukuv yurtlarida ilmiy tо‘garak anjumanlarida qо‘llaniladi. Ta’limning seminar shakli qadimgi Yunon va Rim maktablarida paydo bо‘lgan. Keyinchalik /arbiy Yevropa universitetlarida rivojlantirilgan. Bu univesitetlarda asosan seminar talabaning adabiyotlar, manba ustida ishlash vazifasini о‘tagan. XX asr boshlaridan seminar darslari talabalarning umumiy ilmiy dunyo qarashini kengaytirishda, ularni muayyan fan tarixidagi muhim muammo va tadqiqotlar bilan tanishtirishda katta rol о‘ynay boshlagan. О‘rganilayotgan fan yoki kursni chuqur о‘rganishga yordam beradigan darslari.
2. Ayrim muammo, asoiy yoki muhim mavzuni о‘rganish uchun о‘tkaziladigan seminarlar.
3.Tadqiqot xarakteridagi seminarlar. О‘quv jarayonini tashkil etishda seminar darslari alohida о‘rin tutadi. Seminar talabalarning bilimlarini mustahkamlashni ta’minlovchi, ijodiy qobiliyatini namoyon qiluvchi о‘quv jarayoni shaklidir. Seminar mashg‘ulotlarinig maqsadi talabalarning chuqur bilim olishini ta’minlash, olgan bilimni real hayotda qayta qо‘llashdir.
Buning uchun talaba olgan axborotlarini tahlil qilish, ilmiy tadqiqot о‘tkazish, taqqoslash xulosa chiqarishni bilishi kerak. Bunday mahoratga ega bо‘lishga kо‘p jihatdan seminar darsi yordam beradi. Seminar darsining oldiga qо‘yilgan bosh maqsadni amalga oshirish uchun darsni olidiga quyilgan qator vazifalarni amalga oshirish kerak. Bu vazifalar seminar darslari bajaradigan funksiyalarda о‘z ifodasini topadi. Seminar darsi kator funksiyalarni bajaradi:
-Talabalarga proffesional ta’lim berish va tarbiyalash;
- Mustaqil ishlash malakasini о‘stirish;
-Talabalarni mantiqiy fikrlashga о‘rgatish;
-Nutq, sо‘zlash, ilmiy munozaralar olib borishga о‘rgatish;
-Mustaqil fikr yuritish va fikrini о‘rtoklashishga о‘rgatish;
- О‘rtoqlari fikrini tanqidiy nuqtai nazardan baholashga о‘rgatish;
Seminar darsini о‘tkazishda qо‘llaniladigan uslublar turli tuman bо‘lib, u yoki bu uslubni tanlash, avvalo о‘rganilayotgan fanninng xususiyatiga, ikkinchidan, о‘tilayotgan mavzuga, uchinchidan, seminar darsida qо‘yilgan maqsadga, nihoyat, tо‘rtinchidan, tanlangan uslubni qо‘llash imkoniyatiga bog‘liq.
Ayni paytda iqtisodiy ta’lim jarayonida nisbatan keng qо‘llaniladigan uslublardan ekspres-savol-javob, savollar tizimiga asoslangan muhokama, masala, mashq, test va ularning natijasini muhokama qilish va boshqalarni kо‘rsatish mumkin. Seminar mavzusi ma’ruza mavzusi bilan bir xil bо‘lishi shart emas. Ayrim paytlarda mavzudagi ayrim savollarni ma’ruzada kо‘rilsa, ayrimlarini seminarda muhokama qilish mumkin. Hozirgi paytda shunday tajriba amal qiladiki, ma’ruzada kо‘rilgan mavzu albatta seminarda ham muhokama qilinadi. Lekin ma’lum sharoitda seminar darsi va uning mavzusiga boshqacha yondashish mumkin. Aytaylik, mustaqil о‘rganish uchun turli adabiyotlar, boshqa axborot manbalari mavjud bо‘lsa, seminarda mustaqil о‘rganilgan mavzusi muhokama qilish mumkin. Ayniqsa mavzuni о‘rganish uchun vaqt yetishmagan paytda bunday usul qо‘l keladi. Seminar darsini muvaffaqiyatli о‘tkazish uchun eng avvalo asosiy va qо‘shimcha adabiyotlarni sinchkovlik bilan о‘rganib chiqish zarur. Adabiyotlarni о‘rganish dars jarayonida talabalarning diqqatini qaratish lozim bо‘lgan masalalarni alohida ajratish, mavzuni qaysi usul asosida о‘rganishni rejalashtirish va darsga tayyorlanish imkonini beradi. Ayniqsa, auditoriyada jonlanish, muhokama qilish munozaraga sabab bо‘ladigan savollar qо‘yilganda yuz beradi. Natijada mavzuni chuqurroq о‘rganishga yordam beradi. Shuning uchun ham bunday savollarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Mavzuning mazmunini о‘zlashtirishni chuqurlashtirishning eng oddiy yо‘li bu savollarni murakkablashtirish hamda alohida savollardan savollar tizimiga о‘tish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu esa qо‘yilgan savollarga javob berish, muammoni, savolni muhokama qilish jarayonida vujudga kelgan
muammoli vaziyatni о‘rganib, uni yechish imkonini beradi. Masalan, iqtisodiyot nazariyasining bosh masalasi nima? degan savol qо‘yilgan. Bu yerda talaba iqtisodiyot nazariyasi fanining bosh muammosi-resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz ehtiyojni qondirish muammosi-deb javob berishi mumkin. Ana shu savolni boshqacha savollar tizimi asosida qо‘yish mumkinki, natijada talabalar qо‘yilgan masalani chuqurroq tushunishiga yordam beradi. Mavzuni о‘rganishni chuqurlashtirishga savol shaklini о‘zgartirib, uni murakkablashtirish orqali erishish mumkin. Aytaylik, Yuqorida berilgan savolni boshqacharoq qilib, iqtisodiyotning bosh muammosi nima va uni nimaga bosh muammo deb qarash kerak?- deb о‘zgartirish mumkin. Talabalarni mavzuni u yoki bu katigoriyani qay darajada tushunganlarini sinash uchun ularga ushbu mavzu bо‘yicha berilgan savollarga olingan javoblari asosida muhokama qilish usulini qо‘llash mumkin yoki mavzu bо‘yicha testlardan foydalanish mumkin bо‘ladi. Seminar darsining talabalar tamonidan bilim, iqtidor, nutq, boshqalar fikriga tanqidiy qarashni talab etadigan uslublaridan munozara bо‘lib, u murakkabdir. Bunday usul bilan dars о‘tish о‘qituvchidan katta tayyorgarlik kо‘rish, mahoratni talab etadi. Umuman olganda seminar darsi turli uslublar asosida olib borilar ekan, u qiziqarli, barcha talabalarni faol qatnashishga va ohir oqibat qunt bilan tayyorlanib kelishga undaydi. Oliy о‘quv yurtlarida talabalar ma’ruza darslarida olgan bilimlarini chuqurlashtirishi, ularni kengaytirishi maqsadida о‘quv yurtining о‘quv rejasida har bir fan (kurs)lar uchun seminar mashg‘ulotini talabalar uchun mustaqil ish sifatida qarash mumkin. Chunki talaba ma’ruzada olgan bilimini о‘zlashtirgani holda, seminar mashg‘ulotiga boshqa adabiyotlar, kerakli manbaalardan, darsliklardan foydalanib ma’lumotlar axtaradi va ularni bо‘lg‘usi seminar mashg‘ulotiga о‘zlashtirib boradi. Seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik talabalarga izlanishga, fikrlashga, kelajakka tayyorlashda muhim vosita hisoblanadi.Seminar mashg‘uloti darslarida ham talabalar tomonidan mashg‘ulotga tayyorlanish davomida I.Karimov asarlaridan foydalanish nazarda tutiladi. Yuqorida qisman aytib о‘tilganidek seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik ham mustaqil ishlar tarkibiga kiradi. Shu bilan birga mustaqil ishlarga, referat yozish, kurs ishini tayyorlash, ilmiy anjumanlarda ishtirok etish, diplom ishini tayyorlashlar ham shular jumlasidan. Bularga tayyorlanishda I.Karimov asarlaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, asarlar iqtisodiy mavqega ega ekanligi bilan ilmiy ishlarni erkin bayon etishida asosiy vosita bо‘lib xizmat qiladi. (+. Shamsiyev. «Darslarni zamonaviy tashkil etishning shakl va uslublari». T., 2005.(B.M.I.)) Biz yuqorida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari haqidagi nazariy fikrlarimizni bayon etdik. Shu ma’noda savol tug‘iladi. Xо‘sh, iqtisodchi-pedagog kadrlarni tayyorlashda ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari qanday ahamiyat kasb etadi? Mashg‘ulotlarni tashkil etishda asosan nimalarga e’tibor qaratish lozim? Ma’lumki, iqtisodchi-pedagog kadrlar tayyorlashda ma’ruza va seminar darslari alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’ruzada olingan nazariy bilimlar bevosita seminar darslarida amaliy nuqtai nazardan tegishli savollar asosida tahlil etiladi. Bu esa iktisodchi-о‘qituvchi kadrlar uchun amaliy tajriba vazifasini о‘taydi. Ular bir vaqtning о‘zida bilim olayotgan bо‘lsalar, bir vaqtning о‘zida olingan bilimlarini amaliyotga joriy etishni о‘rganadilar. Shu bilan birga ma’ruza va seminar darslarini tashkil etayotgan о‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini doimiy kuzatib boradilar. Ulardan о‘zlariga kerakli xulosalar chiqaradilar. Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida pedagogika fani oldida turgan asosiy vazifalardan biri shuki, ta’lim jarayonida talaba obyektdan subyektga aylanishi lozim va unga erishishda albatta fan о‘qituvchilarining roli katta. Shu ma’noda, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini tashkil etishda asosiy e’tibor an’anaviy dars о‘tishga emas, balki noan’anaviy darslarga qaratilishi lozim. Bunga erishish uchun esa о‘qituvchi dars о‘tish uslubiyotini tо‘g‘ri tanlay olishi lozim. Bas, shunday ekan iqtisodchi-о‘qituvchi kadrlar tayyorlash mobaynida quyidagi no’ananaviy usul va uslublardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Har kanday mavzuni о‘ganishda turli uslublar qо‘llaniladi. Buning sababi, birinchidan, dars о‘tishda turli uslublarni qо‘llash uni qiziqarli bо‘lishiga, talabalarni diqqatini о‘tilayotgan darsni о‘zlashtirishga qaratiladi. Bir xil uslubda dars о‘tilishi talabalarni zeriktiradi hamda dars paytida diqqati boshqa narsalarga qaratiladi. Psixologlarning tadqiqotlariga kо‘ra har qanday mohir о‘qituvchi ham bir xil uslubda dars berar ekan, aytaylik , ma’ruza о‘qir ekan, talabalar dastlab 20 minut, sо‘ngra darsni tugashidan oldin 20 minut ma’ruzani diqqat bilan eshitar, qolgan paytda hayoli qochar ekan. Ikkinchidan, talabalarning darsni о‘zlashtirish, eshitganlari, yangi bilimni qabul qilish qobiliyatlari har xil talabalar tomonidan nisbatan tо‘lik о‘zlashtirishga olib keladi. Tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, olgan bilimni о‘zlashtirish jarayonida bir xil talabalarga bir uslub mavzuning mazmunini tezrok anglashga yordam bersa, ikkinchilariga boshqa uslub yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



  1. Karimov I.A. «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch» Toshkent. «Ma’naviyat» 2008

  2. Karimov I.A. «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» - T., O’zbekiston 1999

  3. Xaydarov F., N.Xalilova “Psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi”. “Aloqachi” 2007

  4. Uzbekistan Respublikasi "Ta’lim tugrisidagi" Konuni T.,1992

  5. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" T., 1997

  6. I.A.Karimov "Barkamol avlod orzusi" T., 1996

  7. Goziyev E.G. Mamatov M.M. va boshkalar "Uspirin psixologiyasi" ToshD.U 1992

  8. Goziyev E.G Utanov B "Xamkorlik psixologiyasi'' T., Tosh D.U. 1992

  9. Goziyev E.G. Oliy maktab psixologiyasi. ToshDU 1996 y.

  10. Lyaudis V.L. - Metodika prepodavaniya psixologii, iz.vo 2000 URAO

  11. Davletshin M.G. Obshaya psixologiya T. 2002

  12. Filatova O.G Sotsialnaya psixologiya SP 2000

  13. Badmayev M. Metodika prepodavaniya psixologii. M. "Vlados" 2001

Download 44.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling