Mavzu: dars maxsus fanlarni o'rganishni asosiy tashkiliy qismi sifatida reja


Download 70.47 Kb.
bet1/9
Sana31.01.2023
Hajmi70.47 Kb.
#1144592
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DARS MAXSUS FANLARNI O\'RGANISHNI ASOSIY TASHKILIY QISMI SIFATI


MAVZU:DARS MAXSUS FANLARNI O'RGANISHNI ASOSIY TASHKILIY QISMI SIFATIDA
REJA:



  1. Maxus fanlarni o’qitish metodikasi faniga kirish.

  2. Fanning mohiyati va vazifalari, talabalar bilishi lozim bo’lgan asosiy tushunchalar.

  3. Maxsus fanlarni o’qitishga qo’yiladigan talablar. Maxsus fanlarni o’qitishda kasbiy-pedagogik bilimlarning ahamiyati.

  4. Maxsus fanlarni o’qitishda o’qituvchi egallashi lozim bo’lgan pedagogik texnologiyaning mohiyati.

  5. Maxsus fanlarni o’qitishning kontseptual asoslari.

  6. 2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi.



1. Maxus fanlarni o’qitish metodikasi faniga kirish.
Metodika va metodologiya. Dars berish metodikasi (Metodika va metodologiya)ning predmeti, bu dars berish (o’qitish) jarayonining o’zidir. Odatda, metodika (uslubiyot) deganda ilmiy bilish faoliyatining shakllari va metodlari majmui haqidagi fan tushuniladi. Bu — nazariy jihatdan qo’yilgan maqsadga yetish, haqiqatni, reallikni, faoliyatni nazariy yoki amaliy bilish, o’rganishning usullari yoki shakllari majmuidir.
Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar o’sib kelayotgan yosh avlodda intellektual kobiliyatlar va kasbiy bilimlarni rivojlantirishni ko’zda tutadi. Bunday kelib chiqqan holda maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining maksadi bo’lajak mutaxassislarning ixtisoslik fanlaridan ta’lim berish metodikasi, oliy ta’lim tizimida o’qitish shakllari hamda o’qitishning ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalariga oid bilim va ko’nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fani “Pedagogika” fanining tarmog’i sifatida quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi:

  • Kasbiy ta’lim vazifalarini asoslash, uning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatini ochib berish;

  • O’quv materiali mazmunini asoslash;

  • Oliy ta’lim tizimida ta’lim jarayonini tashkil etish;

  • Bo’lajak mutaxassislarda kasbiy bilimlarni shakllantirishning pedagogik va axborot texnologiyasini asoslash.

Mazkur fan maxsus fanlarni o’qitish metodlariga bag’ishlangan bo’lib, u magistrant talabalarga tanlangan soha bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashga oid chuqur nazariy bilimlar berishga yo’naltirilgan. Shu bilan birgalikda fanning mazmunida o’qitish usullariga oid umumiy ma’lumotlar, ta’lim jarayonining tashkiliy-pedagogik sharoitlariga ham e’tibor qaratilgan.
Magistr o’zining kasbiy faoliyatida ilmiy tajriba va ishlab chikarishni boshqarishga oid bilim va ko’nikmalarni to’daqonli o’zlashtirgan bo’lishi bilan birga ilmiy-pedagogik izlanishlar olib borish kobiliyatlariga ham ega bo’lishi lozim.
Magistr ilmiy-pedagogik yo’nalishda ish olib borishi uchun pedagogika, psixologiya fanlarini va mutaxassislik fanlarini o’qiitish metodikasini bilishi zarur.
Magistr ilmiy-pedagogik ijodiyot metodologiyasini, o’qituvchi kasbiga oid pedagogik va kommunikativ kobiliyatlarni, pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratni, ishchi o’quv dasturi va o’quv rejalari tuzishni, fan yuo’yicha talabalar bilimini baholashning reyting tizimini bilishi lozim.
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanini o’zlashtirgan talaba:
- o’qitishning didaktik qonunlari va tamoyillarini, ta’lim-tarbiya berishning nazariyasi va amaliyotini. o’qitishning zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, ta’lim jarayonini tashkil etishning turli usul va shakllarini, jumladan ma’ruza o’qishni. amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishni, talabalar mustaqil bilim olishlarini tashkil etishni, malakaviy bitiruv ishlariga rahbarlik qilishni, ta’lim jarayonida o’qitishning texnik vositalari va axborot texnologiyalarini qo’llash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

Download 70.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling