Mavzu: Dastgohlarni ta’mirlashda qo’llanadigan zarur metall kesish jihozlari, asboblar va moslamalar Reja: T


Download 148.85 Kb.
bet4/4
Sana01.03.2023
Hajmi148.85 Kb.
#1241409
1   2   3   4
Bog'liq
TJTFMI

Boltli brikmalarni ajratish. Ajratishni gaykalarni o’zicha yechilib ketishini oldini olish uchun mo’ljallangan tirkagich qurilmalarni yechishdan boshlash kerak.
Agar brikmada karonkali gaykalar qo’yilgan bo’lsa, avvalo maxsus asbob bilan shipilintlarni sug’urib olish kerak (3.4-rasm).
3.4-rasm. Shplint sug’irgich
Yuvish va detallarni moysizlantirish maxsus bo’limlarda kerosin va etillanmagan benzin yordamida amalga oshiriladi, so’ngra vannalarda 3-5% kalsiylangan soda aralashmasiga 1L suvga 3-10 gr sovun qo’shib moysizlantiriladi. Bu aralashmalar 60-80 0C gacha qizdiriladi.
Shabrlash. Metalll kesish dastgohlarini ta’mirlashda detallarni (stanina, support, sirpanish podshipnigi, stollar va h.k.) shabrlash stesarlik - ta’mirlash ishlarining ko’p qismini tashkil etadi.
Shabrlash deb maxsus asbob shabr yordamida juda ingichka qirindi kesish yoli bilan detal yuzalariga ishlov berish jarayoniga aytiladi. Shabrlash yordamida detallarga u bilan birikadigan detal yoki nazorat asbobiga mos tug’ri shakl va o’lchamlar beriladi.
3. Tamirlashda slesarlik-yigish ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi
Slesarlik-yig‘ish ishlarini bajarishda quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilishi kerak:
1. Slesarlik ishlariga medisina ko’rigidan o’tgan, oz kasbi hajmidagi texnika xavfsizligi qoidalarini mukammal biladigan shaxslar qo’yiladi.
2. Dastgohlarni uzel va detallarga ajratishga jihozlarni tarmoqdan ajratgandan keyin kirishish kerak. Yechilgan uzellar oldindan tayyorlangan joyiga, detallar esa maxsus stellajlarga qo’yilishi kerak. O’lchami va og’irligi katta detallar dastgohdan mexanizmlar yordamida yechiladi va tashiladi.
3. Ishchi joyi toza saqlanishi kerak.
4. Ishchi asboblar soz holatda bo‘lishi kerak. Asboblarga quyidagi talablar quyiladi: a) gayka klyuchlari gayka o‘lchamlariga mos bo‘lishi kerak. Klyuchlarga dastak va tag quygichlar qo‘llash taqiqlanadi; b) Bolg‘a va kuvaldalar dastakka yaxshi o‘rnatilgan bo‘lishi va zarb qismida pachoq joylari bo‘lmasligi kerak; c) Egov va shabrlarga xalqali yog‘och dastaklar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak; d) Zubila to‘g‘ri shaklda bo‘lib, pachoq joylari bo‘lmasligi kerak.
5. Qarshi yo‘nalishda metallarni qirqish va choklarni tozalashga yo‘l quyilmaydi.
6. Parchin mix va boltlarni qirqishda slesar ehtiyot bo‘lishi kerak, chunki uchib chiqqan metall parchalari jarohat bermasligi kerak. Slesarning o‘zi setkali himoya ochkalaridan foydalanishi kerak.
7. Yig‘ish vaqtida detallar teshiklarining o‘zaro mosligini barmoq bilan tekshirish qat'iyan man qilinadi.
8. Charxlash dastgohlarida ishlashda: a) qo‘l tagiga quygichlarni to‘g‘ri o‘rnatilishiga amal qilish, abraziv tosh va qo‘l tagiga quygich orasidagi oraliq 2-3 mm dan oshmasligi kerak; b) asbobni abrazv toshga ehtiyot bo‘lib, zarbsiz keltirish kerak, chunki qo‘lni jarohatlab olish mumkin; c) charxlash dastgohlarida himoya kojuxlari soz holatda bo‘lishi kerak; d) asboblarni markazdan yuqorida charxtosh o‘qidan 10 mm masofada charxlash kerak; e) charxtoshning yon yuzasi bilan
charxlash taqiqlanadi; j) charxtoshning tepishiga yo‘l quyilmaydi, uni to‘g‘rilash kerak; i) himoya ochkalari yoki ekranidan foydalanish kerak; k) o‘zgaruvchan valli ko‘chma abraziv dastgohidan foydalanishda soz himoya kojuxi va ochkalar bo‘lishi albatta shart, bundan tashqari dastgoh yerga ulangan bo‘lishi kerak.
9. Noturg‘un jihoz va detallarni yig‘ishda maxsus mahkamlagich yoki moslamalarni qo‘llash kerak.
10. Yuk ko‘tirish qurilmalari soz holatda bo‘lishi kerak.
11. Faqatgina past voltli (12-36 v) ko‘chma elektr lampalari qo‘llanishi kerak va ular himoya setkasiga ega bo‘lishi kerak.
12. Parmalash dastgohida ishlaganda detal moslama yoki tiskalarda mahkamlangan bo‘lishi kerak.
13. Elektrpayvandchi bilan ishlaganda slesar himoya ochkosi yoki elektropayvandlash shitkasidan foydalanishi kerak.
14. Dastgohni ajratish ishlab turgan sexda bajarilsa yaqin turgan ishlayotgan dastgohlarning barcha aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlari cheklangan bo‘lishi kerak.
15. Kran osti yo‘llarida yoki uning yaqinida ishlaganda kranchini bu haqida ogohlantirish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar


  1. Mirboboyev.V.A. Konstruksion metallar texnologiyasi. “O’qituvchi”,1991.

  2. Usmonov.K.B. Metall kesish asoslari. “O’qituvchi”,2004.

Download 148.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling