Biroq keyinchalik rus psixologi E. A. Klimov o‘z tadqiqot ishlarida aynan
Biroq keyinchalik rus psixologi E. A. Klimov o‘z tadqiqot ishlarida aynan
shu masalaga, ya‘ni ―kasb tanlash‖, ―kasbga yo‘naltirish‖ kabi masalalarga
e‘tiborini qaratib, bu borada tadqiqot ishini olib borgan. Xususan, misol sifatida
Differensial diagnostik so‘rovnoma (DDS) metodikasini ishlab chiqqan.
YE.A.Klimovdan tashqari ham ko‘p chet el olimlari bu masala bo‘yicha ish olib
borganlar. Asta-sekin jamiyatda kasb tanlashga nisbatan ongli yondoshishlar
kuzatila boshlandi. Ya‘ni ularning barchasi kasb psixologiyasining
shakllanishiga olib keladi. Kasb psixologiyasining ajralib chiqishi hozirgi kunda
shaxsning kasbiy mehnatga o‘rganib ketishi emas, balki alohida kasbiy bilim,
ko‘nikma va malaka hamda umuman kasblar olamiga kirib borishiga asoslanadi.
Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o‘rganadi.
Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o‘rganadi.
Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasb
psixologiyasi-mehnat psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini
yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni
o‘rganish hamda ilmiy tahlil hilish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limidan iborat.
Olim shaxs yashovchanlik sifatlariga quyidagi ko`rsatkichlarni kiritadi:
Olim shaxs yashovchanlik sifatlariga quyidagi ko`rsatkichlarni kiritadi:
1. SHaxs xususiyatlariga munosib kasb tanlash.
2. Bajarayotgan ishga qo‗yilgan talablarga yuqori darajada tayyorlik.
3. Hayoti davomida talim olish va o‗rganishga tayyorlik.
4. Madaniyligi, o‗zga kishilar qadr-qimmatini, farqlarini qabul qila
bilish.
5. Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishni bilish.
6. Bir necha sohalarda kasbiy mahoratni namoyish qila olishi.
7. Yangi loyihalar taqdim qilish tashabbusiga ega bo`ish.
8. Ishda hamkasblar bilan hamkorlikda ishlash ko‗nikmasiga egaligi
Do'stlaringiz bilan baham: |