Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi


Download 1.03 Mb.
bet147/161
Sana26.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1656366
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   161
Bog'liq
8-sinf Kimyo 2017

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari va tabiat boyliklarini asrab-avaylashni bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.

“Ammiak olish va u bilan tajribalar o‘tkazish”


1. 29-rasmdagidek asbob tayyorlang.
2. Ammiak hosil qilish. Buning uchun teng hajmda ammoniy xlorid
(NH4Cl) kristall va so‘ndirilgan ohak kukunidan olib chinni
havonchada yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan aralashmadan
probirkaning 1/3 qismigacha soling va ohistalik bilan qizdiring.
(34-rasm)
3. Ammiakni yig‘ish. Ajralib chiqayotgan gazni (ammiakni) rasmdagidek gaz o‘tkazgich nay orqali og‘zi pastga qarab o‘rnatilgan
probirkaga yig‘ib oling?
4. Probirkada ammiak gazi to‘lganligiga ishonch hosil qilgach (Buning
uchun ohista hidlab ko‘rish kerak. Ammiak o‘tkir hidli gaz)
probirkaning og‘zini tiqin bilan berkitib suvli idishga tushiramiz
va tiqinni olamiz. Probirkaga suv to‘ladi. Chunki ammiak suvda
juda yaxshi eriydi. Suv bilan to‘lgan probirkani suvli idishdan
oling. Probirkadagi ammiakning suvli eritmasi ekanligini tajriba
yo‘li bilan isbotlang.
A) Ammiakning suvli eritmasidan ikkinchi probirkaga ozgina
quying va unga qizil lakmus qog‘ozi tushiring.
B) Boshqa bir probirkadagi ammiakni suvdagi eritmasiga bir
necha tomchi fenolftalein tomizing.
Topshiriq: yuqoridagi reja asosida bajarilgan tajribalarning tafsilotlarini
daftaringizga yozing. Sodir bo‘lgan reaksiyalarning tenglamalarini
yozing. Olingan gaz, eritma qanday moddalar ekanligini
isbotlang. 5. Ammiakni kislorodda yonishi uchun ...rasmdagidek asbob tayyorlang.
Ammiak olish uchun zarur aralashma tayyorlang. Probirkaga
soling. Gaz o‘tkazuvchi nay o‘rnatilgan tiqinni probirka
og‘ziga mahkamlang.
Gaz o‘tkazuvchi nayni ikkinchi uchuni kislorodli silindrga tushuring.
Aralashmani ohista qizdiring. Ammiak hosil bo‘lib kislorodli
idishga o‘tganda yonish hodisasi kuzatiladi.
Ammiak katalizatorsiz yonganda qanday moddalar hosil bo‘ladi.
Reaksiya tenglamalarini yozing. Oksidlovchi va qaytaruvchilarni
aniqlang.
6. Ammiakni kislotalar bilan o‘zaro ta’siri. Oldingi tajribalarda ammiak
yig‘ish uchun tayyorlangan asbob bilan ammiak yig‘ib oling. Gaz o‘tkazgich naydan chiqayotgan gaz (ammiak)ga e’tibor bering.
Gaz o‘tkazgich nayning uchini nitrat, xlorid, sulfat kislotalardan
1 ml dan quyilgan probirkalarga tushiring. Gaz o‘tkazgich
nayning uchi kislota eritmasi sirtidan 5-6 mm balandlikda turishi
kerak. Nima uchun?
Probirkalardagi kislota eritmalari neytrallanib tuz hosil
bo‘lganligini qanday isbotlash mumkin?
Xlorid kislotali probirkada oq tutun hosil bo‘lish sababini tushuntiring.
7. 4-tajribada olingan ammiakli suvdan ikkita toza probirkaga quying
va unga bir-ikki tomchi fenolftalein tomizing. Olingan rangli
eritmalarning biriga xlorid kislota, ikkinchisiga sulfat kislota
quying. Qanday hodisa kuzatiladi.
Sodir bo‘lgan hodisa sababini tushuntiring. Kimyoviy reaksiya
tenglamalarini yozing.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzu bo`yicha o`quvchilarni baholash.
Uyga vazifa.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling