Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi
Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi
Download 1.03 Mb.
|
8-sinf Kimyo 2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
- Milliy va umummadaniy kompetensiyalar
- Darsning tashkiliy qismi
Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi:
Kimyoviy moddalar, jihozlardan foydalana oladi; Kommunikativ kompetensiya: kimyoviy elementlar va ular birikmalarining nomini faqatgina ona tilida emas, balki xorijiy tillarda bilish. Inson hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan biogen elementlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: kundalik turmushda foydalanadigan mineral o‘g‘itlar, biogen elementlar haqidagi ma’lumotlarni media vositalardan izlab topa olish. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: kimyoviy moddalar haqidagi tushunchalar orqali bilimini oshirib borish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari va tabiat boyliklarini asrab-avaylashni bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar: badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish. Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars. Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi. Darsning tashkiliy qismi: 1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash. 3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash. Yangi darsni rejasi. Bosh kvant son. Elektronlar. Orbital kvant son. Yangi darsning bayoni. Atomdagi yadro atrofida harakatlanayotgan elektronlar ma’lum qavatlarga taqsimlangan holatda harakatlansa-da, har bir qavatdagi elektronlar ham energiya miqdori jihatidan bir-biridan farqlanishi mumkin. Ma’lum qavatlardagi elektronlar bir-biridan energiya miqdori jihatidan farq qilganliklari tufayli ular hosil qilgan elektron bulutlar ham bir-biridan farqlanadi. Barcha elektronlarni hosil qilgan elektron bulutlarining shakllariga ko‘ra to‘rtta guruhga: s, p, d, f – elektronlarga ajratish mumkin. Qavatlardagi elektronlarning energetik pog‘onachalarda joylashish tartibi ularning hosil qilgan elektron bulut shakllari orqali izohlanadi. Sharsimon shakldagi elektron bulutlarni hosil qiluvchi elektronlar s-elektronlar bo‘lib, ularning miqdori har qaysi qavatlarda ikkitagacha bo‘ladi. Bor atomi yadrosi atrofida 5 ta elektron harakatlanadi, ularning 2 tasi birinchi energetikqavatda, 3 tasi esa ikkinchi energetik qavatda joylashgan. 2 ta elektron sharsimon orbitalda harakatlansa, uchinchi elektron-chi? Uchinchi electron boshqa orbitalda ya’ni yadro atrofida gantelshaklidagi elektron bulut hosil qiladi. Bunday elektronlar p-elektronlar deyiladi. P-elektronlar yadro atrofida x, y va z o‘qlari bo‘ylab uchta orbitalni hosil qiladi. Har bir orbitalda qarama-qarshi 2 tadan elektron joylashsa jami oltita elektron joylashadi .Har bir energetik qavatdagi elektronlarni fazodagi harakatlanishi, ya’ni“elektron bulut”lar shaklini bildiradigan kvant soni — orbital kvant soni energetik qavatcha — l deyiladi.Orbital kvant sonining qiymatlari 0 dan n-1 gacha bo‘ladi. n=1 bo‘lganda l=0 n=2 bo‘lganda l=0;1 n=3 bo‘lganda l=0;1;2 n=4 bo‘lganda l=0;1;2;3;... Bosh kvant son 1 bo‘lganda, orbital kvant son 0 bo‘ladi va bu selektronlar deb ataladi. s-elektronlar bitta orbitaldan iborat bo‘lib yadroatrofida sferasimon harakatlanayotgan elektronlarni bildiradi. s-orbital bilan ham ifodalanadi va bu magnit kvant son –m bilan xarakterlanadi. Bosh kvant son 2 bo‘lganda, undagi elektronlar s- va p-orbital kvant sonlari bilan xarakterlanadi. p-orbitallar, 8-rasmda ko‘rsatilganidek uchta yo‘nalishda perpendikulyar harakatlanayotgan elektronlar guruhini ifodalaydi. p-orbitallar bilan ham ifodalanadi. Bosh kvant son 3 bo‘lganda undagi elektronlar s-, p- va d-orbital kvant sonlari bilan xarakterlanadi. d-orbitallarda yadro atrofida ancha murakkabroq shaklda harakatlanayotgan 10 tagacha elektron bo‘ladi . d-orbitalni bilan ham ifodalash mumkin. Shuningdek bosh kvant soni 4 bo‘lgan energetik qavatda s-, p-, d- va f -orbitallar bo‘ladi. f-orbitalni bilan ham ifodalash mumkin.Kataklar magnit kvant sonlarining grafik tasviri orbitallar deyilib,har bir orbitalda qarama-qarshi spinli bir juft elektron harakatlana oladi.Elementning tartib raqami ortgan sari qo‘shilayotgan elektron qaysi orbitalga tushishiga qarab s-, p-, d-, f-elementlarga arqlanadi. Vodorod, geliy va davriy sistemadagi davrlarni boshlab beruvchi birinchi(ishqoriy metall) hamda ikkinchi elementlar s-elementlardir.Davrlarning oxirida joylashgan oltita element (inert gaz bilan birga) p-elementlardir.Davrning boshlab beruvchi birinchi va ikkinchi elementlar bilan oxir gi oltita element oralig‘idagi 10 ta element d-elementlardir. Lantanoidlar bilan aktinoidlar f-elementlardir. Shunday qilib, hozirgi davriy sistemada 14 ta s , 30 ta p, 37 ta d va 28 ta f elementlar mavjud. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling