Mavzu: Katta davrdagi elementlarning atom tuzilishi
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Katta davrdagi elementlarning atom tuzilishi
haqida bilim, ko`nikma va malaka berish
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish,
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi
Kundalik turmushda sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzatish orqali kimyoviy jarayonlar, hodisalar haqidagi dastlabki tushunchalarni biladi va bayon qila oladi;
Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi:
Kimyoviy element, birikmalar formulasini, nomini yozma va og‘zaki ifodalay oladi;
Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi:
Kimyoviy moddalar, jihozlardan foydalana oladi;
Kommunikativ kompetensiya:
kimyoviy elementlar va ular birikmalarining nomini faqatgina ona tilida emas, balki xorijiy tillarda bilish. Inson hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan biogen elementlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
kundalik turmushda foydalanadigan mineral o‘g‘itlar, biogen elementlar haqidagi ma’lumotlarni media vositalardan izlab topa olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
kimyoviy moddalar haqidagi tushunchalar orqali bilimini oshirib borish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari va tabiat boyliklarini asrab-avaylashni bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |