Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi
Download 1.03 Mb.
|
8-sinf Kimyo 2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi darsni rejasi.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi. Darsning tashkiliy qismi: 1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash. 3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash. Yangi darsni rejasi. 4-davr elementlarining atom tuzilashi. 5-davr elementlarining atom tuzilashi. 6-davr elementlarining atom tuzilashi. Yangi darsning bayoni. Katta davrlar ikkitadan qatorni o‘z ichiga olishi bilan xarakterlanadi.Kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi 4-, 5-, 6-, 7-davrlar kattadavrlardir.4- va 5-davrlardagi elementlar soni 18 tadan bo‘lib, har bir davrishqoriy metallardan boshlanib inert gazlar bilan tugaydi. 4-davrdagi elementlarda to‘rtta energetik pog‘ona bo‘lib, to‘rtinchipog‘ona tashqi elektron qavat hisoblanadi. 1-energetik qavatda 2n2=2∙12=2 ta elektron bor. 2-energetik qavatda 2n2=2∙22=8 ta elektron bor. 3-energetik qavatda 2n2=2∙32=18 tagacha elektron bor. 4-energetik qavatda 2n2=2∙42=32 tagacha elektron bo‘ladi. 4-davrning birinchi elementi kaliy K bo‘lib uning tartib raqami 19, Yadrosida 19 ta proton yadro atrofida esa 19 ta elektron harakatlanadi va ular quyidagi tartibda joylashgan.+20Ca – 2 ē, 8 ē, 8 ē, 2 ē: 1s2· 2s2· 2p6· 3s2· 3p6· 4s2. Kalsiyda tashqi energetik qavatdagi s-energetik qavatcha to‘ladi.Skandiydan boshlab elektronlar tashqi energetik qavatga emas, uchinchienergetik qavatdagi d-energetik qavatcha(orbital)ni to‘ldirib boradi.+21Sc – 2 ē, 8 ē, 9 ē, 2 ē: 1s2· 2s2· 2p6· 3s2· 3p6· 3d1· 4s2 Uchinchi energetik qavatdagi d-energetik qavatcha 10 ta elektronbilan to‘ladi. d- ↑↓ ↑↓ ↑↓ ↑↓ ↑↓ bu hol rux elementida sodir bo‘ladi.+30Zn – 2 ē, 8 ē, 18 ē, 2 ē: 1s2· 2s2· 2p6· 3s2· 3p6· 3d10· 4s2Ruxda 1,2,3-energetik qavatlar to‘ldi. Tashqi qavat esa 8 tagachaelektron qabul qila oladi.Qo‘shilayotgan elektron galliydan boshlab tashqi energetik qavatning p-orbi talga tushib boradi. +31Ga – 2 ē, 8 ē, 18 ē, 3 ē: 1s2· 2s2· 2p6· 3s2· 3p6· 3d10· 4s2· 4p1 Inert gaz kriptonda esa tashqi qavat ham 8 ta elektron bilan to‘ladi va shu bilan 4-davr yakunlanadi.+36Kr – 2 ē, 8 ē, 18 ē, 8 ē: 1s2· 2s2· 2p6· 3s2· 3p6· 3d10· 4s2· 4p6 4-davrning dastlabki ikkita elementi s-element, keyingi o‘nta elementi d-element, oxirgi oltita element p-elementlardir.5-davr ham 4-davrdagi elementlarga o‘xshab elektronlar bilan to‘libboradi.6-davrda lantan La elementida elektelektronlar to‘rtinchi energetik qa vatning f-orbitalini to‘ldirib boradi. f-orbital da 14 ta elektron joylashadi.+58Ce – 2 ē, 8 ē, 18 ē, 20 ē, 8 ē, 2 ē: 1s2· 2s2· 2p6· 3s2· 3p6· 3d10· 4s2· 4p6· 4d10· 4f2· 5s2· 5p6· 6s2 7-davr elementlaridan ham yuqoridagi hol takrorlanadi. Kimyoviy elementlarning elektron formulalarini qisqartirib yozish ham mumkin. Masalan, +55Cs – 2 ē, 8 ē, 18 ē, 18 ē, 8 ē, 1 ē; [Xe] 6s1 Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling