Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi


Milliy va umummadaniy kompetensiyalar


Download 1.03 Mb.
bet42/161
Sana26.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1656366
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   161
Bog'liq
8-sinf Kimyo 2017

Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Nazariy. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.


3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.


Yangi darsning bayoni.
Elementlar davriy jadvali har bir kimyoviy element haqida atroflicha ma’lumot olishda muhim ahamiyatga egadir. Kimyoviy elementlarning juda ko‘p xossalarini uni davriy jadvaldagi o‘rniga qarab aytib berish mumkin. Masalan, tartib raqami 38 bo‘lgan element stronsiy Sr. Stronsiy 5-katta davrning juft qatorida, ikkinchi guruhning bosh guruhchasida joylashgan - katta davrning juft qatorida faqat metallar joylashgan. Stronsiy ham metall. - Stronsiy katta davrning boshida joylashgan. Ishqoriy element rubidiydan Rb dan so‘ng ikkinchi elementdir. Demak metallik xossasi rubidiydan sustroq. - Ikkinchi guruhning bosh guruhchasida kalsiydan pastda joylashgan. Metallik xossasi kalsiydan kuchliroq. - Stronsiy ikki valentli oksid SrO ni hosil qiladi. - Vodorod bilan uchuvchan birikma hosil qilmaydi. Stronsiy atomi yadrosida 38 ta proton mavjud. Atom yadrosida yana (88-38=50) 50 ta neytron ham bo‘ladi. Elektroneytral atomida 38 ta electron yadro atrofida harakatlanadi. Stronsiy atomining elektron formulasi. +38Sr 1s2, 2s2, 2p6, 3s2, 3p6, 3d10, 4s2, 4p6, 4d0, 5s2 yoki qisqartirilgan holda quyidagicha yozish mumkin +38Sr [Kr] 5s2. Stronsiyni tashqi qavatida ikkita elektron bor. Bunday Stronsiyni tashqi qavatida ikkita elektron bor. Bunday elementlar metallardir. Elementlarning tashqi qavatidagi elektronlar soniga qarab, bu elementni metall yoki metalmas ekanligini, kislorodga nisbatan yuqori valentliligini, vodorod bilan uchuvchan birikmasi va bu birikmadagi valentligini aniqlash mumkin. Bosh guruhchalarda elementning tartib raqami ortgan sari ya’ni yuqoridanpastga tushgan sari elementlar atomlari ion zaryadi o‘zgarmasada, tashqi qavat yadrodan uzoqlashadi, atom radiusi esa ortib boradi. I guruh bosh guruhchasida (Li, Na, K, Rb, Cs) atomining radiusi ortib borishi bilan tashqi qavatdagi elektronni shunchalik oson ajratadi. Tashqi qavatga elektron biriktirib olish xususiyati zaiflashadi. Shuning uchun elementlarning metallik xossasi ortib, metalmaslik xossasi kamayib boradi. Kimyoning fan sifatida shakllanishiga davriy qonunning ta’siri juda katta bo‘ldi: 1) kimyoviy elementlarni kashf qilishda ularni qaysi minerallardan izlash kerakligini aniq reja asosida tashkil etish yuzaga keldi. 2) atomlarning ichki tuzilishlarini bilishga va atom energiyasidan foydalanishga yo‘l ochildi. 3) XX asrdagi kimyo, fizika fanlaridagi kashfiyotlar uchun bosh omil bo‘ldi. 4) radioaktivlik hodisasi, radioaktiv izotoplardan texnikada, tibbiyotda, qishloq xo‘jaligida keng foydalanilmoqda. Davriy qonun asosida D.I.Mendeleyev juda ko‘p elementlarning atom massalarini to‘g‘riladi. Hali kashf qilinmagan elementlarga kimyoviy elementlar davriy jadvalida joy qoldirdi, ulardan ayrimlarining xossalarini, atom massalarini va qayerdan izlash kerakligini aytib bera oldi. Masalan, ekabor (skandiy), ekaalyuminiy (galliy) va ekasilitsiy (germaniy) elementlari oldindan bashorat qilindi. 1875 yilda fransuz olimi Lekok de Buabadron galliyni, skandinav olimi Nilsen 1879 yilda skandiyni va nemis olimi K.Vinkler 1886 yilda germaniy elementini kashf etdi. Galliy, skandiy, germaniy elementlarini kashf qilinishi davriy qonunning eng katta yutuqlaridan bo‘lib, D.I.Mendeleyevning o‘zi kashf qilgan davriy qonun asosida qilgan bashoratlarining to‘g‘ri ekanligini isbotlab berdi. Misol tariqasida K.Vinklerning kashf qilgan elementi germaniyni, Mendeleyev oldindan bashorat qilgan ekasilitsiy xossalari bilan solishtirib ko‘ramiz . Bundan tashqari yana qator kimyoviy elementlarni kashf qilinishida ham davriy qonunning ahamiyati kattadir. Er-xotin V.Noddak va I.Noddaklar tomonidan reniyning kashf qilinishiga D.I.Mendeleyev davriy jadvalda marganesning ostida ikkita bo‘sh katak qoldirganligi sabab bo‘ldi. Bu elementlarni D.I.Mendeleyev ekamarganes va dvimarganes deb nomlagan edi.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling