Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi


Download 1.03 Mb.
bet16/161
Sana26.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1656366
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   161
Bog'liq
8-sinf Kimyo 2017

Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.


Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.


Yangi darsni rejasi.

Davr. Qator Guruhlar




Yangi darsning bayoni.
1869 yilda rus olimi D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlarning Davriy qonuniga quyidagicha ta’rif berdi:“Oddiy jismlarning, shuningdek, elementlar birikmalarining shakli va xossalari elementlar atom og‘irligining qiymatiga davriy ravishda bog‘liq bo‘ladi”.Davriy qonunning yaratilishida o‘sha davrga qadar kimyo, fizika, biologiya singari tabiiy fanlarda yaratilgan bir qator kashfiyotlar va qonun lar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bunday kashfiyotlar va qonunlarga quyidagilarni misol sifatida ko‘rsatish mumkin:Eramizdan avvalgi 460-370 yillarda Demokrit tabiat dagi barcha narsalar juda kichik zarrachalar — atomlardan tashkil topganligini bayon qildi. Markaziy Osiyolik ensiklopedist olim Ar-Roziy (865-925) atomlarning bo‘linishini va atom mayda bo‘laklar bilan bo‘shliqlardan iborat ekanligini va ular doimo harakatda bo‘lishini izohlab berdi.979-1048 yillarda yashab, faoliyat ko‘rsatgan ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy atomlarni bo‘linmaydigan zarrachalar deb qaraydigan olimlarga qarshi o‘z fikrlarini bildirgan va atomlarni bo‘linadigan (lekin cheksiz emas) mayda zarrachalar ekanligini e’tirof etgan.Buxorolik buyuk tabib Abu Ali ibn Sino dorivor, tabiiy kimyoviy birikmalarni tarkibi va xossalariga ko‘ra sinflarga toifalashtirgan. Ingliz kimyogari va fizigi R.Boyl (1627-1691) kimyoviy element eng oddiy, kimyoviy jihatdan bo‘linmaydigan modda bo‘lib, u murakkab moddalar tarkibiga kirishini tushuntirdi. 1756 yil M.V.Lomonosov massaning saqlanish qonunini kashf etdi.1801-1808 yillarda Prust tarkibning doimiylik qonunini kashf etdi. 1803-1804 yillarda Dalton atom-molekulyar ta’limotni rivojlantirdi va atom massa haqida tushunchani fanga kiritdi. 1814 yili Berselius 46 elementning atom massalari asosida kimyoviy elementlar jadvalini tuzdi. 1817-1829 yillarda Debereyner elementlarni triadalarga, ya’ni o‘xshash uchtadan iborat tabiiy oilalarini tuzdi. 1852 yili Franklend valentlik tushunchasini fanga kiritdi. 1861 yilda A.M.Butlerov organik birikmalarning tuzilish nazariyasini kashf etdi.Debereyner 1817-1829 yillarda elementlarning atom massalariga asoslanib triadalar nazariyasini taklif etdi. B.de-Shankurtua 1862 yilda kimyoviy elementlarning silindr shaklidagijadvalini yaratdi.
N.L.Meyer (1830-1895) 1864 yilda elementlarning atom massalari ortib borishiga asoslangan jadvalni taklif qilgan. J.Nyulends (1837-1898) 1865 yilda elementlar ekvivalentlariga asoslangan oktavalar qonunini taklif etgan. 1869 yilda D.I.Mendeleyev davriy qonunni kashf etdi. D.I.Mendeleyev tomonidan davriy qonun kashf etilishida elementlarningatom massalari bilan xossalari orasida o‘zaro uzviy bog‘liqlik borligi atroflicha o‘rganib chiqildi. Bir qator elementlarning oksidlari, asoslari, kislotalaridagi valentliklari o‘zgarishi asosida jadvallar tuzdi. Quyidagi 9-jadvalda ba’zi elementlarning eng muhim birikmalaridagi valentliklari qayd etilgan. D.I.Mendeleyev olib borgan amaliy va nazariy tadqiqotlari asosida elementlarning atom massasi ortib borishi bilan ularning xossalari ham davriy ravishda o‘zgarib borishini aniqladi.Yuqoridagi jadvaldan quyidagi qonuniyatlarni kuzatish mumkin: Metallik xossasi kamayib boradi.Metalmaslik xossasi ortib boradi. Metallik xossasi zaiflashib borib, amfoter elementga va undan kuchsiz metallmaslarga o‘tadi. Metalmaslik xossasi asta-sekin ortib borib inert gaz bilan yakunlanadi.Kislorodga nisbatan valentligi birdan boshlanib davriy ravishda ortib boradi.Vodorod bilan hosil qilgan uchuvchan birikmalarida valentlik kamayib boradi. Gidroksidlarida ham ishqordan boshlanib asoslik xossasi kamayib boradi, amfoter xossaga ega bo‘lgan gidroksidga va undan kislotali xossaga o‘tib, kislotali xossasi kuchayib boradi. Vodoroddan boshlab atom massalari ortib borishi tartibida joylashtirib borsak, litiydan boshlanib har to‘qqizinchi element birinchi elementning xossalarini takrorlashi ko‘rinadi. 10-jadvalga e’tibor bering. Litiy metallik xossasi eng kuchli bo‘lgan element. Berilliyda metallik xossalari zaiflashib, borga o‘tganda kuchsiz metalmaslik xossasi namoyon bo‘ladi. Bordan keyingi elementlarda metalmaslik xossalari ortib boradi. Ftor metalmaslik xossasi eng kuchli bo‘lgan element. Neon inert gaz bo‘lib, neondan keyingi element natriy litiyning xossalarini takrorlaydi. U ham ishqoriy metall, metallik xossasini kuchli ifodalaydi. Valentligi I ga teng. Tartib raqami 11 ga teng bo‘lgan, natriydan boshlangan qatorda ham metallik xossalari asta-sekinlik bilan zaiflashib boradi. Magniy esa valentligi II bo‘lgan metall bo‘lib berilliyga o‘xshaydi. Metallik xossasi alyuminiyda yana ham zaifroq. Kremniy kuchsiz metalmas, metalmaslik xossasi ortib boradi. Xlor kuchli metalmasdir. U o‘z xossalari bilan ftorning xossalarini takrorlaydi. Argon inert gaz. Argondan keyingi element kaliy yana litiy, natriy xossalarini takrorlaydigan ishqoriy metaldir. Demak, elementlarning xossalari davriy ravishda takrorlanadi. D.I.Mendeleyev davriy qonunni kashf qilgan davrda ko‘p elementlarning atom massalarida noaniqliklar bor edi, ko‘p elementlar kashf qilinmagan edi. Shuning uchun davriy qonunni yaratishda bir qator qiyinchiliklar tug‘ildi



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling