Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar


Download 2.14 Mb.
bet1/2
Sana22.09.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1684407
  1   2
  • 9-sinf iqtisodiy bilim asoslari darsligi asosida 24-mavzu:
  • Bu kasb egalari oylik ish haqi miqdorini taxminan belgilang va ularni kamayish tartibida joylashtirib chiqing.
  • Nima sababdan bu kasb egalarining oylik maoshlari miqdori turlicha?
  • Sizningcha, oylik maoshlar miqdoriga nimalar ta’sir ko‘rsatadi?
  • Siz ishsiz deganda qanday odamni tasavvur qilasiz?
  • Inson mehnati, uning ishchi kuchi tovar hisoblanib, ishchi kuchi bozorida sotiladi va sotib olinadi. Bozorda ishchi kuchi mehnatga layoqatli aholi tomonidan sotiladi. Ishchi kuchi unga muhtoj bo‘lgan korxonalar tomonidan sotib olinadi.
  • Demak, ishchi kuchiga talab — ish beruvchi korxonalar, ya’ni ishlab chiqaruvchilar tomonidan, uning taklifi esa, ishga layoqatli aholi tomonidan shakllantiriladi. Kishilarning ishchi kuchidan foydalanmaslik bu jamiyat uchun boy berilgan imkoniyatdir.
  • Ishchi kuchi taklifi — ma’lum vaqt davomida muayyan narxlarda qancha ishchi o‘z ishchi kuchini sotishga rozi ekanligini anglatadi.
  • Ishchi kuchiga bo‘lgan talab — ma’lum vaqt davomida muayyan narxlarda qancha ishchining ishchi kuchi korxonalar tomonidan sotib olinishini bildiradi.
  • Ishchi kuchiga bo‘lgan talab, ishlab chiqaruvchilar tomonidan shunchaki emas, balki shu ishchi kuchi yordamida ishlab chiqariladigan tovarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib aniqlanadi.
  • Ishchi kuchining narxi unga to‘lanadigan pul — ish haqi bilan o‘lchanadi. Bunday mehnat bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlar soni shuncha ko‘p bo‘ladi. Buni grafikda ifodalasak, 24.1- chizmadagi kabi S chiziqni hosil qilamiz.
  • Bu grafik ishchi kuchining taklif chizig‘i deb ataladi. Ikkinchi tomondan, ishchi kuchining narxi qancha arzon bo ‘lsa , korxonalar shuncha ko ‘p ishchi yollashadi va aksincha, ishchi kuchining narxi qancha qimmat bo‘lsa, korxonalar shuncha kam ishchini ishga yollashadi.
  • Buni ham grafik yordamida ifodalasak, 24.1- chizmadagi kabi ishchi kuchiga bo‘lgan talab chizig‘i deb ataladigan D chiziqni hosil qilamiz.
  • Boshqa tovarlar kabi, ishchi kuchining bozor narxi unga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib aniqlanadi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talabning taklif miqdoriga teng bo‘lgandagi narxi uning bozor narxini belgilaydi. 24.1- chizmada tasvirlangan ishchi kuchining narxi 850 000 so‘mni, bunday oylik ish haqiga rozi bo‘lgan ishchilar soni 3 000 kishini tashkil qiladi.
  • Nima sababdan to‘qimachilik kombina tining menejeri oddiy ishchiga nisbatan ko‘p maosh olishini asoslashga urinib ko‘raylik. Ishchi va xizmatchilar maoshining ko‘p yoki kam bo‘lishi quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi:
  • 1. Ish kishidan qanchalik ko‘p maxsus bilim, malaka va tayyorgarlikni talab qilsa, u shunchalik qimmat turadi. Haqiqatan, katta o‘quv va malaka talab qilmaydigan, oddiy ishlarni bajara oladigan ishchilar juda ko‘p. Maxsus bilim va alohida boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan tajribali menejerlar esa kam.
  • Shu bois, oddiy ishchilar ishchi kuchining taklifi — S2, menejer xodimlar ishchi kuchi taklifi — S1 dan ko‘p bo‘ladi.
  • Bu holatda, menejerlar ish haqi — p1, oddiy ishchilar ish haqi — p2 dan ko‘p bo‘lishini 24.2- chizmadan aniqlashimiz mumkin bo‘ladi.
  • 2. Ishning evaziga yaratilgan tovar sotilgach, ish beruvchiga qanchalik ko‘p foyda olib kelsa, ishchi kuchi shuncha yuqori baholanadi.
  • 3. Ish qanchalik og‘ir va qiyin bo‘lsa, shuncha qimmat bo‘ladi. Masalan, ko‘mir koni ishchisi oddiy ishchilardan ko‘proq maosh oladi.
  • 4. Ish qanchalik xavfli, sog‘liqqa ziyon yetkazadigan yoki tavakkalchilikni talab qiladigan bo‘lsa, shuncha qimmat baholanadi. Ishchi kuchi bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat qator omillar ta’sirida buzilib turadi.
  • Bu omillardan biri mehnat bozorining boshqa tovarlar bozoriga bog‘liqligidir. Masalan, bir tovarni ishlab chiqarishga qaraganda boshqasini ishlab chiqarish foydali bo‘lib qoldi.
  • Ishchi kuchi bozorida ham shunga mos ravishda, birinchi sohada ishchilarni yollash qisqarib, ikkinchi sohada ishchilarga bo‘lgan talab oshadi. Ishchilar bir ishdan bo‘shab, ikkinchi ishga kirishlari lozim bo ‘lib qoladi.
  • Toki ular boshqa soha bo‘yicha tovar ishlab chiqarish malakasini egallab, unga moslashib olgunlariga qadar, ya’ni ishchi kuchining taklifi yangi talabga moslashguncha, mehnat bozorida muvozanat buziladi.
  • Kishilar ishlashni xohlasalar-da, o‘zlariga yarasha ishni topa olmay qolishadi. Natijada ishsizlar paydo bo‘ladi.
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling