Ishsizlik kelib chiqish sabablariga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: - 1. Friksion ishsizlik. Bu ishsizlik kishilarning bir ishdan bo‘shab, ikkinchi ishga joylashishi oralig‘ida yuzaga keladi. Shuningdek, bunday ishsizlik yoshlarning balog‘at yoshiga yetib yoki o‘quv yurtlarini bitirib, birinchi marta ish qidirayotgan paytida ham kelib chiqishi mumkin.
- 2. Mavsumiy ishsizlik. Mavsumiy ishlarning tugashi natijasida kelib chiquvchi ishsizlik mavsumiy ishsizlik deb ataladi. Masalan, qish oylarida qishloq xo‘jalik ishlari to‘xtab, qishloqlarda ko‘pchilik ishsiz qoladi.
- 3. Tarkibiy ishsizlik. Bu ishsizlik mamlakat iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar natijasida kelib chiqadi.
- Mamlakat iqtisodiyotidagi eski sohalar qisqarib, o‘rniga yangi sohala rning paydo bo ‘lishi, yangi iqtisodiy hududlarning vujudga kelishi, ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarning qo‘llanishi, yangi kasb egalariga, yangi malakaga ega bo‘lgan mutaxassislarga talabni keltirib chiqaradi. Mehnatga layoqatli aholi yangi talabga moslashguncha tarkibiy ishsizlik paydo bo‘ladi.
- 4. Davriy ishsizlik. Mamlakat iqtisodiyotining davriy o‘zgarishi bilan bog‘liq ishsizlik davriy ishsizlik deb ataladi.
- Davriy ishsizlik mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalari inqirozga yuz tutgan davrda sodir bo‘ladi. Bu paytda iqtisodiy faollik sustlashadi, yalpi talab kamayadi.
- Bu esa, o‘z navbatida, ishsizlik darajasining keskin oshishiga olib keladi.
- Mamlakat iqtisodiyoti jonlangan davrda esa ishchi kuchiga bo‘lgan yalpi talab oshadi. Bu esa, o‘z navbatida, ishsizlik darajasining pasayishiga olib keladi va hokazo. Bunday ko‘rinishdagi ishsizlik davriy ravishda goh o‘sib, goh pasayib turadi. Davriy ishsizlik jamiyat uchun juda og‘ir kechadi. Davriy ishsizlikning uzoq vaqt davom etishi butun iqtisodiyotni izdan chiqarishi, oqibatlari esa butun jamiyatni larzaga solishi mumkin.
- Ishsizlik mamlakatda ishga layoqatli, belgilangan maoshga ishlashni xohlovchi va ish qidirib yurgan fuqarolarning borligi bilan ifodalanadi
- Mehnatga layoqatli aholi deganda 16 yoshdan katta (respublikamizda 16 yoshdan boshlab mehnat qilishga qonun bo‘yicha ruxsat etilgan) va mehnat qilishga qodir kishilar tushuniladi.
- Mamlakatning barcha mehna tga layoqa tli aholisi uning ishchi kuchi resurslarini tashkil qiladi. Mamlakatning mehnatga layoqatli aholisi safidan o‘z xohishi bilan ishlamayotgan va ish qidirmayotganlar, uy bekalari kabilar chiqarib tashlansa, mamlakatning ishchi kuchi hosil bo‘ladi. Shunday qilib, mamlakatning ishchi kuchi — ish bilan band va ish bilan band bo‘lmaganlardan tashkil topadi. Mamlakatdagi ishsizlik darajasi ishsizlar sonining mamlakat ishchi kuchining umumiy soniga nisbatan foiz miqdori bilan o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |